O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Afrika turizmi. Afrika qit’asi umumiy maydoni orollari bilan birgalikda 30,3 
mln. kv.kmga teng. Aholisining umumiy soni 900 mln. kishiga yaqin. Mintaqa 
siyosiy haritasida hammasi bo‘lib 56 ta endi rivojlanayotgan davlatlar bor.
Afrika xalqaro turizm sohasi bo‘yicha unchalik yuqori o‘rinni egallamaydi. 
Uning xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha boru-yo‘g‘i 4,6 % ni egallaydi. Agar 1990 
yilda butun Afrika mamlakatlariga keluvchi turistlar soni 15,2 mln. kishi bo‘lgan 
bo‘lsa, 2005 yilga kelib ularning umumiy soni 36,7 mln. kishiga yetdi yoki tashrif 
buyuruvchi turistlar soni 2,4 barobarga ko‘paydi. 
Afrika mintaqasi tashrif buyuruvchi turistlarning o‘sish darajasi bo‘yicha eng 
oldingi o‘ringa chiqib oldi. 2005 yil ma’lumotiga ko‘ra ularning o‘sish darajasi 9 % 
atrofida kuzatildi. Eng ko‘p tashrif buyuruvchi turistlar Jazoirga (17%), Marokko (7 


49 
%) va Tunisga (6 %) to‘g‘ri keladi. Afrikaning janubiy qismidagi mamlakatlarda
jumladan Kongo Demokratik Respublikasi (+103 %), Svazilend (+83 %), Gambiya 
(+23 %), Senegaya (+15 %) kabilar yuqori natijalarga erishdilar. Afrikadagi xalqaro 
turizmning eng muhim rivojlangan markazlaridagi Janubiy Afrika Respublikasi 
(+6%) ham o‘z natijalarini yaxshiladilar. Keniyada ham xalqaro turizm borgan sari 
rivojlanib bormoqda va keyingi paytlarda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi.
Afrika turizmining tahlili shuni ko‘rsatadiki, mintaqaga tashrif buyuruvchi 
turistlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) egallaydi. 
Afrikada turizmga bo‘lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Turistik servisni 
takomillashtirish va uning xilma-xilligini oshirshga e’tibor kuchayib bormoqda. 
Xorijiy mamlakatlardan kelayotgan sarmoyalarning bir qismi turizm industriyasini 
rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 
2005 yilda mamlakatga keluvchi turistlar soni 7,5 mln. kishidan ortiq bo‘lgan. 
Keyingi o‘rinlarni Tunis (6,4 mln.), Marokko (5,8 mln.), Zimbabe (1,6 mln.), Jazoir 
(1,4 mln.) kabi mamlakatlar egallaydi. Xalqaro turizmdan keladigan tushum 
(daromad) bo‘yicha ham birinchi o‘rinni JAR (7,3 mlrd. doll.) egallaydi. Keyingi 
o‘rinlarni Marokko (4,6 mlrd. doll), Tunis (2,1 mlrd. doll), Mavrikiy (871 mln. doll), 
Tanzaniya (796 mln. doll), Keniya (579 mln. doll), Botsvana (562 mln. doll) kabi 
davlatlar egallaydi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling