O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
 
Nazorat savollari 
 
1. Alohida olingan mamlakatda yil davomida tashrif buyuruvchilar soni turistik 
kelishlar soniga mos keladimi? 
2. Nima uchun mamlakatlar tashrif buyuruvchilar turistik oqimlar kelishi hajmi 
bo‘yicha hisob yuritishadi? 
3. Mamlakatga barcha tashrif buyuruvchilarning bo‘lishi davomiyligi va xalqaro 
turizmdan valyuta turizmlari umumiy summasi qanday hisobga olinadi? 
4. Jahon mamlakatlari bo‘ylab xalqaro turistlar bo‘lishi davomiyligidagi katta 
farqni nima bilan izohlash mumkin? 
5. Nima deb uylaymiz, Shimoliy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida turistik 
harajatlar bir xilda olib boriladi? Ko‘hna dunyoning bir qismi boshqa qismiga 
qaraganda xalqaro turizmga ko‘proq sarflashi sabablarini ayting. 
6. Sizga statistik kuzatuvlarni tashkil etishning qanday shakllari ma’lum? 
7. Xalqaro turizm to‘g‘risida axborotlar to‘plashning asosiy usullari kamchiligi 
va yutuqlari nimadan iborat? 
8. Turistik oqimlar to‘g‘risida, ularning tarkibi va hajmi haqida birlamchi 
ma’lumotlar yig‘ish uchun mustaqil anketa tuzing. Uning to‘g‘ri tuzilganini 
tekshirib ko‘ring, siz taklif etgan savollarni anketaga kiritish maqsadga 
muvofiqligiga e’tiborni qarating. 
 


82 
V Bob. XALQARO TURIZM BOZORI 
5.1. Turistik talab mohiyati 
5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari 
5.3. Hozirgi zamon turistik talablar tendensiyasi 
5.4. Turistik mahsulot tushunchasi 
5.5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari 
5.6. Turistik takliflar mohiyati 
5.7. Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar
xususiyatlari
5.1. Turistik talab mohiyati 
 
Ehtiyoj va talab. Har qanday odam o‘z hayoti davomida qandaydir u yoki bu 
narsaga ehtiyoj sezadi. Bu birlamchi ehtiyoj o‘zining fiziologik tabiatiga ko‘ra, 
odatda tug‘ma hisoblanadi. Bu – ovqatga, suvga, nafas olishga, uyquga, jinsiy 
aloqaga ehtiyojdir. Ulardan farqli ravishda ikkilamchi ehtiyoj psixologik harakterga 
egadir. Agar atrofdagilar uning xizmatlarini, iste’dodini yoki jamoa a’zosi sifatida 
huquqini tan olmasa kishi kuyinadi. Birlamchi ehtiyoj genetik jihatdan qoida bor, 
ikkilamchisi esa tajriba orqali namoyon bo‘ladi. 
Odamlar hech qachon bir xilda tajribaga ega bo‘lishmaydi. Shu jihatdan 
ikkilamchi ehtiyoj ko‘p darajada birinchisiga nisbatan yaqqol farqlanadi. 
Ehtiyojni bevosita ko‘rib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Uning mavjudligini odamlar 
xulqi-atvoriga qarabgina bilish mumkin. Psixologlar odamlarni kuzata turishib
ehtiyoj harakat motivlari bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelganlar. Agar 
nimadir yetishmasligi kuchli sezilsa, odamda intiluvchanlik hissiyoti uyg‘onadi. Bu 
bo‘lajak xulqiy ehtiyoj maqsadga erishishiga butun diqqat-e’tiborni safarbar etadi. Bu 
holda maqsad hech narsa emas, zaruratni qondirish vositasi xolos deb tushuniladi. 
Qo‘yilgan maqsadga erishilganida esa ehtiyoj to‘liq yoki qisman qondirilgan, yo 
qondirilmagan bo‘ladi. 
Misol uchun charchoq hissiyoti kishida chipta (bilet) olib kurortga jo‘nab 
ketish harakatini uyg‘otadi. Biroq yomon ob-havo to‘laqonli dam olishga halaqit 
beradi. Ehtiyoj qondirilmay qoladi. Kuchaygan ichki zo‘riqish esa shaxsni uni 
so‘ndirish uchun yangi yo‘llar va usullar qidirishga majbur etadi. 
Maqsadga erishish chog‘ida olingan qoniqish darajasi shunday o‘xshash 
vaziyatlarda kishi xulqiga ta’sir etadi. Yanagi safar u xulq modeli bo‘yicha harakat 
qiladi, ijobiy natijalarga tayanadi, salbiy tajribalarni takrorlamaslikka intiladi. 
Shaxs xulqi faqat ehtiyoj bilangina aniqlanmaydi. U umidvorlik va qabul 
qilishga ham bog‘liq. 
Motiv va mukofatlanish psixologik motivatsiya nazariyasida asosiy 
tushunchalar mohiyatini tashkil qiladi. Bu sohada ilmiy qarashlar yarim asrdan 
ko‘proq oldin shakllana boshladi. Ammo «Odamlarni harakat qilishga nima majbur 
etadi?», «Ular o‘z kuch va imkoniyatlarini ko‘zlangan maqsad sari qanday 
yo‘naltirishadi va taqsimlashadi?» degan bosh savollarga hozirgacha yagona qat’iy 
javob olingani yo‘q. Psixologlar shaxs faoliyati motivlarini tushuntiruvchi qator 


83 
nazariyalar ishlab chiqishgan. Ulardan eng mashhurlari Zigmund Freyd va Abraham 
Maslou nazariyalaridir, ularda iste’molchi xulqi atvorini o‘rganishga mutlaqo turli 
tomonlardan yondoshilgan. Quyida nomlari keltirilgan mualliflar nazariyalaridan 
turistik bozorni tadqiq etishda foydalanish mumkin. 
Avstraliyalik psixiatr – vrach va psixolog, psixoanaliz asoschisi Z. Freyd (1856 
- 1939) odamlar ularning xulqi – atvorida shakllangan psixologik kuchlarning haqiqiy 
mohiyatini tushunmaydilar deb hisoblagan. Bu hissiyotlar tushlarda, turli-tuman gap-
so‘zlarda, shuningdek ruhiyat va asab buzilishlarida namoyon bo‘ladi. 
Z. Freyd izdoshlari iste’molchilarning bozorga bo‘lgan xulq-atvori motivlarida 
juda ko‘p yashirin dalillar va qiziqarli holatlarni to‘plashgan. Misol uchun, ba’zi 
odamlar olxo‘ri qoqisini sotib olishmaydi. Chunki u qora va burishgan bo‘lganligi 
sababli, ular keksalik va kasallikni eslatadi. Iste’molchilar motivatsiyasini tadqiq 
qilish bunday kutilmagan natijalarga olib kelishiga qaramay, ular mijozlar xulq-atvori 
xususiyatlarini o‘rganuvchi mutaxassislarga qo‘l kelishi mumkin. 
Amerikalik psixolog-faylasuf, Brendon universiteti psixologiya professori 
A.Maslou (1908-1968) ham nima uchun konkret ehtiyoj kishini ma’lum vaqtda 
harakat qilishga majbur etishini tushuntirishga urindi. Uning fikricha, inson ehtiyoji 
qandaydir iyerarxik tizimda (rasm 4). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling