O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
4.2. Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi 
Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi turizmni baholash qiymati 
mazmuniga ega bo‘lib, uni milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganishda, jumladan 
mamlakatning to‘lov balansi, shuningdek turizm industriyasi o‘zining sektorlariga 
harakteristika berishda zarurdir. 


56 
Turistik harajatlar – tashrif buyuruvchi yoki uning nomidan boshqa 
shaxsni tayyorlash va safar chog‘ida, shuningdek belgilangan joyda bo‘lish 
chog‘idagi iste’mol qilingan harajatlarning umumiy summasidir. 
Turistik harajatlar konsepsiyasi asosiga bir qator tamoillar qo‘yilgan. BTT 
tavsiyasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar, turistlar va ekskursiyalarning iqtisodiy 
ahamiyatli harajatlarigina hisobga olinadi. Tashrif buyuruvchilar harajatlari ularning 
ehtiyojlarini qondirish uchun olgan xizmatlar va tovarlar qiymati bilan aniqlanadi. 
Ularga xilma-xil tashish bo‘yicha xizmatlar, joylashtirish va uzoq foydalanishgacha 
uncha katta bo‘lmagan narsalar, joriy turistik iste’mol tovarlari va suvenirlar kiradi. 
Biroq bu holda ulardan bahramand bo‘luvchilar boshqa shaxslar- sayohatchilar 
bo‘lmasalar ham qilingan harajatlar turistik harajatlarga kiritiladi. 
Turistik harajatlar hajmini tovar va xizmatlarga amaldagi narxlarni pasaytirish 
chegirib tashlash, choy puli va boshqalarni hisobga olgan holda to‘lov shaklidan 
qat’iy nazar-naqd pulmi, yo‘l cheklarimi, kredit kartochkalari va boshqa usullar bilan 
birga belgilash tavsiya qilinadi. 
Turistik harajatlar tarkibi. Turizm statistikasi bosh muommolaridan biri 
turistik harajatlar tarkibini tartibga solish bo‘lib hisoblanadi. Bu tashrif buyuruvchi 
qilgan xrajatlar vaqti (tayyorlanishda, safar chog‘ida yoki oxirida), shuningdek turizm 
tipi bilan shartlangan. Tegishli ravishda ichki turistik harajatlar ajralib turadi. Bu 
rezidentlarni o‘z mamlakati va xalqaro miqyos bo‘ylab qiladigan sayohatlari bilan 
bog‘liq. Uning ahamiyatini tushunish uchun tashrif buyuruvchini o‘z joyidan ko‘zda 
tutilgan mamlakatga yo‘naltirilgan harakati iqtisodiy tabiatni bilish muhimdir. 
Chiqish turistik oqim xalqaro turistik harajatlar kategoriyasiga mansub, kirish 
harajatlar esa xalqaro turizmda tushadiganga. 
BTT materiallarida xalqaro turistik harajatlar doimiy-yashovchilarning u yoki 
bu mamlakatga xorijga sayohati vaqtida qilgan harajatlariga qarab aniqlanadi. 
Boshqlar qatorida unga xalqaro tashish bo‘yicha chet el kompaniyalari xizmatlari
shuningdek chetdan sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun oldindan haq to‘lash 
qo‘shiladi. Joriy hisob-kitoblarda juft sifatda xalqaro turizmdan tushgan 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. U xorijlik tashrif buyuruvchining boradigan 
mamlakatdagi barcha harajatlari summasi sifatida hisoblanadi. Har ikala ko‘rsatkich 
ham yagona usulda qo‘rilgan bo‘lib, faqat pul vositalarining chegaralari osha harakati 
bilan bog‘liq sarflarnigina aks ettiradi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling