O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Osiyo turizmi. Osiyo yer sharining eng katta qit’asi bo‘lib, uning maydoni
atrofidagi orollar bilan birga 43,5 mln. kv. km. ga yaqin. Aholisi 3,8 mlrd. kishi atrofida Osiyo va Yevropa qit’alari orasidagi quruqlik chegaralari shartlidir. Osiyo tabiati nihoyatda xilma-xilligi bilangina emas, balki keskin tafovutlari bilan ham ajralib turadi. Yer sharidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi – Jomolungma (8848 m) va quruqlikdagi eng chuqur botiq O‘lik dengizi (-395 m) shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi (Oymakonda) va Mesopotamiyaning jazirama issiq o‘lkalari shu yerdadir. Qit’aning shimolida Arktika sovuq sahrolari joylashgan bo‘lsa, janubida- nam ekvatorial o‘rmonlar joylashgan. Osiyoda yer yuzasining 3/4 qismi yassi tog‘liklardan, tog‘liklardan va tog‘ tizmalaridan iborat bo‘lib, tez-tez zilzilalar takrorlanib turadi. Xalqaro turizm bozorida Osiyo – Tinch okeani turizmi juda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan mintaqalardan hisoblanadi. Birgina 2005 yilda keluvchi turistlar soni mintaqa bo‘yicha 154,3 mln. kishiga yetdi va uning salmog‘i 19,2 % ga ko‘paydi. Mintaqada so‘ngi 15 yil ichida (1990-2005 yillar) keluvchi turistlar soni 2,6 barobarga oshdi. 2005-2006 yillarda mintaqaga keluvchi turistlarning o‘sish darajasi 7,6 % ni tashkil qildi. Ayniqsa, yuqori darajadagi o‘sish Shimoliy-sharqiy Osiyo (10,3 %), Janubiy Osiyo (10,1 %) va Janubiy-sharqiy Osiyo (9,0 %) mintaqalarida kuzatildi. Shuni ta’kidlash joizki, Osiyo va Tinch okeani mintaqasining ayrim hududlarida keyingi yillarda parranda gripining tarqalishi (2003 y.) turistlar oqimining qisqarishga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi o‘zining takrorlanmas rekratsiya resurslari va tabiat manzaralari bilangina emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi. Mintaqada turizmga sarflanadigan harajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan anchagina kamligi bilan haraterlanadi. Xalqaro turistlar soni mintaqada 1970 yilga nisbatan 17 barobarga, turizm sohasidan keladigan daromadlar esa 75 barobarga ko‘payganligi bilan ifodalanadi. Yani ushbu mintaqa uchun harakterli bo‘lgan alomat Yevropa singari ichki turizmning ustunligidir. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling