O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
4.6- rasm. Po‗latni pechdan tashqarida vakuumlash usullari: a — kovshda (kamerada); b — kamerada kovshdan kovshga qayta quyishda; 271 d — parsial vakuumlash, e — sirkular kamerada vakuumlash. 272 3) po‗latni parsial vakuumlash (metall kichik porsiyalar bilan vakuum kamerasi orqali o‗tkaziladi, 4.6- d rasm; vakuumlash po‗latni pastga tushadigan va ko‗tariladigan kameraga vaqt- vaqti bilan olish natijasida sodir bo‗ladi); 4) sirkulatsion kamerada vakuumlash (metallni sirkulatsiya qilish neytral gaz bilan puflash hisobiga amalga oshiriladi, 4.6- e rasm). Vakuumda metallni pechdan tashqarida degazatsiya qilish vodorodning miqdorini dastlabki miqdordan 40—60% ga, kislorodni 50—70% ga, azotni 5—10% ga pasaytirishga, shuningdek, metallmas qo‗shilmalar miqdorini kamaytirishga imkon beradi. Po‗latni vakuumda ishlash natijasida uning elastikligi, zarbiy qovushoqligi, sovuqqa chidamliligi ortadi va darzlar hosil bo‗lishga moyilligi pasayadi. Agar barcha suyuqlantirish jarayoni vakuumda sodir bo‗lsa, vakuumda ishlov berish samaradorligini oshirish mumkin [25]. Bu jarayon induksion vakuum pechlarida (IVP) amalga oshiriladi. Po‗lat chuqur degazatsiyalanadi, vakuumda uzoq muddat saqlab, ancha tola oksidsiz- lantiriladi va elektr magnit vositasida aralashtiriladi. Bunda po‗latdan yengil uchuvchan rangli metallar aralashmasi chiqarib yuboriladi. Induksion vakuum pechida amalda istalgan kimyoviy tarkibli po‗latni suyuqlantirib olish mumkin (yengil uchuvchan metallari bo‗lgan legirlangan po‗latlar bundan mustasno). IVPda, odatda, olovbardosh va yuqori legirlangan po‗latlar suyuqlantiriladi. Ulardan ba‘zi birlarini oddiy pechlarda olib bo‗lmaydi, chunki havoda suyuqlantirish imkoniyati cheklangan. Faqat vakuumda suyuqlantirish usuli qo‗llanilgandagina tarkibida aluminiy, titan, bor va shular kabi elementlari bo‗lgan murakkab tarkibli qotishma hamda po‗lat ishlab chlqarish imkoni bo‗ladi. Vakuumda suyuqlantirishda suyuq metallda sodir bo‗ladigan jarayon bir- biri bilan o‗zaro bog‗langan hamda bir yo‗la sodir bo‗ladi. Metallni uglerod bilan oksidsizlantirish (bunda uglerod oksidi yoki uglerod ikki oksidi ajralib chiqadi) azot va vodorodning ajralib chiqishi, metallmas aralashmalarning suzib chiqishi hamda qaytarilishi, tez uchuvchan komponentlar aralashmalarining bug‗lanishi va 273 hokazolar bilan birgalikda sodir bo‗ladi. Bu jarayondan foydalanilganda tarkibida kislorodi kam metall olish imkoniyati tug‗iladi. Oksidsizlantirishda qariyb metallda erimaydigan uglerod oksidi va uglerod ikki oksidi hosil bo‗ladi. Ular reaksiya zonasidan chiqib ketadilar va suyuq metalldan ajralib chiqadilar, bu esa uglerod bilan oksidsizlantirishning kislorod bilan o‗zaro ta‘sirlashish mahsulotlari metallda qoladigan boshqa oksidsizlantirgichlardan foydalanishga qaraganda afzal ekanligini ko‗rsatadi. Vakuum qanchalik chuqur va CO bosim qanchalik past bo‗lsa, uglerodning oksidsizlantirish qobiliyati shunchalik yuqori hamda uglerodning berilgan konsentratsiyasi biian shunchalik oz miqdordagi kislorod muvozanatda bo‗lishi kerak. Lekin oksidsizlantirgich sifatida bitta uglerodning ishlatilishi po‗latning, ayniqsa kam uglerodli po‗latning to‗la oksidsizlanishini ta‘minlamaydi. Chuqur oksidsizlantirish uchun metall oksidsizlan- tirgichlardan ham foydalanish kerak. Vakuumda oksidsizlantirganda odatdagi ochiq sharoitlarda suyuqlantirishdagi oksidsizlantirishga qara- ganda (bunda kiritiladigan elementlar shlak va oksidlovchi atmosfera bilan oksidlanadi) metall oksidsizlagichlar ancha kam talab etiladi. Legirlash uchun, odatda, sof materiallardan foydalaniladi. Agar ferroqotishmalar ishlatilsa, ularni pechga yuklashdan oldin adsorbsiyalangan gazlar va namlikni chiqarib yuborish hamda vannaga materialning sovuq bo‗laklari tushganda suyuq metallning qattiq chayqalib sepilishining oldini olish uchun yaxshilab qizdiriladi. Yirik IVPlarda suyuq holda quyish usulidan foydalaniladi. Yarim (chala) mahsulot sifatida yoy pechida suyuqlantirib olingan yarim oksidsizlantirilgan po‗latdan foydalaniladi. Sovuq tigel gaz gorelkasi bilan 700 °C gacha qizdiriladi. Suyuq metall pech ichida o‗rnatilgan maxsus quyish trubasi yordamida quyiladi. Truba po‗lat oqimini bevosita tigelga yo‗nlatiradi va metall siyraklashtirilgan atmosferaga tushganda uning sachrashini kamaytiradi; bosim bundan oldin 300—330 Pa gacha pasaytiriladi. Suyuq metall yuklab ishlaganda suyuqlantirib olish vaqti qisqaradi [25]. Eng muhim davr tozalash davri hisoblanadi. Bu davr metalldan eriydigan gazlar, uglerod va oltingugurtni chiqarib yuborish uchun zarur bo‗lgan texnologik 274 operatsiyalarni o‗z ichiga oladi. Bu davr ichida metall shixta tarkibidagi uglerod hisobiga ham, shuningdek, grafit, cho‗yan, uglerodli ferroqotishmalar hisobiga ham uglerod bilan oksidsizlantiriladi. Uglerod bilan oksidsizlantirishda saqlab turish vanna to‗la tinchimaguncha davom ettiriladi. Vakuumlash metalldan vodorod, azot va kislorodni chiqarib yuborishga yordam beradi. Metalldagi kislorod konsentratsiyasini pasaytirish uchun yakunlovchi bosqichda metall oksidsizlantirgichlar: aluminiy seriy bilan, shuningdek, ligaturalar ko‗rinishidagi kalsiy yoki magniy ishlatiladi. Rangli qotishmalarni pechdan tashqarida tozalash kovshda xlorli va ftorli tuzlar bilan ishlov berish, vakuumlash hamda filtrlash yo‗li bilan bajariladi. Ayrim hollarda elektr flus yordamida tozalash qo‗llaniladi. Vakuumlashda eng yuqori darajada degazatsiyalashga erishiladi. Vakuumda metall 1330 Pa bosimda 10—30 min davomida saqlab turiladi; bunda suyuqlanmaning temperaturasi 720—740 °C atrofida saqlab turiladi. Vakuumlash qizdirmasdan olib boriladigan hollarda suyuqlanma ishlov berish oldidan 760—780 °C gacha o‗ta qizdiriladi. Aluminiy suyuqlanmalarini metallmas qo‗shilmalardan tozalash uchun to‗r donador va g‗ovak keramik filtrlar orqali filtrlash, shuningdek, elektr flus yordamida tozalash qo‗llaniladi. To‗r filtrlar suyuqlanmalarni yirik qo‗shilmalar hamda pardalardan tozalash uchun keng ko‗lamda qo‗llaniladi. Ular o‗lchami to‗r katagidan katta qo‗shilmalarni ajratadi. To‗r filtrlarni tayyorlash uchun katagining o‗lchamlari 0,5 x 0,5 dan 1,5 x 1,5 mm gacha bo‗lgan shisha matodan va titandan tayyorlangan metall to‗rdan foydalaniladi. Shisha matodan tayyorlangan filtrlar litnik kanallarida o‗rnatiladi: ularning ishlatilishi yirik metallmas qo‗shilmalar va pardalarni 1,5—2 marta kamaytirishga imkon beradi, lekin ular dispers qo‗shilmalar hamda vodorod miqdoriga ta‘sir qilmaydi. Donador filtrlar yordamida tozalash ancha sezilarli natija beradi, chunki ular metallga tegib turadigan yuzasining kattaligi hamda o‗zgaruvchan kesimli, uzun ingichka kanallarga ega ekanligi bilan farqlanadi. Aluminiy suyuqlanmalarini pardalar va yirik qo‗shilmalardan eng samarali tozalash usullaridan biri — elektr flus yordamida tozalashdir. Bu jarayonning 275 mohiyati shundan iboratki, suyuqlanmaning ingichka oqimlarini suyuq flus qatlami orqali bir yo‗la metallni qoplab o‗tkazilganda va o‗zgarmas hamda o‗zgaruvchan tok maydonining flusi qo‗shilmalarni flus bilan adsorbsiyalanishi uchun qulay sharoitlar yaratishidan iborat. Buning natijasida metall bilan chegaradosh zonada fazalararo taranglikpasayadi [23]. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling