O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

5.7. Elektr shlak yordamida 
po‘latni 
qayta
suyuqlantirish (EShQS) 
Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirish VDP, ELP va PDP bilan bir 
qatorda, yuqori sifatli po‗lat olishning zamonaviy metodi hisoblanadi. Elektr shlak 
yordamida qayta suyuqlantirish (EShQS) shundan iboratki, sarflanadigan elektrod 
ko‗rinishidagi qayta suyuqlantiriladigan po‗lat elektr odkazuvchi suyuq shlak 
vannasiga solinadi. Bu shlak suv bilan sovitiladigan kristallizatorda unda shlak 
aralashmasini suyuqlantirib yoki maxsus shlak suyuqlantirish pechida tayyorlangan 
suyuq shlak quyib hosil qilinadi. Elektrod va shlakdan o‗tkaziladigan o‗zgaruvchan 
yoki o‗zgarmas elektr toki shlakni 1600—1800 °C temperaturada suyuqlantirilgan 
holatda saqlab turadi, buning hisobiga sarflanadigan elektrod suyuqlanadi va 
elektrod uchidan oqib tushadigan metall tomchilari kimyoviy aktiv shlak qatlami 
orqali o‗tadi hamda metallmas qo‗shilmalar va zararli aralashmalardan tozalanadi. 
Shlak vannasidan pastda to‗planadigan suyuq metall vannasi asta- sekin qotadi va 
kristallizatorda quyma ko‗rinishida shakllanadi. 
Jarayon uzluksiz amalga oshiriladi. Suyuqlantirilgan elektrod metallining 
muntazam kelib tushishini ta‘minlagan holda quyma (yombilar)ni yo‗naltirilgan 
holda qotirish quymada kirishish g‗ovaklari bo‗lmasligini ta‘minlaydi va bir jinsli 
zich straktura hosil qiladi. Shlak suyuq metallni atmosfera ta‘siridan sezilarli 
darajada saqlaydi. Qayta suyuqlantirish jarayonida quymaning yon sirtida qalinligi 
1—3 mm bo‗lgan shlak qobig‗i (garnisaj) hosil bo‗ladi. Qobiq kristallizatordan 
tabiiy issiqlik va elektr izolatsiyasini hamda quyma sirtining silliq, toza bo‗lishini 
ta‘minlaydi. 
Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishning fizik- kimyoviy 
xarakteristikasi. Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishning po‗lat 
tozalashning 
yuqori 
samaradorligini 
aniqlaydigan 
asosiy 
xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: yuqori temperatura, juda rivojlangan kontaktlashish yuzasi, 
tarkibida SiO
2
, FeO, MnO miqdori kam bo‗lgan yuqori asosli shlak va quymaning 


311 
yo‗naltirilgan kristallanishi. 
Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishda fazalarning o‗zaro ta‘siri ham 
qator xususiyatlarga ega. Ular shulardan iboratki, shlak tarkibida kislorodni 
atmosferadan metallga ko‗chira oladigan o‗zgaruvchan valentli oksidlar deyarli 
bo‗lmaydi. Bundan tashqari, shlaklar tarkibida CaF
2
bo‗ladi, ular esa elementlarning 
quyidagi reaksiyalar bo‗yicha gaz fazasiga o‗tishiga yordam beradi: 
(2CaF
2
) + (SiO
2
) = (2CaO) + {SiF
4
}↑ (5.4) 
(CaF
2
) + (FeO) = (CaO) + {FeF
2
}↑ (5.5) 
(3CaF
2
) + [2Al] = [3Ca] + {2AlF
3
}↑ (5.6) 
(2CaF
2
) + [Ti] = [2Ca] + {TiF
4
} ↑ (5.7) 
Tarkibida CaF
2
bo‗lgan shlaklar, masalan, АНФ-6, АНФ-7, АНФ-8 lar oson 
suyuqlanadi (suyuqlanish temperaturasi 1200—1350 °C), uncha yuqori bo‗lmagan 
qovushoqlikka va yaxshi elektr o‗tkazuvchanlikka ega bo‗ladi, lekin ulardan 
foydalanilganda elementlarning bir qismi (5.4)—(5.7) reaksiyalar bo‗yicha gaz 
fazasiga o‗tadi hamda zararli ftoridlar ajralib chiqadi va bundan tashqari, 
kislorodning atmosferadan shlak orqali o‗tishi yengillashadi. Bu kamchiliklar 
tarkibida ftor bo‗lmagan fluslar, masalan, АН-209, AH-292 da bo‗lmaydi. 
Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishda oltingugurtni chiqarib yuborish 
sulfidlarning bevosita o‗tishi [FeS] → (FeS)ga ham, (1.34) va (1.35) reaksiyalarga 
ham bog‗liq. Bu reaksiyalar yuqori temperaturalar, shlakni yuqori darajada asosliligi 
va reaksiyaga kiradigan yuzaning rivojlanganligi tufayli samarali o‗tadi. 
O‗zgarmas tokdan foydalanilganda, oltingugurt quyidagi reaksiya bo‗yicha 
elektr kimyoviy usulda chiqarib yuborilishi sodir bo‗lishi mumkin: 
[S] +2e → (S
2-
). 
(5.8) 
Metallmas qo‗shilmalarni chiqarib yuborish ham elektr shlak yordamida qayta 
suyuqlantirishning (EShQS) ko‗rsatilgan xususiyat- lariga asoslanadi va sezilarli 


312 
darajada sirtiy hodisalar hamda texnologik jarayonning o‗zining parametrlariga 
bog‗liq bo‗ladi. 
Metallmas qo‗shilmalami chiqarib yuborishning kinetik tenglamasi quyidagi 
ko‗rinishga ega: 
(5.9) 
bu yerda: 
va 
— metallmas qo‗shilmalarning dastlabki va oxirgi 
konsentratsiyasi, %; 
— 
ning eng kam konsentratsiyasi, %, 
(
); 

quymaning suyuqlanish tezligi, m/s; (
— effektiv massa ko‗chirish 
koeffitsiyenti. 
Metallmas qo‗shilmalarni effektiv chiqarib yuborish uchun kichik radiusli 
qo‗shilmalar bo‗lishi, shuningdek, shlakning sirt tarangligi yuqori va ular shlakni 
yaxshi ho‗llashi zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling