O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Turistik oqimlar statistikasi
52 IV Bob. XALQARO TURIZM STATISTIKASI 4.1. Turistlar oqimi statistikasi 4.2. Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi 4.3. Turizmda statistik hisoblar usullari 4.4. Xalqaro turizm statistikasini takomillashtirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar. 4.1. Turistik oqimlar statistikasi Turistik oqimlarni hisobga olish statistikasiga XX asrning birinchi yarimida asos solingan. 1929 yilda Avstriyaga 2 mln. ga yaqin, Shvesariga -1,5 mln., Italiyaga – 1 mln. dan ziyod kishi tashrif buyurgan. Bir qator Yevropa mamlakatlarida erkin turistik harakatning sayohat statistikasi yuritila boshlaydi. Biroq, ular hali mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, soliq to‘lash qonunchiligi va migratsiya ustidan nazorat qilish orqali amalga oshirilgan. Turistik maqsadlar orqali rejaga kiritilgan turistlar boshqa sayohatchilar qatorida alohida toifa sifatida ajratilmagan. Xalqaro turizm statistikasi taraqqiyoti yangi bosqichiga XX asrning 40 - yillari oxiri, 50- yillar boshida qadam quyildi. Urushdan keyin Yevropa mamlkatlari juda ko‘p xo‘jalik muammolariga duch keldilar: vayronagarchilik, boshqaruvning izdan chiqqanligi, moliya va tovar ishlab chiqarish tizimining buzilishi shular jumlasidandir. Vaziyatni barqarorlashtirish butun bir koordinatsiyalashgan kompleks harakatlarni talab qilardi. Ana shunday sharoitda hukumatlar katta umid bilan xalqaro turizmga e’tibor qildilar. Bunda to‘lov balansini faolllashtirish, moliyaviy muvozanatga erishish, bu bilan uzoq muddatli iqtisodiy yuksalishga o‘tishni ko‘zda tutilgandi. 1960-yillarga kelib g‘arb industrial mamlakatlari xukumatlari va xalqaro tashkilotlar diqqati rivojlanayotgan mamlakatlar ahvoliga qaratiladi. BMT Bosh Assamblyasi mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish (1960 y.) to‘g‘risida Dekloratsiya qabul qildi. Joriy o‘n yillik «Rivojlanish («o‘n yilligi») dekadasi» deb e’lon qilindi. Uchinchi Dune mamlakatlari uchun konsultantlar iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish dasturini ishlab chiqdilar. Ushbu dasturda esa turizmga muhim o‘rin berildi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati va hajmi o‘sishi bilan turizm statistikasi ham rivojlanib bordi. Asta-sekin oddiy hisob-kitob operatsiyalari murakkablashib, unga turistik migratsiya tahlillari ham qo‘shildi. Hozirgi paytda turizm statistikasi katta doiradagi savollarni qamrab olgan holda, mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini baholash maqsadida yuritilmoqda. Xususan, uning to‘lov balansiga ta’siri, turizmni moddiy – texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar va tendensiyalarni aniqlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish va turistik mahsulotlarni potensial iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Sanab o‘tilgan statistik kuzatuvlarning har biri zamirida axborotlardan aniq foydalanuvchilar mavjud. Bular – hukumat, milliy turistik ma’muriyatlar va turistik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda turli xil xizmatlardir. Ish jarayonida mijoz 53 ularning hammasi turizm haqida eng yangi axborotlarga ehtiyoj sezishadi. Uning mazmuni, hajmi, shakllari va taqdim etilishi davriyligi bilan qiziqishadilar. Xalqaro turizm statistikasi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, turistik oqimlar statistikasi va turistik daromadlar hamda harajatlar statistikasidan iborat. Ularning har biri uchun BTT asosiy ko‘rsatkichlar ruyxatini ishlab chiqqan. Bular ixcham axborotli va nisbatan oson o‘lchanadi. Turistik oqim ko‘rsatkichlarining eng muhimi kelish (ketish) va mazkur mamlakatda bo‘lishning davomiyligidir. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling