O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

4.3. Legirlash 
Temir- uglerodli qotishmalarni legirlash. Temir- uglerodli qotishmalar uchun 
legirlovchi elementlar sifatida Cr, Ni, Mo, W, V, Ti, Al, Nb, Co, Cu va boshqa 
elementlar, shuningdek, odatdagi miqdorga qaraganda orttirilgan miqdorda Mn va 
Si ishlatiladi. 
Legirlangan po‗latlarni suyuqlantirish jarayonini to‗g‗ri olib borish uchun suyuq 
temirda elementlarning erish darajasini va ularning suyuqlanma xossalariga ta‘sirini 
bilish zarur. 4.1- jadvalda po‗lat suyuqlantirish jarayonlari temperaturasida 
(1400—1550 °C) suyuq temirda turli elementlarning eruvchanligi xarakteristikasi 
haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan [24, 26]. 
Suyuq po‗latda eriydigan legirlovchi elementlar uning qotgan holatdagi 
xossalarigagina ta‘sir qilib qolmasdan, balki suyuq suyuqlanmaning xossalarini 
(termodinamik xarakteristikalarini, likvidus—solidus temperaturasini, quyilish 
xossalarini va boshq.) ham o‗zgartiradi. Legirlovchi elementlarning o‗zi esa 
suyuqlanmaga kirib, o‗zining individual xossalarini yo‗qotadi. 
Turli legirlovchi elementlar ularning konsentratsiyasiga, atom massasiga hamda 
qotayotganida yoki suyuqlanayotganida suyuq va qattiq fazalar orasida 
taqsimlanishiga qarab po‗latning suyuqlanish temperaturasini ma‘lum darajada 
pasaytiradi. Legirlangan po‗latlarni suyuqlantirish vaqtida ayrim hollarda 
aralashganda ajraladigan ozgina issiqlik effektini (masalan, marganesni temir bilan 
aralashtirganda) hisobga olmasa ham bo‗ladi, boshqa hollarda (masalan, 
suyuqlantirilgan temirga kremniy qo‗shganda) uni hisobga olish lozim, chunki juda 
ko‗p miqdorda issiqlik ajraladi.
Ba‘zi bir legirlovchi elementlar boshqa elementlar yoki aralashmalar bilan 


276 
o‗zaro ta‘sirlashadi. 
4.1- jadval 
To‘la 
Qisman 
Erimaydi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling