O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

4.2- rasm. Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish usullarining umumlashgan elementlari. 


259 
Oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalari 
yordamida 
tozalash 
bevosita 
suyuqlanti-ruvchi pechlarda amalga oshiriladi. Masalan, suyuqlantirilgan 2 metallni 
7 pechda tozalash (4.3- a rasm) ma‘lum tarkibli (PR = SH 
 P) 3 qo‗shimcha shlak 
hosil qilib amalga oshiriladi. Pechdan tashqarida tozalashni sintetik shlak (4.3- b 
rasm) yordamida amalga oshirish mumkin. Sintetik shlak maxsus shlakni suyultirish 
pechlarida suyuqlantirib olinadi, so‗ngra cho‗michga quyiladi va unga 2 
cho‗michdan metall quyiladi. U 3 shlak bilan aralashib, zararli aralashmalardan 
tozalanadi. 
Metallda erigan kislorodni chiqarib yuborish oksidsizlantirish deb ataladi. Bu 
operatsiya oksidlab tozalashdan so‗ng bajariladi. Bunda erigan kislorod 
oksidsizlantirgichlar deb ataladigan qo‗shimchalar yordamida erimaydigan 
oksidlarga bog‗lanadi. 
Metallni metallmas qo‗shilmalar va gazlar ko‗rinishida bo‗ladigan 
aralashmalardan turli qo‗shimchalar kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilib tozalash 
mumkin. Metallni zararli aralashmalardan tozalaydigan flyuslar yoki boshqa 
qo‗shimchalar metallga yo uning sirtiga (unda bu shlak bilan ishlov berishga teng 
kuchli, yo cho‗michdagi 2 qalpoqcha yordamida sirt ostiga (RF = F ∪ К ∪ OK, 4.3- 
d rasm) kiritiladi. Bunda flyus qo‗shimchalari qotishma bilan reaksiyaga kirishadi 
va gazlar hosil qiladi yoki bug‗lanib ketadi. Hosil boigan gazlar zararli 
aralashmalarni birlashtirib ularni yuzaga chiqaradi. 
Gazlar yuborib tozalash usuli (4.3- e rasm) xuddi shunday tozalash mexanizmiga 
ega. Gaz yo trubka orqali ust tomondan, yo cho‗michdagi g‗ovak po‗kak orqali 
beriladi. Neytral gaz pufakchalarida metallda erigan gazlarning parsial bosimi 
boshlang‗ich vaqtda nolga teng bo‗ladi va shuning uchun ham ular pufakchalarga 
o‗tadi. Bundan tashqari, gaz pufakchalari metallmas qo‗shilmalarni ilashtirib, 
mexanik tarzda olib chiqib ketadi. Metallmas qo‗shilmalardan tozalash ham maxsus 
qurilmalarda UF (4.2- rasmga q.) filtratsiya qilib bajariladi. Bunda metallmas 
qo‗shilmalar filtrlarda adsorbsiyalanadi. Filtratsiyani gazlar yuborib tozalash bilan 
birgalikda bajarish mumkin: NG 
 PGV ∪ UF-UFG (10- f rasm). Buning uchun 
maxsus qurilma 1 da 2 filtr va gaz yuborish uchun 3 truba joylashtiriladi. 


260 
Erigan gazlardan tozalashda vakuumlash samarali choraladan hisoblanadi. 
Metall ustida vakuum yaratilganda muvozanat buziladi, buning natijasida gazlar 
chiqarib yuboriladi. 10- g rasmda vakuum- gaz bilan tozalash kamerasi ko‗rsatilgan 
(VPK-NG 
 PGV U ∪ VK ∪ OK). Kamera 1 da 2 cho‗mich joylashtiriladi, metall 
vakuumlanadi va u gaz bilan qo‗shimcha tozalanadi. Ultratovush — UZ (4.2- 
rasmga q.) bilan ham muvozanatni buzish mumkin. Bunda suyuqlanmada 
kavitatsiya sodir bo‗ladi va hosil bo‗lgan bo‗shliqlarga suyuq metallda erigan gaz 
intiladi. Gazlar pufakchalar yaratadi, so‗ngra ular yuzaga suzib chiqib, suyuq 
metallni tozalaydi. 
4.3- rasm. Quyma qotishmalarni tozalash metodlari. 
Suyuq shlaklar, tuz suyuqlanmalarining elektrokimyoviy tabiati va ularda 
aralashmalarning ion holati tozalash maqsadida elektr maydondan yoki uning 
suyuqlanmalarni elektroliz qilish va ionlar harakati asosida pirometallurgik 
jarayonlar bilan kombinatsiyasidan foydalanishga imkon beradi. 


261 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling