O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Sharsimon grafitli yuqori darajada
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
5.2. Sharsimon grafitli yuqori darajada
mustahkam (ВЧ) cho ‘ yan olish Sharsimon grafitli yuqori darajada mustahkam cho‗yan olish texnologiyasi ikkita asosiy bosqichni o‗z ichiga oladi: suyuqlantirish va cho‗yanga grafitni sferoidizatsiyalaydigan qo‗shimchalar bilan ishlov berish. Talab etilgan mikrostrakturaga yoxud bevosita quyilgan holatda, yoxud termik ishlov berib erishiladi. Shixta tarkibi cho‗yanning talab etilgan kimyoviy tarkibini olishni ta‘minlashi kerak. Vagrankada suyuqlantirilganda shixtada quyma cho‗yanlarning orttirilgan miqdoridan foydalaniladi. Yuqori darajada mustahkam cho‗yan olishda cho‗yan elektr pechlarda suyuqlantirilsa va ayniqsa, dupleks- jarayonlar qo‗llanilsa, juda maqsadga muvofiq bo‗ladi. VAZda ВЧ olish uchun cho‗yan dupleks- jarayonda yoy pechi—induksion pech vositasida suyuqlantirib olinadi. Shixta tarkibiga qaytarilgan metall, po‗lat chiqindilari, grafit, ferrosilitsiy, ferromarganes kiradi. Cho‗yan induksion pechga qayta quyilavotganda quyidagi kimvoviy tarkibga ega bo‗ladi (%): 3,6—3,8 C; 1,7—1,8 Si; 0,3—0,4 Mn; <0,012 S; <0,06 P; <0,05 Cr; 0,4—0,65 Ni; 0,01—0,03 Cu. Kulrang cho‗yanga nisbatan unda uglerod 0,4% ko‗p, marganes 0,2—0,3% kam va oltingugurt miqdori esa juda ham kam bo‗ladi. Suyuqlantirish jarayoni berilgan temperaturali cho‗yan olishni ta‘minlashi kerak. VAZda pechdan chiqarilayotgan cho‗yanning temperaturasi 75-3 marka uchun 1530°C ni; 56-5 marka uchun 1480 °C ni (botiriladigan termopara bo‗yicha), quyish boshidagi temperatura pirometr bo‗yicha tegishlicha 1400 va 1370°C ni tashkil qiladi. Cho‘yanda sharsimon shakldagi grafit olish uchun suyuqlanmani tarkibida Mg, Ce, Y va boshqa RZE bo‗lgan turli modifikatorlar bilan ishlov berish usuli qo‗llaniladi, lekin Mg element deyarli barcha qo‗llaniladigan modifikatorlarda ishtirok etadi. Yuqori darajadagi puxta cho‗yanda grafitni sferoidizatsiyalash uchun 299 Ni — Cu — Mg, Ni — Cu — Si — Mg, Ni — Si — Ca — Mg ligaturalar va shuningdek, tarkibiga Mg, Ca, Si va RZE lar kiradigan kompleks JKMK, KM modifikatorlar ishlatiladi. Yuqori darajada mustahkam cho‗yan olish uchun seriyli modifikatorlar ham ishlatiladi. Ular jumlasiga ferroseriv 140—55% Ce, 18— 25% La, 10—12% Na, 5—7% Pr), mishmetall (52% Ce, 24% La, 18% Na, 5% Pr), МЦ40, МЦ65, МЦ75 markali (raqamlar tarkibidagi Ce ning eng kam miqdorini ifodalaydi) seriyli mishmetall, shuningdek, tarkibida shu elementlarning o‗zi va 4,5—7,0% Mg bo‗lgan МЦМ-5 modifikatorlar kiradi. «Сиитмиш» va «Сцемиш» tipidagi kremniy- seriyli ligaturalar ham ishlatiladi. Lekin ligaturalar yordamida cho‗yanda grafitning barqaror sharsimon shaklini faqat yupqa devorli quyma uchun yoki kokilga quyishda olish mumkin. ЦНИИТМаш ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida quyidagi tarkibdagi kompleks modifikatorlar ishlab chiqilgan (%): Ц1 (6—15 RZE, 2—4 Mg, 4—12 Ba, 10—18 Al, 17—29 Si, qolgani temir) va Ц2 (11-18 RZE, 1,5—3,5 Mg; 0,5—5,0 Al; 0,2—1,8 Zr, 12—27 Fe, qolgani Si). Bu modifikatorlar sharsimon grafitli cho‗vanning barqaror olinishini va devorlarining qalinligi 150 mm gacha bo‗lgan quymalarda metall xossalarining qaytadan tiklanishini ta‘minlaydi. Yuqori darajada mustahkam po‗lat olish uchun bu modffikatorlar sarfi metall massasidan 1,2—2,0% ni tashkil qiladi. Modifikator 0,6—0,8% kiritilganda vermikular grafitli cho‗yan hosil bo‗ladi [8]. Sferoidizatsiyalovchi modifikatorlarga qarama- qarshi o‗laroq, ba‘zi elementlar demodifikator bo‗ladi, shu boisdan ularning cho‗yandagi miqdori quyidagidan ortiq bo‗lmasligi kerak (%): 0,009 Pb; 0,003 Bi; 0,026 Sb; 0,08 As; 0,04 Ti; 0,13 Sn; 0,3 Al. Demodiflkatorning ta‘siri remodifikatorlar, masalan, Ce ni qo‗shib qisman yoki to‗la bartaraf qilinadi. Cho‗yanga magniy kiritilganda uning jadal bug‗lanishi sodir bo‗ladi. Magniy bug‗lari yonib oq tutun ajratib chiqaradi. Reaksiya juda tez o‗tadi va shiddatli xarakterga ega. Piroeffektni kamaytirish uchun tarkibida ko‗pi bilan 12—15% Mg bo‗lgan ligatura yoki tarkibida Ni va Cu lar bo‗lgan zichligi katta aralashmalar ham, 300 tarkibida Si va Ca lar bo‗lgan ancha yengil aralashmalar ham qo‗llaniladi. Oqarmagan quymalar olish uchun sferoidizatsiyalaydigan modifikator kiritilgandan keyin ikkilamchi grafitlaydigan modifikatsiyalash o‗tkaziladi, natijada kichrayish oqibatida hosil bo‗ladigan nuqsonlar hamda ichki zo‗riqishlar kamayadi. Bunda modifikator sifatida ФС75 ferrosilitsiy ishlatiladi. Ligaturalar bilan kovshda modifikatsiyalash eng sodda usul hisoblanadi. Masalan, VAZda Ni — Mg — Ce ligatura bevosita quyadigan kovshga kiritiladi. Ligatura bilan birgalikda ferrosilitsiy va legirlovchi qo‗shimchalar kiritiladi. Lekin Ni — Mg — Ce ligatura qimmatbaho bo‗lganligidan, sof magniy bilan modifikatsiyalash keng tarqalgan. Cho‗yanni modifikatsiyalashda oltingugurtsizlantirish va gazsizlantirish jarayonlari sodir bo‗ladi, shuning uchun modifikatorni dozalash uning bu jarayonlarga, asosan, oltingugurt bilan birikishga sarflanishi bilan aniqlanadi. Zarur bo‗lgan magniy miqdorini quyidagi formula bo‗yicha aniqlash mumkin: Mg = [(0,04 — 0,1) + 0,26(S d – S q )] ·A -1 (5.3) bu yerda: S d va S q — dastlabki va qoldiq oltingugurt miqdori; 0,04 — 0,1% — cho‗yandagi qoldiq Mg (0,04 — quyma ko‗rinishidagi yuqori sifatli cho‗yanlar uchun; 0,05 — irsiy xususiyatlari yomon cho‗yanlar uchun va 0,1 gacha — qalin devorli quymalar uchun); A — magniyni o‗zlashtirish koeffitsiyenti (modifikatsi-yalash usuli va cho‗yan temperaturasiga bog‗liq; 1400 °C da Ni — Mg ligatura kiritilganda A = 0,6 – 0,7; 1500 °C da A = 0,4 – 0,5). Qoldiq magniy miqdori yetarli bo‗lmaganda aralash yoki vermikular grafit, ortiqcha bo‗lganda esa qisman yoki to‗la oqarish hosil bo‗ladi. Ochiq tipdagi kovshga yoki to‗plagichga qalpoqcha yordamida sof magniy ko‗rinishidagi modifikator kiritilganda magniy sarfi cho‗yan temperaturasiga qarab 0,4—0,7% ni tashkil qiladi, bunda metallning temperaturasi qancha yuqori bo‗lsa, magniy sarfi shuncha kam bo‗ladi. Ligatura tarkibiga magniy metall massasidan 2—2,5% miqdorda kiritiladi. Agar 301 magniy va ligaturalar maxsus avtoklavlar yoki kovshlarda bosim ostida kiritilsa, ularning sarfi kamayadi (4.7, 4.8- rasmlarga q.). Bunda magniyning qaynash temperaturasi ortadi, bug‗ning sekin hosil bo‗lishi ta‘minlanadi va uni mumkin qadar ko‗p o‗zlashtirish uchun sharoitlar yaratiladi. Avtoklavlarda yoki germetizatsiyalangan kovshda modifikatsiyalaganda magniy sarfi ishlov berilayotgan metall massasidan 0,2—0,35% gacha kamayadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling