O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Rangli qotishmalarni legirlash. Aluminiy qotishmalarida asosiy legirlovchi 
elementlar sifatida Mg, Cu, Si va boshqalar, magniy qotishmalarida Sn, Al, Zn, Ni 
va boshqalar, mis qotishmalarida Zn, Sn, Sb, Al, Ti, Si, Be va boshqalar ishlatiladi. 
Rangli qotishmalarni legirlash suyuqlantirishda asosiy operatsiyalardan biri 
hisoblanadi va tarkibi maxsus tanlangan ligaturalar yordamida yoki tayyor 
ligaturalardan foydalanib bajariladi. Quymakorlikda rangli qotishmalar sof 
komponentlar bilan kamdan kam legirlanadi; ko‗pincha, ligaturalar yoki legirlovchi 
elementlar 
quyma 
qotishmalarni 
tayyorlash 
jarayonida 
kiritiladi. 
Bu 
qotishmalarning tarkibida asosiy komponentlar ham, legirlovchi komponentlar ham 
bundan oldin bo‗lgan. 
4.4. Modifikatsiyalash 
Umumiy xarakteristikasi. Modifikatsiyalash deb, qotishmaning kristallanishi 
va strukturasiga maxsus qo‗shimchalar — modifikatorlar kiritib ta‘sir etilishiga 
aytiladi. Modifikatsiyalash oitiqcha fazalarni dispers yoki koagulatsiyalangan 
ajratmali mayda donador struktura (intermetallidlar, karbidlar, grafit va h.k.) olish 
maqsadida amalga oshiriladi. Modifikatsiyalovchi effektning namoyon bo‗lishiga 
qarshilik ko‗rsatadigan qo‗shimchalar yoki aralashmalar demodifikatorlar deb 
ataladi. 
Modifikatsiyalovchi qo‗shimchalar ularning kristalik kurtaklarning hosil bo‗lish 
jarayoniga fizik- kimyoviy ta‘sir etish tabiatiga ko‗ra I va II tur modifikatorlarga 
bo‗linadi. I tur modifikatorlar jumlasiga suyuqlanmada kristallizatsiyalanish 
markazlari shakllanadigan va yuqori dispers qattiq zarrachalar hosil qiladigan 
moddalar kiradi. II tur modifikatorlar jumlasiga esa kristalik kurtak qirralarida 
tanlab adsorbsiyalanadigan hamda fazalararo sirt taranglikni va kristallarning o‗sish 
xarakterini o‗zgartiradigan eruvchan moddalar kiradi. Aluminiy qotishmalari uchun 
I tur modifikatorlar jumlasiga titan yoki vanadiy qo‗shimchalari, po‗lat uchun — 
aluminiy va titan qo‗shimchalari kiradi. 


278 
Yangi qotishmalar uchun modifikatorlar ishlab chiqishda ko‗pincha turli 
elementlarning oldindan ma‘lum bo‗lgan ta‘sir etish qonuniyailariga amal qilinadi. 
Masalan, I gruppa elementlari (Li, Na, K, Pb, Cs) ning qo‗shimchalari aluminiy 
qotishmalarining strukturasiga; noyob- yer elementlariniki po‗latning strukturasiga; 
III gruppa elementlari (Sc, Y, La) ning qo‗shimchalari cho‗yan strukturasiga ijobiy 
ta‘sir qiladi. 
Eng maqsadga muvofigi — kompleks modifikatorlardan foyda- lanishdir. Bunda 
qo‗shimcha yoki bir nechta qo‗shimcha (tayyor ligatura ko‗rinishida) bir yo‗la I va 
II tur modifikatorlar tipi bo'yicha qotishmaga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kompleks 
modifikatorlar eng samarali modifikator sifatida sanoatda keng qoilaniladi 
(masalan, kulrang cho‗yanlarni modifikatsiyalash uchun qoilaniladigan Fe— 
Si—Ca asosida Al, Ti, Ce va La qo‗shib tayyorlangan modifikator). 
Modifikatorlarni 
qotishmalar 
strukturasiga 
ta‘sir 
qilish 
xususiyati 
modifikatsiyalashning texnologik sharoitlari va kiritiladigan modifikator miqdoriga 
bog‗liq. Modifikatsiyalashda qotishmalar strukturasining o‗zgarishi mexanik 
xossalar kompleksining o‗zgarishiga olib keladi. Bunda metallning gazlar bilan 
ifloslanishi kamayadi va quyma zichligi ortadi. Modifikatsiyalash effektiga turli 
tashqi ta‘sir metodlari bilan ham erishish mumkin: ultratovush yordamida ishlov 
berib, vibratsiya yordamida, elektr magnit maydonlari bilan ta‘sir qilib va shunga 
o‗xshashlar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling