O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlanadigan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

 
3.17. Qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlanadigan
qotishmalarni suyuqlantirish 
Qiyin eriydigan metallar jumlasiga xrom, vanadiy, niobiy, molibden, tantal, 
volfram va boshqa metallar kiradi. Metallarning bu gruppasi faqat yuqori 
suyuqlanish temperaturasi (1860—3400 °C) bilan emas, balki suyuqlantirilgan 
holatda kislorod, vodorod, azot, uglerod va olovbardosh materiallar bilan o‗zaro 
ta‘sirlashganda katta kimyoviy aktivlikka ega bo‗lishi bilan ham xarakterlanadi. Shu 
sababli qiyin eriydigan metallar va ularning qotishmalari vakuumda yoki neytral 
gazlar muhitida suyuqlantiriladi. 
Suyuqlantirish uchun vakuum-yoy, elektron-nur va plazma pechlaridan (3.33- 
rasmga q.) foydalaniladi. Suyuqlanmaning metallmas aralashmalar bilan biroz 
ifloslanishiga yo‗l qo‗yiladigan hollardagina induksion-vakuum peehlardan 
foydalaniladi. Tigellarni tayyorlash uchun o‗tga chidamli materiallar sifatida 
sirkoniy ikki oksidi, yuqori magnezitli o‗tga chidamli materiallar va aluminiy 
oksididan foydalaniladi. 
Qiyin suyuqlanadigan metallar (niobiy, molibden, volfram) ni suyuqlantirishda 
ko‗p umumiylik bor, lekin ular elektrodlarning suyuqlanish tezligi va sifati yaxshi 
metall olish uchun zarur bo‗ladigan siyraklanish darajasi bilan tafovutlanadi. 
Vakuum- yoy va garnisaj tigelli electron-nur pechlarida suyuqlantirish juda keng 


252 
ko‗lamda qo‗llaniladi. 
Shixta 
materiallari 
sifatida 
poroshok 
metallurgiyasi 
metodi 
bilan 
tayyorlanadigan shtabiklar (shtabik o‗lchami 16x18x500 mm) ishlatiladi. 
Sarflanadigan elektrod hosil qilish uchun shtabiklar 1,5—2,5 m uzunlikkacha flus 
qatlami ostida uchma- uch qilib payvandlanadi, qumqayroq bilan tozalanadi hamda 
4—12 donadan (suyuqlantirish agregatining quvvatiga qarab) paket qilib yig‗iladi. 
Polosalar yoki bo‗lakchalar ko‗rinishidagi legirlovchi elementlar sarflanadigan 
elektrodlarga ulanadi. Qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish jarayoni titan 
qotishmalarini suyuqlantirish jarayoniga o‗xshash bo‗ladi. 
Niobiy vakuumda, shuningdek, argon yoki geliy atmosferasida suyuqlantiriladi. 
Qotishma uglerod, seriy yoki ittriy vositasida oksidsizlantiriladi. Molibden va uning 
qotishmalari shunga o‗xshash usulda suyuqlantiriladi. Oksidsizlantirish uglerod 
yoki aluminiy vositasida bajariladi. 
Qiyin suyuqlanadigan metallarni elektron- nur pechlarida suyuqlantirish — eng 
istiqbolli suyuqlantirish usullaridan biridir. Bu usul vakuum-yoy va induksion 
usullarga nisbatan afzalliklarga ega: elektron- nurlar yuqori darajada bir joyda 
to‗plangan isitish energiyasini olishga, suyuqlantirish jarayonini keng chegarada 
boshqarishga, istalgan ko‗rinishdagi shixta komponentlarini ishlatish va 
qotishmaning tigel materiali bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslikka imkon beradi, 
shuningdek, kichik suyuqlantirish tezligi va chuqur vakuumda suyuqlantirilgan 
metallni o‗ta qizdirishga imkon beradi. 
Elektron-nur pechlarida suyuqlantirish niobiy, molibden va ular asosida 
tayyorlanadigan qotishmalar, shuningdek, boshqa metallardan quymalar olishga 
imkon beradi, chunki u suyuq vannada fizik-kimyoviy jarayonlarning o‗tishi va 
qiyin suyuqlanadigan metallarning oksidsizlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. 
Bunda oksidsizlantirish uchun suyuqlantiriladigan elektrodlar tarkibiga kislorodga 
ancha yaqin bo‗lgan sirkoniy yoki seriy qo‗shiladi. 
Elektron-nur pechlarida ko‗p marotaba qayta suyuqlantirish metall tarkibidagi 
zararli aralashmalar (kislorod, azot, vodorod va metallmas qo‗shilmalar) miqdorini 
sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi, bu esa metall sifatini ancha 


253 
yaxshilaydi. 
Qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish uchun plazma pechlari ham 
ishlatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling