O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Pechdan tashqarida tozalash metodlari va usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Pechdan tashqarida tozalash metodlari va usullari. Pechdan tashqarida 
tozalash zararli qo‗shilmalardan ancha chuqur tozalashga yordam beradi. Cho‗yanni 
suyuqlantirishda pechdan tashqarida tozalash usuli kam qo‗llaniladi, chunki uning 
tarkibida geterogen fazalar miqdori ancha bo‗ladi va uni tozalash zaruriyati 
tarkibida oltingugurt kam bo‗lgan maxsus cho‗yanlarni olishdagina vujudga keladi. 
Bunday holda cho‗yan odatdagi kovshda yoki maxsus qurilmalarda (4.5- rasm) 
ishlanadi. Tozalash operatsiyasi aralashtirilayotgan cho‗yanga turli qo‗shimchalar 
kiritib amalga oshiriladi. Qo‗shimchalar sifatida soda va kalsiy karbididan 
foydalaniladi. Oltingugurt quyidagi reaksiyalar bo‗yicha chiqarib yuboriladi: 
FeS + Na
2
CO
3
= Na
2
S + FeO + CO
2
, (4.22) 
MnS + Na
2
CO
3
= Na
2
S + MnO + CO
2
, (4.23) 
FeS + CaC
2
+ 2FeO = CaS + 2CO + 3Fe,
(4.24) 
MnS + CaC
2
+ 2MnO = CaS + 2CO + 3Mn. (4.25) 
Lekin shuni hisobga olish kerakki, kalsiy karbidini kiritishda cho‗yan 
uglerodlanishi mumkin: 
FeS + CaC
2
= CaS + Fe + 2C. 
(4.26) 
Chet el firmalarining tajribasi shuni ko‗rsatadiki [17], cho‗yan kovshda 
tozalanganda (4.5- a rasm) uning tarkibidagi oltingugurtni 0,1% dan 0,005% gacha 
kamaytirish mumkin. 3 min davomida tozalash sharsimon grafitli juda puxta 


268 
cho‗yan olish maqsadida keyinchalik modifikatorlar bilan ishlov berish uchun 
yetarli bo‗ladigan darajagacha oltingugurt miqdorini kamaytirishga imkon beradi. 
Metallmas qo‗shilmalarning miqdori va tuzilishi po‗latning sifatiga jiddiy ta‘sir 
qiladi, shuning uchun pechdan tashqarida tozalash uning sifatiga ta‘sir qilishga 
imkon beradi [5, 18]. 
Suyuqlantirib olinayotgan po‗latlar sortamenti va foydalaniladigan asbob- 
uskunalarga qarab: po‗latga suyuq oq yoki sintetik shlaklar, fluslar poroshogining 
aralashmalari bilan, shuningdek, neytral gazlar yordamida tozalab, injektor 
vositasida poroshok kiritib tozalab, vakuumlash hamda kovshda ishlov berish 
turlarini vakuumlash bilan birgalikda bajarib, suspenzion quyib kompleks yoki 
alohida- alohida ishlov berish amalga oshiriladi. 
Elektr pechlarda asosliligi 2,5 dan ortiq va tarkibida 1% gacha FeO bo‗lgan
(FeO kuchli desulfuratsiyalovchi reagent hisoblanadi) oq shlaklardan foydalaniladi. 
Po‗lat bu shlaklar ostida saqlab turilganda diffuziya jarayonlari suyuqlantirib 
olingan po‗latni kovshga chiqarish vaqtida uning shlak bilan tez siljishi hisobiga 
tezlashtirilishi mumkin. Avval unga shlakning katta qismi quyiladi, so‗ngra esa 
balandlikdan kuchli po‗lat oqimi beriladi. Bunda shlak po‗latning butun massasi 
bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan tomchi ko‗rinishidagi emulsiyaga aylanadi va 
oltingugurt hamda kislorod miqdori 2—3 marta kamayadi. Sintetik suyuq shlak 
alohida agregatda tayyorlanadi. Optimal ishlov berish sharoitlari uchun shlak 
miqdori metall massasidan 3—5% ni tashkil qiladi, shlakning tarkibi 60% CaO va 
40% Al
2
O
3
, suyuqlanish temperaturasi 1410°C. Sintetik shlaklar bilan ishlangandan 
keyin kislorod miqdori 0,003% gacha, oltingugurt esa 0,005—0,01% gacha 
kamayadi. 
Ishlov berish uchun yangi so‗ndirilgan ohak (80%) va plavik shpati (20%) 
poroshoklari aralashmasidan ham foydalaniladi. Aralashma 2—3% miqdorida 
po‗lat oqimiga beriladi. Bunda oltingugurt miqdori 1,5—2 marta kamayadi. Lekin 
bu holda chiqarilayotgan po‗latning temperaturasini 20—30 °C ga oshirish zarur. 
Po‗latga neytral gazlar bilan ishlov berish pech tubida o‗rnatilgan o‗tga chidamli 
g‗ovak magnezit quyma- bloklar, soxta stopor yoki o‗tga chidamli material bilan 


269 
qoplangan maxsus cho‗ktirma furmalar orqali bajariladi. 3- 7 minut quritilgandan 
(tozalangandan) keyin tarkibdagi kislorod miqdori 10—20% ga, vodorod miqdori 
15—30% ga kamayadi, azot biroz chiqarib yuboriladi. Ishlov berish natijasida 
po‗latning mexanik xossalari sezilarli darajada yaxshilanadi. Nisbiy uzayish va 
siqilishi 10—25% ga, zarbiy qovushoqligi 15—30% ga ortadi. 
a) 
b) d) 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling