O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Xossalarning moddalarning tuzilishiga bog‘liqligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Xossalarning moddalarning tuzilishiga bog‘liqligi
Element Kristalik modifikatsiya 20 °C dagi zichligi, g/sm 3 Atom hajmi, sm 3 /mol Uglerod Olmos 3,51 3,42 Grafit 2,26 5,31 Qalay Oq 7,31 16,2 Kulrang 5,75 20,6 Moddalarning tuzilishi moddani tashkil etadigan zarrachalar (atomlar, ionlar) orasidagi kimyoviy bog‗lanish turiga bog‗liq bo‗ladi. Bog‗lanishning ikkita asosiy turini kо‗rib chiqamiz: ion va kovalent boglanish. Ion bog‗lanishning hosil bo‗lishi «ionizatsiyalanish potensiali», «elektronga yaqinlik» va «elektr manfiylik» kabi tushunchalar bilan xarakterlanadi. Atomni ionizatsiyalash birinchi potensiali deb, eng bo‗sh bog‗langan elektronni shu atomdan to‗la chetlatishga sarflanadigan energiyaga aytiladi. Kо‗rib o‗tilayotgan jarayon ionizatsiyalanish reaksiyasidan iborat: Me - e = Me + . Ko‗pchilik kimyoviy aylanishlarda ionizatsiya muhim rol o‗ynaydi va metall elementlarning kationlar hosil qilish qobiliyatini aniqlaydi. Me + ionni ionizatsiyalash davom ettirilsa, navbatdagi elektronlarni chetlatish mumkin. Ionizatsiyalashning birinchi potensiali ta‘rifiga o‗xshash, mazkur atomning navbatdagi elektronlarining ketma-ket chetlatilishiga mos keladigan ikkinchi, uchinchi va keyingi potensiallar ta‘riflarini oson kiritish mumkin. Ionizatsiyalash potensiallari, odatda, electron voltlarda (1 eV = 1,6 ∙ 10 -19 J) ifodalanadi [15]. 56 Elektronga yaqinlik — bu elektron neytral atomga birikkanida ajraladigan yoki yutiladigan energiyadir: X + e = X - . Ion bog‗lanish bitta yoki bir nechta elektronlarni bitta atomdan boshqasiga o‗tkazilganda vujudga keladi, buning natijasida atomlar ionlarga aylanadi. Bunday jarayon elektronini beradigan atom past ionizatsiyalash potensialiga ega bo‗lguncha va elektronni biriktirib oladigan atom esa bu elektronga ancha yaqin bo‗lguncha energetik jihatdan qulay bo‗ladi. Atomlarning bu xarakteristikasining o‗zgarishi elementlarning tabiatiga bog‗liq va Davriy qonunga muvofiq bo‗lgan- ligidan, elementlarning reaksiyalarga qobilligini elektronlarni ko‗chirish va ularning Davriy sistemadagi o‗rni bilan bog‗lash mumkin. Ionizatsiyalash potensialining eng past qiymatlari 1 A guruh elementlariga, elektronga yaqinlikning eng yuqori qiymati V I I A guruh elementlariga xos. Agar elementlarning faqat shu ikkita xossasi hisobga olinsa, unda elektronlarning ko‗chirilishi bilan bog‗liq bo‗lgan reaksiyaning o‗tishi uchun eng qulay sharoit ko‗rsatilgan ikkita guruh elementlarini o‗zaro birlashtirganda yaratiladi. Elementning elektrmanfiyligi deb, uning atomlarining elektronlarni o‗ziga tortish nisbiy qobiliyatiga aytiladi. Bu qobiliyatni baholash uchun shartli shkala belgilanadi. Elektrmanfiylikning chetki qiymatlari seziy uchun 0,7 ga va ftor uchun 4,0 ga teng (2.3-jadval). 2.3-j adval Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling