O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Cho‘yan suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
1.4. Cho‘yan suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi Vagrankalarda istalgan suyuqlantirish jarayoniga xos bo‗lgan operatsiya tegishli zonalarda amalga oshiriladi (1.5- rasm). Qizdirish zonasida qizigan gazlar metallni qizdiradi. Bunda metall gaz fazasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadi, buning natijasida metall oksidlanadi; koks qizib uchuvchan moddalarini yo‗qotadi va h.k. Suyuqlantirish operatsiyasi metallni qattiq holatdan suyuq holatga o‗tishi va bu zonada murakkab o‗zaro ta‘sir ko‗rsatishi bilan xarakterlanadi. O‗ta qizish zonasida suyuq metall va hosil bo‗ladigan suyuq shlak bir-biri bilan, shuningdek, gaz fazasi koks hamda pech futerovkasi bilan reaksiyaga kirishadi. Va nihoyat, to‗planish zonasida suyuq metall shlak va koks bilan reaksiyaga kirishadi. 27 Zonalar Fazalarning o‗zaro ta‘siri Qizdirish Suyuqlanish O‗ta qizdirish To‗plash a) Davrlar Fazalarning o‗zaro ta‘siri Qizdirish va suyuqlanish O‗ta qizdirish va me‘yoriga yetkazish b) 1.5- rasm. Suyuqlantirish zonalari (a) va davrlari (b) bo‗yicha fazalar o‗zaro ta‘siri sxemasi: 1 — qattiq metall; 2 — koks yoki karbyurizator; 3 — flyuslar; 4 — beriladigan gaz; 5 — pech futerovkasi; 6 — suyuq metall; 7 — suyuq shlak; 8 — pechning gaz fazasi. 28 Cho‗yan elektr pechlarda suyuqlantirilganda jarayon ikkita asosiy davrga bo‗linadi: qizdirish — suyuqlantirish va o‗ta qizdirish — me‘yoriga yetkazish. 1.5-b rasmda induksion pechda suyuqlantirish operatsiyasini amalga oshirish sxemasi ko‗rsatilgan. Pechni yuklash operatsiyasidan keyin bir yo‗la amalga oshiriladigan qizdirish va eritish operatsiyalari sodir bo‗ladi. Shixta, odatda, oldingi suyuqlantirish jarayonidan qolgan suyuq metall qoldig‗iga solinadi, shuning uchun ham qizish va suyuqlantirish suyuq metallning qattiq metall bilan o‗zaro ta‘siriga bog‗liq. Bunda ishtirok etgan gaz fazasi metallni oksidlaydi. O‗ta qizdirish davrida barcha metall suyuq holatda bo‗ladi hamda pechning shlaki va futerovkasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Jarayon oxirida suyuq qotishma hosil bo‗ladi. Suyuqlantirish jarayonida fazalarning bir-biriga ta‘sir etishi natijasida cho‗yanning kimyoviy tarkibi shakllanadi. Kimyoviy tarkibning shakllanishiga fazalar o‗zaro ta‘sirining quyidagi turlari ta‘sir ko‗rsatadi: qattiq metallning gaz fazasi bilan oksidlanishi (I Ox bilan belgilaymiz); suyuq metallning gaz fazasi bilan oksidlanishi (II Ox); metallning shlak bilan oksidlanishi (III Ox); elementlarni koks yoki karbyurizator uglerodi vositasida qaytarish (I Red); uglerodni eritish (I R), cho‗yanning bitta elementini boshqasi bilan qaytarish (II Red). Massa uzatish koeffitsiyenti tegishlicha va va hokazolar bilan xarakterlanishi mumkin. Natijada, har qaysi zona yoki davr uchun qotishma kimyoviy tarkibining o‗zgarishini xarakterlovchi massa uzatish koeffitsiyentini topish mumkin. Uning qiymatiga suyuqlantirishdagi termodinamik sharoitlar (atmosfera, shlak tarkibi va suyuqlantirishning konkret usulini amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarning sodir bo‗lish mexanizmi) ta‘sir etadi. Birinchi zonada (birinchi davrda, 1.5- b rasmga q.) qattiq shixta materiallari gaz fazasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda atmosfera temirga ta‘sir etib, uni oksidlaydi: Fe + CO 2 = FeO + CO. (1.12) 29 Shixta metall bo‗lakchalarining sirtida cho‗yanning boshqa elementlari ham oksidlanishi mumkin. Bundan tashqari, metall gazdagi oltingugurt bilan to‗yinishi mumkin: 3Fe + SO 2 = FeS + 2FeO. (1.13) Bu zonada ohaktosh quyidagi reaksiya bo‗yicha parchalanadi: CaSO 3 = CaO + CO 2 . (1.14) Bunda yoqilg‗i namligini va uchuvchan moddalarini yo‗qotadi. Ikkinchi zonada (suyuqlanish zonasi) shixtaning metall komponentlari suyuqlanadi va oksidlanish, oltingugurtga to‗yinish hamda uglerodsizlanish jarayonlari birinchi zonaga qaraganda ancha jadal sodir boiadi. Bunda temir (II) oksidi FeO elementlarining ikkilamchi oksidlanish reaksiyasi sodir bo‗ladi, Temir (II) oksidi erigan metall bilan birgalikda oqib quyidagi tipdagi reaksiyalar bo‗yicha Si, Mn va C bilan reaksiyaga kirishadi: Me + FeO = Fe + MeO. (1.15) Uchinchi zonada (o‗ta qizdirish zonasi) suyuq metall koks bolakchalari bo‗ylab tomchilar va oqimlar ko‗rinishida oqib tushadi hamda o‗ta qiziydi. Natijada, uglerodlanish, shuningdek C va S larning erib, koksdan ajralish hamda elementlarning quyidagi tipdagi reaksiya bo‗yicha qaytarilish jarayonlari boshlanadi: < C > + (MeO) = [Me] + {CO}. (1.15 a) Bu zonada shlak hosil bo‗la boshlaydi. Ozod kislorod tufayli furmalar zonasida tipdagi reaksiya bo‗yicha elementlar jadal oksidlanishi mumkin. Birinchi navbatda temir 30 oksidlanadi. Bunda temir (II) oksidi Mn, Si, C larni oksidlaydi (1.15 reaksiya). Metall tomchilari koks bilan kontaktlashganda (1,15 a) tipdagi reaksiyalar bo‗yicha elementlar intensiv uglerodlanadi va qaytariladi. Keyin shlak hosil bo‗lishi tugaydi. To‗rtinchi zonada (to‗plash zonasi) metall va shlak biroz soviydi. Metall gornda to‗planadi va koks bilan kontaktlashib koksdagi uglerod hamda oltingugurtni eritadi. Vagrankalardan (ularda metall gornda to‗planadi) olingan cho‗yan tarkibida C va S miqdori ko‗proq bo‗ladi. Barcha fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida Si va Mn ularning shixtadagi dastlabki miqdoriga qaraganda tegishlicha 15—25% va 25— 30% kamayadi. Natijada uglerod va oltingugurt miqdori ortadi. Temir miqdori ham biroz kamayadi. Uning oksidlari, Si va Mn oksidlari, yoqilg‗i kuli hamda futerovkaning erigan sirti vagranka shlakini tashkil etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling