O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


V BOB. YUQORI SIFATLI QUYMA QOTISHMALAR OLISH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

V BOB. YUQORI SIFATLI QUYMA QOTISHMALAR OLISH 
5.1. Plastinkasimon grafitli yuqori sifatli cho‘yan olish 
Yuqori sifatli kulrang cho‗yan olish uchun yaxshilab tayyorlangan, kimyoviy 
tarkibi bo‗yicha navlarga ajratilgan va toza shixta materiallaridan foydalaniladi, bu 
esa vagrankada suyuqlantirishda ayniqsa muhimdir. Mayda va oksidlangan shixta 
yuqori sifatli cho‗yan uchun asos bo‗la olmaydi, cho‗yan yoki po‗lat temir- 
tersaklarining haddan tashqari yirik bo‗laklarini ham ishlatib bo‗lmaydi, chunki ular 
suyuqlanish zonasida suyuqlanmasdan furmagacha yetib boradi va vagranka 
jarayonining borishini buzadi. 
Elektr pechlardagi suyuqlantirishda cho‗yanning talab etilgan temperaturasiga 
erishish va uni kimyoviy tarkibi bo‗yicha (shu jumladan, xossalarini yaxshilaydigan 
va stabillashtiradigan turli qo‗shimchalar kiritish) me‘yoriga yetkazish imkoniyati 
kengayadi. 
Sifati talab darajasida bo‗lgan cho‗yan olish uchun dastlabki shixta 
materiallarini, fluslar, karburizatorlar, kimyoviy tarkibi, temperaturasi, oqartirish 
kattaligi, qattiqligini nazorat qilish ham katta ahamiyatga ega. 
Dastlabki shixta materiallarining sifati ГOCTlarga muvofiq namunalar olib 
hamda namunalarni kimyoviy analiz qilib nazorat qilinadi. Ularning 
xarakteristikalari ГOCTning tegishli shixta materiallariga bo‗lgan talablarini 
qoniqtirishi kerak (V bobga q.). 
Tayyor cho‗yanning kimyoviy tarkibini nazorat qilish yo spektral ekspress- 
analiz yordamida, yo maxsus asboblar, masalan, uglerodni ekspress-analiz qilish 
uchun mo‗ljallangan AH-29 bilan amalga oshiriladi. Kremniyni ТЕДС kattaligi 
bo‗yicha aniqlash mumkin. Eng samaralisi kvantometrdan foydalanishdir. 
Uglerod ekvivalentini cho‗yanning sovish egri chizig‗i bo‗yicha termografik 
metod bilan aniqlash mumkin. Buning uchun suyuq cho‗yan namuna olish uchun 
mo‗ljallangan maxsus qolipga quyiladi. Qolipda sovish egri chizig‗ini qayd 
qiladigan termopara o‗rnatilgan. Likvidus temperaturasining kattaligi va qotish 


293 
temperaturasining intervali bo‗yicha uglerod ekvivalenti aniqlanadi: 
C
e
= 12,8 - 0,0075 t
L
,
(5.1) 
C
e
= 4,28 - 0,0072 Δt
int
.
(5.2) 
Bu formulalar universal emas. Ular faqat modifikatsiyalanmagan cho‗yanlarning 
uglerod ekvivalentlarini aniqlash uchun yaroqlidir. 
Suyuqlantirishda kutiladigan mexanik xossalarning nazoratini namuna 
metallning oqarish kattaligi va qattiqligi bo‗yicha amalga oshirish mumkin. 5.1- 
rasmda oqarish kattaligi va qattiqligini aniqlash uchun mo‗ljallangan namunalar, 
5.1- jadvalda esa kulrang cho‗yanning eng ko‗p tarqalgan markalari uchun oqartirish 
chuqurligi va qattiqligi haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Suyuq cho‗yanning 
temperaturasi botiriladigan optik pirometrlar va termoparalar yordamida nazorat 
qilinadi. 
5.1- jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling