O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
Jadval 6 
Amerika mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi 
(2005 yil) 
Asosiy turistik 
yo‘nalishlar 
Keluvchi 
turistlar soni 
(mln.kishi) 
 
 
Hissasi (%) 
Keluvchi 
turistlardan 
olingan 
daromad (mln. 
dollar) 
 
 
Hissasi (%) 
Amerika mintaqasi 
133545 
100,0 
144551 
100,0 
Argentina 
3805 
2,9 
2753 
1,9 
Aruba 
733 
0,5 
1096 
0,8 
Bagam 
1608 
1,2 
2069 
1,4 
Braziliya 
5358 
4,0 
3861 
2,7 
Kanada 
18612 
13,9 
13584 
9,4 
Chili 
2027 
1,5 
1256 
0,9 
Kolumbiya 
933 
0,7 
1218 
0,8 
Kosta Rika 
1679 
1,2 
1570 
1,1 
Kuba 
2261 
1,7 
1920 
1,3 
Dominikan 
Respublikasi 
3691 
2,8 
3508 
2,4 
Ekvador 
861 
0,6 
486 
0,3 
Salvador 
1154 
0,9 
543 
0,4 
Gvatemala 
1316 
1,0 
860 
0,5 
Gonduras 
740 
0,6 
472 
0,3 
Yamayka 
1479 
1,1 
1545 
1,1 
Meksika 
21618 
16,4 
11803 
8,2 
Nikaragua 
712 
0,5 
207 
0,1 
Panama 
702 
0,5 
780 
0,5 
Peru 
1486 
1,1 
1308 
0,9 
Puerto-Riko 
3686 
2,8 
3239 
2,2 
AQSH 
49402 
37,0 
81680 
56,5 
Urugvay 
1808 
1,4 
594 
0,4 
Venesuela 
706 
0,5 
641 
0,4 
 
Manba: 
Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
 
Janubiy Amerika quruqligida dunyodagi eng baland Anxel (Venesuela) 
sharsharasi, ser suv Amazonka (Braziliya) daryosi, qo‘l tekkizilmagan keng 
maydondagi namlik o‘rmonzorlar, eng yuqori (And tog‘lari) cho‘qqisi joylashgan. 
Bizgacha yetib kelgan qadimgi ink qabilalari sivilizatsiyasining diqqatga 
sazovor diniy shaharlari Mantu-Pikchu va Kusko, Naska plotasi, kolonizatsiya qilish 


48 
davri shaharlari. Bu materikning eng yirik va ulkan turistik imkoniyatlaridir. Hozirgi 
kunda ulardan juda kam foydalanilmoqda. Moboda materikning mavjud turistik 
resurslari to‘liq ishga solinsa, Janubiy Amerikaning xalqaro turistlar tashrifida uning 
salmog‘i so‘zsiz ravishda ortadi.
Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi 
mintaqa ichki turizmiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, intensiv turistik oqim Shimoliy 
Amerikada: AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari o‘rtasida kuzatilinadi. 
Qaysikim, eng ko‘p turistik oqim BTT ma’lumtlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga 
kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu 
yerda o‘rtacha yillik keluvchi va ketuvchi turistlar soni 46-47 mln. kishini tashkil 
qiladi. AQShga tashrif buyuruvchi turistlarni ko‘proq mamlakatning yovvoyi tabiat 
resurslari, takrorlanmas go‘zal landshaft manzaralari, harakatdagi geyzer buloqlar 
vodiysi, «Tirik geologik» milliy bog‘lari (Yellouston), gigant stalagmitli g‘orlari 
(Karlsbad), katta ponaramali (Grand-Kanon) tog‘ daralari, Mayin qumli (Kaliforniya) 
plyajlari maftun etadi. Horijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarni AQShning nafaqat 
tabiiy boy resurlari balki, uning osmon o‘par ma’muriy, savdo-sotiq binolari 
(Manxetten), banklar markazi (Uoll-strit), mashhur ko‘priklari (Bruklin), oliygohlar 
(Kolumbiya universiteti), prezident qarorgohi (Oq uy), opera teatri (Metropoliten), 
Kinostudiyalari (Gollivud), ko‘ngil ochar, dam olish parklari (Disneylend) kabilar 
o‘ziga chorlaydi. Har yili AQSH da 1 mlrd. dan ortiq turistik kelishlar va ketishlar 
(ichki va tashqi) ruyxatga olinadi. Mamlakatda ichki turizm salmog‘i katta bo‘lib, 
uning asosiy marshrutlari dam olish sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar, tabiat 
ob’ektlari, tarixiy va madaniy markazlarga, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarga 
tashrif buyurishdan iboratdir. Amerikalik sayyohlar horijiy safar qilishda ko‘proq 
qo‘shni Meksika va Kanada mamlakatlariga sayr qilishni xush ko‘rishadi. Dunyoning 
uzoq mamlakatlaridan Yevropaning Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, 
Ispaniya kabi davlatlari sayohatga borishni tanlashadi. Keyingi paytlarda amerikalik 
sayyohlarning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Yaponiya, Syangan, sobiq 
Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur kabilar) ga borish istagi ortib bormoqda. Afrika, 
Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Shri Lanka)ning turistik 
mintaqalari amerikalik sayyohlar tomonidan juda kam o‘zlashtirilgan.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, Osiyo-
Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik 
aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling