O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Po‘lat elektr pechlarda suyuqlantirilganda metall shixta va ferro-
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Aluminiy qotishmalari tayyorlash oqilona texnologiyasini tanlashning asosiy prinsiplari
Po‘lat elektr pechlarda suyuqlantirilganda metall shixta va ferro-
qotishmalarda elementlarning kuyishi (dastlabki miqdoridan % hisobida) Yoy pechi Induksion pech Elementlar metal shixtadan ferro- qotishmadan metal shixtadan ferro- qotishmadan Uglerod 25 10-20 10 10-20 ' Kremniy 10 20 5 Marganes 5-10** 20 10 Xrom 5 15 5 Nikel 5 3 3 1 Vanadiy 10 15 5 Volfram 10 5 5 5 Molibden 5 3 3 1 Mis 5 3 3 1 Titan 50 50 10 Kobalt 5 3 5 3 I z o h : * suratda - aralashmalarni oksidlamasdan suyuqlantirish uchun; maxrajda — oksidlab (kislotali jarayonda suyuqlantirishning konkret sharoitlariga bog‗liq holda Si qirmochi kuzatiladi): ** — Mn> 5% uchun; *** — У < 1% uchun. 326 Shundan keyin chiziqli programmalash metodi yordamida po‗lat uchun shixtaning optimal tarkibi topiladi. Xuddi shunday tarzda cho‗yan uchun shixtaning optimal tarkibi va suyuqlantirish jarayonining parametrlarini aniqlash mumkin [19]. 6.2. Aluminiy qotishmalari tayyorlash oqilona texnologiyasini tanlashning asosiy prinsiplari Aluminiy va uning qotishmalarining xossalarini, shuningdek, ularni qizdirishda va suyuqlantirishda sodir bo‗ladigan issiqlik-fizika hamda fizik-kimyoviy jarayonlarni kо‗rib chiqish shuni ko‗rsatadiki, bu qotishmalarni olish uchun amalda bo‗lgan barcha suyuqlantirish usullari yaroqlidir. Oson bug‗lanuvchi komponentlarning sezilarli yo‗qolishi kuzatiladigan vakuumda suyuqlantirish jarayonigina bundan mustasno. Aluminiy qotishmalarini olish usuli unumdorlikning juda yuqori bo‗lishini, suyuqlanma kerakli kimyoviy tarkibga, temperaturaga va sifatga ega bo‗lishini ta‘minlashi kerak. Qotishma mumkin qadar qisqa muddat ichida tayyorlanishi kerak. Shu boisdan tubli pechlarda energiya manbayi bilan shixta (suyuqlanma) orasida konveksiya yordamida uzatiladigan issiqlik ulushini oshirish hisobiga issiqlik almashinuvini jadallashtirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu bilan bir qatorda, pech vannasidagi issiqlik va massa almashtirish jarayonlarini suyuqlanma aralashtirish uchun har xil vositalardan foydalanish hisobiga jadallashtirish mumkin. Bunda temperaturani o‗zgarmas saqlash va uning aniq rostlanishini ta‘ miniash (ayniqsa, tarqatish pechlarida) muhim shartlardan hisoblanadi. Qotishma tayyorlash jarayonida oksidlanish hisobiga metallning eng kam yo‗qotilishiga harakat qilinsa yaxshi bo‗ladi. Shu sababli, shixtani va ayniqsa, oson oksidlanadigan qo‗shimchalami suyuqlanmaga botirib suyuqlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi, chunki bunda tomchilab suyuqlanish sodir bo‗lmaydi. Tarqatish pechlarida suyuqlanmani saqlab turishda uning gaz bilan to‗yinishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim. Tarkibidagi qattiq va gazsimon metallmas qo‗shilmalar miqdori bo‗yicha suyuqlanmaning talab etilgan sifat darajasi suyuqlantirish agregatida ham va undan tashqarida ham effektiv tozalash vositalaridan foydalanib ta‘minlanadi. 327 Kimyoviy jihatdan suyuqlanma bilan o‗zaro ta‘sirlashmaydigan, o‗tga chidamli materiallar qo‗llangani ma‘qul. Fluslar, gazlar va tozalovchi moddalar atrofdagi muhitni iflos qilmasligi kerak. Qotishmalar tayyorlash uchun foydalaniladigan texnologiya va asbob- uskunalar shixtaning oson yuklanishini, pechni tozalashning, vannadagi suyuqlanmani aralashtirishning, shlak olinishining qulay bo‗lishini ta‘minlashi kerak va h.k. Alohida operatsiyalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Aluminiy qotishmalarini tayyorlash usuli chiqarilayotgan mahsulot tannarxining past bo‗lishini va asbob- uskunalarni ekspluatatsiya qilish xarajatlarini uncha yuqori bo‗lmasligini, shuningdek yoqilg‗i va energiyani juda kam yo‗qotilishini ta‘minlashi kerak. Shu sababli suyuqlantirish qurilmalarining FIKini mumkin qadar yuqori qiymatga erishishiga intilish zarur. Deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalarini tayyorlash uchun turli tipdagi pechlarning kelajakda qo‗llanilishini ko‗rib o‗tilayotganda elektr pechlardan eng takomillashtirilgani — kanalli- induksion pechning quyish sexlarining kelajakdagi asosiy suyuqlantirish agregati deb hisoblashga imkon bermaydigan kamchiliklarga ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bu kamchiliklar jumlasiga shixtani pechga yuklashdan oldin uni tanlab olish va quritish, shuningdek, kanallarni vaqti- vaqti bilan tozalash kiradi. Qattiq shixtani suyuq vannaga yuklashning o‗ziga xos xususiyatlari bilan bog‗langan birinchi kamchilik, yirik seriyalab ishlab chiqarishda jiddiy muammoga aylanadi, chunki oldindan quritish sistemasining tashkil etilishi tutun chiqarib yuborish sistemasiga ega qizdirish qurilmalarini joylashtirish uchun qo‗shimcha maydon talab qiladi, bu esa tayyor mahsulot tannarxini sezilarli oshiradi. Ikkinchi kamchilik, avtomatlashtirish darajasi past hamda ko‗p mehnat sarflanadigan, olib qo‗yiladigan induktorlarni ta‘mirlash va futerovka qilish bo‗yicha maxsus sexlar yaratish zarurligiga olib keladi. Aluminiy qotishmalarini uzluksiz suyuqlantirish jarayonlarining yuqori darajada jadal o‗tishi va suyuqlantirish agregatlarining maydoni hamda hajmidan ancha to‗la foydalanishga erishilishidan, quyish sexlarida jarayonni yuqori darajada avtomatlashtirish, mehnat unumdorligini keskin oshirish va mehnat sharoitlarini 328 yengillashtirish mumkinligidan iborat potensial afzalliklari shunchalik kattaki, shixtali pechlarni deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalarini tayyorlash uchun suyuqlantirish pechlarining eng istiqbolli turi deb hisoblashga imkon beradi. Yaqin kelajakda yangidan kiritiladigan quvvatlarning katta qismini uzluksiz suyuqlantirish mumkin bo‗lgan shixta tipidagi pechlar bilan jihozlash nazarda tutilgan. Uzluksiz suyuqlantirishga to‗la o‗tish esa aluminiy qotishmalari metallurgiyasining rivojlanishida sifat jihatdan yangi bosqich bo‗lib qoladi. 6.2- jadvaldan alanga yordamida qizdiriladigan shixta tipidagi va metall eng kam kuygan holda shixtani oksidsizlantirmasdan suyuqlan- tirishni ta‘minlaydigan himoya atmosferasida suyuqlantiriladigan pechlardan foydalanish istiqbolliligi ko‗rinib turibdi. Aluminiy qotishmalarini tayyorlashda yo‗qotishlarni keskin qisqartirish zaruriyati hozirgi vaqtning o‗zidayoq bunga o‗xshagan pechlarni yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblashga imkon beradi [1]. 6.2- jadval Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling