O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Xalqaro turizm statiistikasini takomillashtirishga
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
4.4. Xalqaro turizm statiistikasini takomillashtirishga
qaratilgan asosiy yo‘nalishlar Turizm statistikasida uchta bosh muammo mavjud bo‘lib, ulardan biri ma’lumotlarsiz taqqoslashdir. U turizm rivojlantirish qonuniyatlari, tendensiyalarini aniqlash maqsadida axborotlarni taxminan solishtirib ko‘rishni bildiradi. Bu sohadagi o‘zgarishlar, kengliklar va davr, bitta nomdagi ko‘rsatkichlar, kattaliklar baholanishi, ularni turli mamlakatlarga taaluqli tomonlari va boshqalar shular jumlasidandir. Statistik ma’lumotlar ko‘p xollarda ularning predmeti mazmuni farqiga, hisob kitob metodikasi yoki o‘lchov birligiga ko‘ra taqqoslab bo‘lmaydigan holatda bo‘ladi. Ammo ko‘p holatlarda beqiyos ma’lumotlarni solishtirib ko‘rish xolatiga keltirish mumkin. Yaqin vaqtlargacha turistik atamalar va sayohatchi shaxslar klassifikatsiyasida chalkashliklar ko‘p edi. Masalan, asosiy «turist» degan tushuncha bir xil atalmasdi. Tafovut doimiy yashash joyi emas manzilda bo‘lish uzoqligiga (1 dan 5 va undan ko‘proq tunash) va sayohatchi shaxslar yoshi (14 dan va undan katta), shuningdek safar maqsadiga taaluqlikda edi. Ayrim turlicha talqinlar hozirgi kungacha ham saqlanib kelmoqda. 40 % ga yaqin mamlakatlarda ekskursiyachilar tashrif buyuruvchilar hisoblanmaydi, 10 % mamlakatlarda esa ulardan ish yuzasidan keluvchilarni chiqarib tashlashadi. Bir xil holatlarda kelish tashrif buyuruvchining doimiy yashaydigan mamlakatida qayd etiladi, boshqasida esa fuqaroligiga qarab qayd etiladi. Bularning hammasi xalqaro taqqoslashni qiyinlashtiradi. Turizm statistikasining boshqa muammosi – statistik axborotning to‘liqligi va ishonchligi. Boshqacha aytganda xalqaro turizm haqida zarur axborotlarni qay tarzda olish va yig‘ilgan bir qancha ma’lumotlardan qanday qilib bo‘shliqlarni to‘ldirish muammosi. 1998 yil BTT «Turizm bo‘yicha iqtisodiy hisobot» ni e’lon qildi. Unda u o‘zining turizm statistikasi sohasidagi ko‘p yillik tajribasini umumlashtirdi. Uning bo‘limlaridan biri statistik axborotlar va ma’lumotlarni yig‘ish muammosiga bag‘ishlangan. BTT xalqaro turizm haqida umumlashgan axborotlarni olish uchun yetishmayotgan birlamchi ma’lumotlarni hisoblash usulini taqdim etdi. Hozirgi paytda birorta davlat turizmni kuzatish bo‘yicha to‘la hajmda tizimli ish olib borayotgani yo‘q. BTT hisobotiga muvofiq jahonning 18 mamlakati (hududi) da sayyoramizning 0,5 % aholisi yashayotganiga qaramasdan xalqaro turizm haqida hech qanday axborot taqdim etilmagan. Ularning ko‘pchiligi iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan bo‘lib, jahon turizm bozorida ulushlari juda kam. 202 mamlakat (hudud) yillik statistik ma’lumotnomalarga kiritilgan. Ular xalqaro turistik almashish 78 to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashadi, ko‘rsatkichlari ruyxati juda cheklangan. Hatto statistika ishlari yaxshi yo‘lga quyilgan Fransiyada ham, hisob juda ko‘p bo‘shliqlar bilan amalga oshiriladi. Turistik oqimlar statistikasida ekskursion va ish yuzasidan qisqa muddatli safarlar to‘g‘risida ma’lumotlar fragment harakteri beriladi. Turistik harajatlar statistikasi ham to‘liq holda emas. Statistik kuzatuvlar materiallari tahlili shuni ko‘rsatadiki, kirish turizmi hisobi, chiqishga nisbatan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 202 mamlakatdan (hududda) atiga uchtasida xalqaro turistik kelishlar haqida ma’lumotlar yo‘q, xolos. 12 tasida esa xalqaro turizmdan daromadlar yo‘q. Jo‘nab ketish turizmi hisobotning statistik shaklida juda yomon aks ettirilgan. Mamlakat (hudud) larning yarimida aholining chegara ortiga safari soni va xalqaro turizmga harajatlar kattaligi to‘g‘risida axborotlar yo‘q. Xalqaro transportda tashishlardan va ularga harajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar hamma joyda ham yig‘ilayotgani yo‘q. 202 mamlakat (hudud) dan faqat 80 tasi BTT tomonidan so‘ralgan xalqaro turizmning rivojlanishi haqida ma’lumotlarni bera oladi, xolos. BTT yetishmaydigan axborotlarni bosqichlar bo‘yicha baholash usulini qo‘llab, hisoblash yo‘li bilan oladi. Dastlab hamma mamlakatlar bir xildagi guruhlarga tenglashtirilib bo‘linadi. Ular jahonning subregionlari bo‘yicha, ularning ichida esa turmush darajasiga (aholi jon boshiga tushadigan turizm) qarab birlashtiriladi. Har bir guruh uchun bir marta kelishdan tushadigan o‘rtacha daromad va chegaradan tashqariga bir safarning o‘rtacha harajatlari hisoblab chiqiladi. Ular yordamida BTT ekspertlari murakkab bo‘lmagan matematik operatsiyalar yordamida turistik oqimlar va turistik daromadlar va harajatlar statistik bosh ko‘rsatkichlari ahamiyatini aniqlashadi. Xalqaro turizmdagi tushumlar ma’lumotlarga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun ularning hajmi xalqaro turistik kelishlarning bir martasidan tegishli mamlakat guruhi o‘rtacha daromadi orqali bir marta kelish soni bilan taqqoslab aniqlanadi. Agar mamlakatga xalqaro turistik kelishlar sonini aniqlash talab etilsa, xalqaro turizmdan tushadigan tushum tegishli mamlakat guruhining bir marta kelishi daromadi o‘rtacha kattalikka bo‘linadi. Chiqish turizmi to‘g‘risida axborotlar ayrim mamlakatlardagina yo‘qligi nazarda tutilsa, turistik kelishlar va daromadlar to‘g‘risida olingan baholovchi ma’lumotlar hudud va butun jahon ko‘rsatkichlari uchun ularning yakuniy ahamiyatga jiddiy tuzatishlar kiritiladi. 1995 yil jahonda xalqaro turistik kelishlar soni aniqlashdan keyin 0,02 % ga ko‘paydi. Xalqaro turizmdagi tushumlar esa 1,5 mlrd. $ yoki 0,4 % oshdi. Bu raqamlar statistik hisobdorlik chiqish turizmi to‘g‘risida ishonchli axborotlar manbai bo‘lib hisoblanishini ko‘rsatadi. Jo‘nash – chiqish turizmi statistik ko‘rsatkichlarni safarga qilinadigan o‘rtacha harajatlarni hisoblashga asoslanadi. Mamlakatda xalqaro turizmga harajatlar umumiy hajmini chegaradan tashqariga turistik safarlarning soni mamlakat tegishli guruhi safari o‘rtacha xrajatlari sifatida tasavvur etish mumkin. Statistik hisobotlar firmalarida turistlarning jo‘nab ketish ko‘rsatkichlariga ham ahamiyat berilmaydi. Ko‘pincha tushib qoldiriladi. Ammo ko‘pchilik milliy turistik ma’muriyatlar jo‘nab ketish-chiqish turizmi, statistikasini umuman yuritmaydilar va bu haqda hech qanday ma’lumotlarga ega emas. Xalqaro turizmga harajatlar kattaligi bunday holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan safar o‘rtacha harajatlari tegishli mamlakatlar guruhlari 79 uchun aholisi sonini hisoblab chiqish orqali aniqlanadi. Keyin esa ma’lum formula bo‘yicha jo‘nab ketishlar soniga hisoblab chiqiladi. Bosqichma-bosqich usuli BTT ga har bir mamlakatda chiqish to‘g‘risida ma’lumot olishga yordam beradi. So‘ngra butunjahon masshtabida yakunini chiqarishga ko‘maklashadi. Aniqlangan ma’lumotlar bo‘yicha 1995 yil jo‘nab ketishlar soni 576 mln. safarga yetdi. Ko‘payish tomonga tuzatishlar 5,9 % ni tashkil etdi. Bu kirish turizmi bo‘yicha ancha yuqori, ammo avvalgidek uncha sezilarli bo‘lmagan holda qoldi. Statistik kuzatuvlar materiallarida ko‘proq jiddiy tuzatishlar xalqaro transportda tashish daromadlarini, shuningdek ularga harajatlarni aniqlashda kiritiladi. Bu tashish to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish yomon yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlanadi. 202 mamlakat (hudud) dan 79 tasida transport daromadlari to‘g‘risida, 68 tasida esa harajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Ular uchun maxsus hisoblash o‘tkazildi. Unga tegishli mamlakatlar guruhlarining umumiy turistik tashishda transport daromadlari va harajatlari ulushi baza bo‘lib xizmat qiladi. ) 1 ( Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling