O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turizmda statistik hisob usullari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

4.3. Turizmda statistik hisob usullari 
Xalqaro turizm statistikasi axborotlarni yig‘ishning turli shakllaridan 
foydalanadi. Statistik kuzatuvlarni hisobotlar orqali yoki bevosita maxsus 
tekshiruvlar o‘tkazish bilan olib boriladi. 
Hisobotlar orqali statistik kuzatuvlar. Bu holatda statistik ma’lumotlar 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqalardan belgilangan shakl va 
muddatlarda olinadi. Ular buxgalterlik hisobi va operativ ma’lumotlar asosida 
hisobotlar tayyorlab, bularni statistika organlariga topshiradilar. Xuddi shu hisobotlar 
turizm to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. 
Statistikada turistik oqimlar kelishi miqdori va bo‘lish davomiyligi haqida 
axborotlarni immigratsiya xizmati yoki joylashtirish vositalaridan ham olish mumkin. 
Hozirgi vaqtda jahondagi 60 mamlakatda turistlar chegarada va 40 davlatda 
joylashtirish vositalarida qayd etiladilar.
Chegarada hisob mamlakatga kirish va undan chiqib ketishda immigratsiya 
nazorati vositalari orqali yuritiladi. Bu nazorat o‘tkazish punktlari, aeroportlar, 
temiryo‘l vokzallari, dengiz portlari, chegara postlari va h.k. larda amalga oshiraladi. 
Sayohatchi shaxs haqida asosiy axborot manbai bo‘lib maxsus qayd qilish shakli – 
kirish (chiqib ketish) kartochkasi, shuningdek chet elga chiqish pasporti va vizalar 
hisoblanadi. Ularda turistning jinsi, yoshi, uning doimiy yashash joyi (fuqaroligi) va 
borayotgan mamlakati, maqsadi, safar muddati va boshqa ma’lumotlarni o‘zida aks 
ettiradi. Bu ma’lumotlarni yig‘ishni tashrif buyuruvchining chiqishida amalga 
oshiriladi. Turist qaytishida o‘zining chiqishiga qaragandagidan aniqroq axborot 
berishi mumkin. Sayohat yo‘nalishi va muddatlarga ko‘pincha har xil vaziyatlar (ob-
havoning o‘zgarishi, sog‘ligining yomonlashuvi, yangi diqqatga sazovar joylar 
haqida qo‘shimcha axborot olishi va boshqalar) ga qarab safar chog‘ida aniqlik 
kiritiladi. 
Chegarada hisobga olish usuli juda ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. 
Ulardan ayrimlari chegara statistikasi yuritish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni 
mustahkam yo‘lga qo‘yishgan. Misol uchun, Kanada davlati AQSH safaridan 
qaytgan o‘z fuqarolari to‘g‘risida ma’ulumot yig‘adi va bu axborotlarni Qo‘shma 
Shtatlar Milliy turistik ma’muriyatiga taqdim etadi. AQSH va Kanadadan tashqari, 
kirish chegara statistikasi shakli Buyukbritaniya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, 
Portugaliya, Avstraliya, Singapur, Turkiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari 
(Polsha, Vengriya, Belgiya) va boshqalarda ham yuritilmoqda. 


63 
Mamlakatlar bo‘ylab kirish (chiqish) kartochkalarining shakllari farq qilishni 
hisobga olib, BTT namunaviy kartochkalar ishlab chiqdi va barcha a’zolariga undan 
foydalanishni tavsiya etdi (shakl 1). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling