O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Aluminiy qotishmalarini modifikatsiyalash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Aluminiy qotishmalarini modifikatsiyalash. Evtektikaga qadar va evtektiv 
qotishmalar (АЛ2, АЛ4, АЛ9, AK9 va boshq.) suyuqlanmaga natriy yoki stronsiy 
kiritib modifikatsiyalanadi. Natriydan natriy tuzi sifatida foydalaniladi (4.2- jadval). 
Qotishma turli temperaturalarda qizdiriladigan kovshda modifikatsiyalanadi. 
Temperatura modifikator tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Kiritishdan oldin modifikatorni 
quritish va maydalash lozim. Modifikatsiyalash jarayonining davom etish vaqti 6 
dan 15 minutgacha. Jarayonni jadallashtirish uchun suyuqlanmani aralashtirib turish 
zarur. Sodir bo‗ladigan reaksiyalar natijasida natriy ajralib chiqadi, bu natriy 
metallga modifikatsiyalovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda quyidagi reaksiya sodir 
bo‗lishi mumkin: 
6NaF + Al → Na
3
AlF
6
+ 3Na
Modifikatsiyalash jarayoni tugagach, shlak natriy ftoridlari va xloridlari qo‗shib 
quyultiriladi va chiqarib tashlanadi, shundan so‗ng namuna olinadi hamda ularning 
singan joyiga qarab modifikatsiya effekti aniqlanadi. Olingan suyuqlanma 25—30 
min davomida qoliplarga quyilgan bo‗lishi kerak, chunki modifikatsiyalash effekti 
vaqt jihatdan cheklangan. Modifikatsiyalovchi effektni 2—3 soat davomida saqlab 
qolish uchun stronsiy, ittriy va surmadan foydalaniladi. 
Tarkibida 13% dan ortiq Si bo‗lgan siluminlar kremniyning yirik zarrachalarini 


285 
ajratib, kristallizatsiyalanadi. Bu zarrachalar qotishmalar- ning mexanik xossalarini 
yomonlashtiradi va yuqori darajada qattiq bo‗lgani uchun mexanik ishlov berishni 
qiyinlashtiradi [23]. Kremniyning birlamchi kristallarini maydalash kremniyga 
nisbatan sirtiy- aktiv bo‗lgan fosforni (0,05—0,1%) suyuqlanmaga kiritib, amalga 
oshiriladi (4.9- rasm). Foydalaniladigan modifikatorlar 4.2- jadvalda ko‗rsatilgan. 
Magniy qotishmalarini modifikatsiyalash o‗ta qizdirish yoki qo‗shimchalar 
kiritish bilan amalga oshiriladi. O‗ta qizdirish yordamida modifikatsiyalash 
tozalashdan keyin amalga oshiriladi: po‗lat tigelda qotishma 850—925 °C gacha 
qizdiriladi, 10—15 min saqiab turiladi va tezlikda 680—720 °C gacha sovitiladi
shundan keyin qoliplarga quyiladi. 
4.2- jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling