O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Bolg‘alanuvchan (КЧ) cho‘yan olish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet125/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

5.3. Bolg‘alanuvchan (КЧ) cho‘yan olish 
Bolg‗alanuvchan cho‗yan tayyorlash texnologiyasi ikkita bosqichga bo‗linadi: 
oq cho‗yandan quymalar olish va grafitlaydigan yumshatish. Bolg‗alanuvchan 
cho‗yan olish uchun shixta tarkibi shunday tarzda hisoblanadiki, suyuq cho‗yanda 
2,3—3,0% C va 0,9—1,6 Si bo‗lsin. C va Si ning aniq miqdori talab etiladigan 
xossalar, ya‘ni bolg‗alanuvchan cho‗yan markasi va sovitish sharoitlarini hisobga 
olgan holda quymalar devorlarining qalinligiga qarab aniqlanadi. 
Bolg‗alanuvchan cho‗yan suyuqlantirishning birinchi bosqichi dupleks- jarayon 
vagranka— elektr yoy pechi vositasida olib boriladi. Bunda vagrankada tarkibida 
quyidagi elementlar bo‗lgan cho‗yan suyuqlantirib olinadi (%): 2,6—2,85 C; 
0,8—1,0 Si; 0,2—0,25 Mn; 0,12—0,17 P va 0,12 gacha S. So‗ngra bu cho‗yan 
kislotali elektr yoy pechiga quyiladi va 1450—1500 °C gacha o‗ta qizdiriladi. Shu 
yerning o‗zida cho‗yan tarkibini to‗g‗rilash mumkin, masalan, po‗lat bo‗laklar 
qo‗shib uglerod miqdorini kamaytirish yoki ferroqotishmalar qo‗shib Si va Mn 
miqdorlarini oshirish mumkin. 
Bolg‗alanuvchan 
cho‗yan olish uchun dupleks-jarayonning ancha. 
takomillashtirilgan varianti — yoy pechini induksion pech bilan birlashtirishdir. Bu 
holda kutish pechidagi cho‗yanning kimyoviy tarkibi kam o‗zgaradi va xossalari 
ancha barqarorligicha qoladi. Yoy pechi— induksion pechdan iborat dupleks- 
jarayon VAZda qo‗llaniladi. Shixtada asosiy tashkil etuvchilar sifatida qaytarilgan 
metall va po‗lat chiqindilaridan foydalaniladi. Kutish pechiga quyidagi kimyoviy 
tarkibga ega bo‗lgan 1550—1570 °C temperaturali metall quyiladi (%): 2,8-2,9 C; 
1,1-1,2 Si; 0,3-0,35 Mn; <0,06 S va P; <0,05 Sr; <0,15 Ni va Cu. Induksion pechga 


302 
qayta quyilgandan keyin suyuqlanma yuzasidan shlak chiqarib yuboriladi va 
og‗irligi 8—12 kg bo‗lgan elektrod bo‗lagi kiritiladi (kulrang va juda mustahkam 
cho‗yan olish uchun ham shunday qilinadi), u yuqori temperaturada metall bilan 
kontaktlashib, Si va Mn larning qattiq uglerod bilan geterogen qaytarilishi hisobiga 
ularning kuyindisini kamaytiradi va elektrod siniqlaridan uglerodning erishi 
hisobiga uning kuyindisini kompensatsiyalaydi. Cho‗yan kutish pechidan 
chiqarilayotganda 1520±10 °C temperaturaga ega bo‗lishi kerak. Kovshga 
qo‗shimchali paketlar kiritiladi. Garchi bu jarayon ko‗proq mikrolegirlash 
jarayoniga taalluqli bo‗lsada, bu qo‗shimchalar modifikatorlar deb ataladi. VAZda 
chiqari- layotgan suyuq cho‗yanga ВИО markali vismutdan 0,01% va ФР-В markali 
ferrobordan 0,0058% beriladi, bu esa yumshatish siklining davomiyligini 
qisqartirishga yordam beradi. 
Siniq joyi oq, qalin devorli quymalar olishga va yumshatish vaqtini sezilarli 
qisqartirishga imkon beruvchi eng yaxshi qo'shimchalar quyidagi qo'shilmalar 
hisoblanadi: 0,02—0,0004% Bi; 0,01—0,02% Al va 0,002—0,004% B, 
shuningdek, Те — Си, Те —S, Те — Я,, Те — Pb, Те — Bi, Те - В — Al, Те — Bi 
— Си — A1 ligaturalar, elementlaming dozirovkalanishi Те va Bi uchun 
0,0001—0,005% hamda Al uchun 0,01—0,03%. 
Bolg‗alanuvchan cho‗yan suyuqlantirishning ikkinchi bosqichi — grafitlovchi 
yumshatish — maxsus pechlarda amalga oshiriladi va 30—40 soat davom etadi. 
Ferritli bolg‗alanuvchan cho‗yan olish uchun quymalarni o‗ziga xos yumshatish 
rejimi quyidagi operatsiyalarni o‗z ichiga oladi: 930—1050 °C gacha qizdirish
grafitlashning birinchi bosqichi to‗la tugallanmaguncha shu temperaturada saqlab 
turish, 760 °C gacha oraliq sovitish (ya‘ni kritik temperaturalar intervalidan biroz 
yuqori), ko‗pi bilan 5 °C/soat tezlik bilan 700 °C gacha nazorat qilinuvchi sovitish 
(ya‘ni butun kritik temperaturalar orqali yoki perlitni parchalanishi uchun shu 
temperaturaning o‗zida tegishlicha saqlab turish), 550—600 °C gacha sovitish 
(sekin, so‗ngra esa «oq siniq» hosil bo‗lishining oldini olish uchun tez). 


303 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling