O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Namunalardagi oqarish kattaligi va qattiqligi bo‘yicha ba’zi kulrang cho‘yan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Namunalardagi oqarish kattaligi va qattiqligi bo‘yicha ba’zi kulrang cho‘yan
(СЧ) markalarining xarakteristikalari ГОСТ 1412-79 bo‗yicha cho‗yan markasi Oqarish chuqurligi, mm Qattiqligi, HB Modifikatsiya- lashga qadar Modifikatsiya- langandan keyin СЧ 20 5-10 - 217-235 СЧ 25 10-15 2-6 235-248 СЧ 30 15-25 2-8 248-277 Qotishma olishning hal etuvchi bosqichida suyuq cho‗yanni pechdan tashqarida ishlash, ya‘ni cho‗yanni qo‗shimcha kiritiladigan moddalar (modifikatorlar va boshqa qo‗shimchalar) bilan ishlash yoki tashqi ta‘sir metodi bilan ishlash juda ham muhim. 294 5.1- rasm. Namuna shakllari: a — oqarishni tekshirish ponasi; b - qattiqlikni tekshirish ponasi; 1 — sterjen, 2 — metall plastina, 3 — namuna, 4 — qattiqlikni o‗lchash joyi. Cho‗yanni modifikatorlar va boshqa qo‗shimchalar bilan ishlash o‗zining soddaligi va yuqori darajada samaradorligi tufayli quymakorlikda keng ko‘lamda tarqalgan. Hozirgi vaqtda juda ko‗p turli modifikatorlar ishlab chiqilgan. Eng ko‗p tarqalgani ferrosilitsiydir. Uning kiritilishi mayda donador strukturali cho‗yan tayyorlashga imkon beradi, oqarishini kamaytiradi va mexanik xossalarini yaxshilaydi. Aluminiy va ferrosilitsiy yoki aluminiy va grafit aralashmalari bilan ishlaganda oqarish eng samarali olinadi. Tarkibida RZM (nodir- yer metallari) bor modifikatorlar ham oqarishni samarali oladi (ma‘lum sarflash chegarasigacha). 0,2% dan ortiq kiritilganda oqarish ortadi. Ba‘zi bir elementlarning hatto juda oz miqdorda kiritilishi cho‗yan strukturasining va xossasining shakllanishiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Grafitdan boshqa barcha modifikatorlar uning mustahkamligini oshiradi. Silikobariyning ishlatilishi ayniqsa samaralidir. Odatdagi modifikatorlar tarnovga, metall oqimiga yoki kovshga kiritiladi. Modifikator sarfi uning tarkibiga, shuningdek, cho‗yanning tarkibi va markasiga, shixta materiallarining tabiatiga, suyuqlantirish sharoitlariga, kiritish texnologiyasiga, quyma konstruksiyasiga bog‗liq bo‗ladi hamda, masalan, ФС75 da metall massasidan 0,1%—1,5% gacha chegarada o‗zgaradi. Odatda, ФС75 markaning 0,l%i oqarishni 1 mm ga kamaytiradi, deb hisoblanadi. Oqarish 295 kattaligining talab etilgan pasayishiga asoslanib kiritiladigan modifikator miqdori aniqlanadi. Modifikator kiritilgandan keyin metall mexanik tarzda, vibratsion, barbotaj yoki boshqa metodlar bilan aralashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Modifikatsiyalashda cho‗yan markasi qanchalik yuqori bo‗lsa, uni shunchalik yuqori temperaturagacha o‗ta qizdirish kerak, odatda, u 1370—1430 °C chegaralarida bo‗ladi. Modifikatsiyasizlantirishning oldini olish uchiun cho‗yanni saqlab turish vaqti modifikatorning ta‘sir qilish vaqtidan ortiq bo‗lmasligi kerak. Masalan, kovshdagi metall massasi 0,5 t bo‗lganda ФС75 uchun saqlab turish vaqti 5 min dan, massasi 0,5 dan 2 t gacha bo‗lganda 8 min dan, massasi 2 dan 10 t gacha bo‗lganda 10 min dan, massasi 10 dan 25 t gacha bo‗lganda 15 min dan, massasi 25 t dan ortiq bo‗lganda 20 min dan ortmasligi kerak. Cho‗yanning modifikatsi-yasizlanish alomatlari paydo bo‗lganda modifikator bilan takror ishlov berish tavsiya qilinadi. Modifikatsiyalash sifati ponasimon namunaning oqarish balandligi bo‗yicha nazorat qilinadi. Silikobor asosida ЦНИИТМаш (Rossiya) ishlab chiqqan yangi kompleks modifikatorlar uzoq vaqt ta‘sir qilish xossasiga ega. Ular cho‗yanning evtektivligiga qaramasdan, jarayonning yuqori darajada barqaror bo‗lishini ta‘minlaydi va modifikatsiyalash effektining davom etish vaqtini 2—3 marta oshiradi [8]. Ba‘zan suyuq qo‗shimchalar bilan modifikatsiyalash usuli qo‗llaniladi. Tarkiblari turlicha bolgan ikkita suyuq cho‗yanni yoki cho‗yanni suyuq po‗lat bilan aralashtirganda kimyoviy tarkibning o‗rta qiymatgacha rostlanishi emas, balki ancha murakkab, modifikatsiyalashga o‗xshash jarayonlarning sodir bo‗lishi kuzatilgan. Bu jarayonlar strukturaning maydalanishiga va mexanik xossalarini yaxshilashga yordam beradi. Cho‗yanni gazlar va chang- gaz aralashmalari bilan ishlash uchun kislorod, azot, argon, karbonat angidrid gazi va uglevodorodlar ishlatiladi. Gaz oqimiga changsimon qo‗shimchalar (modifikatorlar va shunga o‗xshashlar) kiritilishi mumkin. Cho‗yanni gaz kiritib tozalash uchun kisloroddan foydalanilsa, u cho‗yanning kimyoviy tarkibi va xossalariga sezilarli darajada ta‘sir qiladi. Cho‗yan boshqa gazlar kiritib tozalansa, cho‗yan tarkibidagi gaz miqdori o‗zgaradi, bu ham 296 uning xossalariga ta‘sir qiladi. Bunda grafitlanish jarayonining aktivlanishi yoki bostirilishi sodir bo‗lishi mumkin (suyuqlanmadan vodorod va azot chiqarib yuborilganda — kuchayish, kristallanish markazlari koagulatsiyalanganida bostirish sodir bo‗ladi). Suyuq cho‗yanga gazlar bilan ishlov berish grafit qo‗shilmalarining shakliga va evtektiv donalar o‗lchamlariga ta‘sir qiladi. Donalar argon va azot bilan ishlov berilganda yiriklashadi hamda vodorod, karbonat angidrid gazi, kislorod va tabiiy gaz bilan ishlov berilganda maydalashadi. Desulfuratsiya pechdan tashqarida bajarilsa, cho‗yanga 5—10% plavik shpati, 20—30% elektrokorund, 60—70% ohak aralashmasidan hosil qilinadigan sintetik shlaklar bilan ishlov berish mumkin. Bunday ishlov berish oltingugurt miqdorini dastlabki miqdordan 90% ga kamaytirishga imkon beradi. Sintetik shlak maxsus shlak suyuqlantiri- ladigan pechda tayyorlanadi, so‘ngra u kovshga quyiladi, unga suyuq cho‗yan ham quyiladi, cho‗yan shlak bilan aralashib desulfuratsiyalanadi. Cho‘yanga fizik metodlar bilan ham ishlov beriladi. Mexanik tarzda aralashtirish va vibratsiya parrakli aralashtirgichlarda, aylanadigan kovshlarda va vibroqurilmalarda bajariladi. Bunda metall yuzasiga tarkibida ohak, plavik shpati, kalsiy karbidi bolgan tozalovchi aralashma kiritiladi. Suyuq cho‗yan shunday tarada 2—4 minut davomida ishlanganda kovshdagi oltingugurt miqdori 0,1 dan 0,01—0,02% gacha kamayadi. Quymakorlikda cho‘yanni modifikatorlar bilan pechdan tashqarida ishlash eng ko‗p tarqalgan. Yuqori sifatli kulrang cho‗yan olish sanoat texnologiyasining eng yaxshi varianti elektr pechlarda yoki dupleks- jarayon yordamida suyuqlantirib olishdir. Bunda kerakli kimyoviy tarkibli, birlamchi agregatda suyuqlantirib olingan cho‗yan kutish pechiga quyiladi, undan oqarganligini tekshirishga namuna olinadi. Agar oqarish modifikatsiyalashgacha talab etilganidan ortiq bo‗lsa, unda pechga ФС75 va grafit aralashmasi kiritiladi. Modifikatsiyalash bo‗yicha eng yaxshi natijalarga ФС75 (0,15— 0,6%), silikokalsiy (0,1 —0,2%) va donador grafit (metall massasidan 0,1 —0,25%) aralashmasi kiritilganda erishiladi. Modifikatsiyalash cho‗yanda grafitning vermikular shaklni olishga imkon beradi. Bunday holda suyuqlantirish uchun yoy va 297 induksion pechlardan, ba‘zi hollarda esa dupleks- jarayon (vagranka—induksion pech)dan foydalaniladi. Dastlabki cho‗yan sifatida evtektiv va unga yaqin bo‗lgan tarkibli cho‗yandan (3,4-3,6% S; 2,0-2,8% Si; 0,3-0,6% Mn; <0,2% P; < 0,02% S) juda keng ko‗lamda foydalaniladi. Modifikatsiyalash uchun cho‗yan desulfuratsiya qilinsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Desulfuratorlar sifatida ohak, soda, texnik kalsiy karbidi yoki ular asosida tayyorlangan aralashma ishlatiladi. Cho‗yanni tarkibida elementlar — sferoidizatorlar (Mg, Y, Ce), shuningdek, Al va Ti kiradigan ligaturalar; Ni — Mg — Ce, Ce — Y, Ce — Mg — RZE lar; JKMK va boshqa ligaturalar bilan modifikatsiyalash grafitning vermikular shaklini olish asosi hisoblanadi. Grafitning eng barqaror vermikular shakli suyuqlanmani tarkibida RZE bo‗lgan (masalan, tarkibida 25—30% nodir- yer elementi bo‗lgan СЦЕМИШ va СИИТМИШ) ligaturalar bilan modifikatsiyalab olish mumkin. Bu jarayon ЦНИИТМаш instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qator zavodlarda joriy qilingan. Ishlab chiqarish sharoitlariga qarab, ligaturani 1350—1400 °C da bevosita pechga, shuningdek, 1430—1480 °C da quyadigan kovsh tubiga yoki metall oqimiga kiritish mumkin (cho‗yanda RZE ning qoldiq- miqdorini 0,1—0,15% chegaralarda olish hisobidan). Qo‗shimcha ligatura massasi undagi RZE miqdori bilan aniqlanadi va dastlabki suyuqlanma tarkibidagi oltingugurt miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Tarkibida 0,015—0,3% oltingugurt bo‗lgan cho‗yan uchun qo‗shiladigan ligatura miqdori suyuq- metall massasidan 0,7—0,8% ni tashkil qiladi. Vagrankada suyuqlantiriladigan cho‗yan uchun (oltingugurt miqdori 0,08— 0,1%) qo‗shiladigan ligatura miqdori 2,0—2,5% gacha ortadi. Bunda vagranka cho‗yanini oldindan desulfuratsiyalash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ligatura bilan ishlangandan keyin quymalarda ledeburit yoki strukturaviy- erkin sementit hosil bo‗lishining oldini oladigan grafitizatsiyalovchi qo‗shimchalar bilan (ФС75 va h.k.) qo‗shimcha ravishda modifikatsiyalash talab qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling