O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Plazma pechlarida po‘lat suyuqlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
5.6. Plazma pechlarida po‘lat suyuqlantirish
Shakldor quyma uchun podatning eng ko‗p miqdori elektr yoy pechlarida suyuqlantirib olinadi. Lekin ular juda ko‗p tutun ajratadi va shovqin hosil qiladi. Plazma pechlarida bu kamchiliklar bo‗lmaydi. Ular ishchi bo‗shliqning konstruksiyasi bo‗yicha yoy pechlariga o‗xshash, lekin elektrodlar o‗rniga ularning gumbazida plazmatron o‗rnatilgan. Bu pechlarning odatdagi yoy pechlariga nisbatan afzalliklaridan biri — grafit elektrodlarning bo‗lmasligidir, bu esa metallni uglerodlanishdan to‗la mustasno qiladi va kam uglerodli po‗lat suyuqlantirib olishga imkon beradi. Plazma yoyi plazmatron elektrodi bilan suyuqlantirilgan metall vannasi oralig'ida yonadi. Vanna pech o‗zgarmas tok bilan ta‘minlanganda anod vazifasini o‗taydi, uch fazali tok bilan ta‘minlanganda esa sxemaning nol nuqtasi bo‗ladi [4]. Kombinatsiyalangan tarzda qizdirish pechlari ham mavjud: plazma- induksion va yoqilg‗i- plazma pechlari. Plazma pechlarining asosiy xususiyati - pech bo‗shlig‗ini yaxshi germetiklash va binobarin, suyuqlantirishni nazorat qilinadigan atmosferada o‗tkazish imkonini berishidir. Neytral atmosferada suyuqlantirish mumkinligi legirlovchi qo‘shimchalarni amalda tola o‗zlashtirib, yuqori legirlangan po‗latlar chiqindisidan foydalanishga imkon beradi. 308 5.2- rasm. Po‗latning sifatini yaxshilash usullarining klassiflkatsiyasi. 309 Sanoatda suyuqlantirish jarayonida 10 tonnali pechda legirlovchi elementlarning, masalan, quyidagicha o‗zlashtirilishiga erishiladi (%): 97-99 Mn, 96-98 Cr, 98—100 Ni, 98-100 Mo, 60-80 Ti. Plazma pechlarining shunday afzalliklaridan yana biri — atrofdagi muhitning kam ifloslanishi va mehnat gigiyenasining oshishidir. Lekin plazma pechlarida argon ishlatilishi va elektr energiyaning ko‗p sarflanishi natijasida ularda suyuqlantirish narxi yoy pechlariga qaraganda yuqori bo‗ladi. Shu sababli, plazma pechlaridan yuqori legirlangan po‗latlar va qotishmalarni suyuqlantirishda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bunda kuyindining kamayishi va po‗lat sifatining yaxshilanishi hisobiga legirlovchi elementlarning kamayishi hal qiluvchi ahamiyatga ega [4]. Shixta plazma pechlariga po‗lat suyuqlantiriladigan pechlardagiga o‗xshash yuklanadi, ya‘ni ust tomondan (buning uchun pechlar buriladigan gumbazlar yoki yumalatib chiqariladigan vanna bilan jihozlanadi). Kichik sig‗imli (6 t gacha) pechlarda pech tubida o‗rnatiladigan elektrodlarning bo‗lishi elektrod bilan qattiq shixta orasida puxta elektr kontakti ta‘minlanishi zaruriyatini yaratadi. Gumbaz yopiladi va pechga plazmatronlar shunday tarzda kiritiladiki, bunda soplo uchi va shixta orasida millimetrning yuzdan bir necha ulushlari qadar oraliq o‗rnatilsin. Pechga kuchlanish beriladi va elektrod bilan plazmatronlarning soplolari orasida start yoyi yonadi. So‗ngra plazmatron yoy alangasi shixtaga urmaguncha shixta tomon siljitiladi. Ishchi yoy yongandan keyin plazmatronlar ish holatiga qaytariladi va pech islilab turgan vaqtda qo‗zg‗almaydigan qilib qoldiriladi. Suyuqlantirish vaqtida pech operativ tarmoqdan uzilganida, yoyni yondirish uchun plazmatron qaytadan metall yaqiniga siljitiladi. Po‗latni suyuqlantirishda plazma pechida sodir bo‗ladigan metal- lurgik jarayonlar yoy pechlarida sodir bo‗ladigan jarayonlarga o‗xshash bo‗ladi, ya‘ni jarayon aralashmalarni oksidlantirmasdan sodir bo‗ladi; suyuqlantirish jadal olib boriladi, bu esa legirlovchi elementlarni yaxshi saqlab qolishga imkon beradi. Plazma pechi atmosferasining tarkibida juda ko‗p miqdorda argon bo‗ladi, shuning uchun kislorod, azot va vodorod suyuqlanmadan gaz fazasiga odishi mumkin, ya‘ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling