O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

4.1- rasm. Quyma qotishmalarni suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining 
klassiflkatsiyasi. 
Pechdan tashqarida ishov berish 4.2- rasmda ko‗rsatilgan elementlarni 
birlashtirib amalga oshiriladi. Masalan, modifikatsiyalashning quyidagi metodlari 
mavjud: L 
∪ VJ — novda ligatura bilan modifikatsiyalash, L ∪ D ∪ VJ — shuning 
o‗zi, lekin dozator ishlatiladi, M ∪ ZK ∪ GK — germetik cho‗michda metall 
(masalan, magniy) bilan modifikatsiyalash, L 
 RK ∪ F — qolipda ligatura bilan 
modifikatsiyalash va h.k. Bu yerda bo‗lishi mumkin bo‗lgan kombinatsiyalar soni 
ancha ko‗p. 
Tozalash. Tozalash deganda metallarni zararli qo‗shilmalardan tozalash 
tushuniladi. Undan birlamchi metallurgiyada hamda qotishmalar va metallarni 
ikkinchi marta suyuqlantirishda ham foydalaniladi. Tozalashning pirometallurgik
elektrolitik va kimyoviy metodlari bir- biridan farq qiladi. 


257 
Quymakorlikda yuqori temperaturada amalga oshiriladigan va zararli 
aralashmalarning bir fazadan boshqasiga o‗tishi bilan bog‗liq bo‗lgan 
pirometallurgik usul keng tarqalgan; bir fazadan boshqasiga o‗tishga 
oksidlanish—qaytarilish 
reaksiyalari, 
aralashmalarni 
boshqa 
faza 
bilan 
adsorbsiyalash (adsorbsion usul) yoki qo‗shilmalarning metallda bo‗lish 
sharoitlarini o‗zgartirish, masalan, vakuumdan foydalanish (bu usul ba‘zan 
noadsorbsion usul deb ataladi) yordamida erishiladi. 
Chiqarib yuboriladigan zararli qo‗shimchalarni uchta turga bo‗lish mumkin: 
metallda erigan va metallmas qo‗shilmalar yoki gazlar ko‗rinishida bo‗ladigan 
aralashmalar. Metallda erigan aralashmalar oksidlab tozalash usuli bilan chiqarib 
yuboriladi. Bu usul aralashma- larning O, S, Cl, F lar bilan asosiy metall shu 
elementlarning o‗zi bilan hosil qiladigan birikmalarga qaraganda ancha mustahkam 
birikmalar hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu usuldan, masalan, misni 
tozalashda foydalaniladi. Masalan, suyuq misni havo bilan puflab tozalashda misga 
nisbatan kislorodga ancha yaqin bo'lgan Fe, Ni, Zn, Pb, Sb, As, Sn lar vanna 
yuzasiga suzib chiqadigan va so‗ngra oson chiqarib yuboriladigan oksidlar hosil 
qiladi. 
Temir suyuqlanmalaridan S va P lar temirga qaraganda oltingugurtga ancha 
yaqin bo‗lgan elementlar yoki birikmalar yordamida chiqarib yuboriladi: 
FeS + CaO = CaS + FeO , (4.1) 
FeS + CaO = CaS + FeO , (4.2) 
Fosfor oskidlab tozalash yo‗li bilan chiqarib yuboriladi: 
2P + 5FeO = P
2
O
5
+ 5Fe , (4.3) 
3FeO + 2P
2
O
5
= (FeO)
3
P
2
O
5
, (4.4) 
(FeO)
3
P
2
O
5
+ 4CaO = (CaO)
4
P
2
O
5
+ 3FeO . (4.5) 


258 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling