O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Statistik kuzatuv xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Statistik kuzatuv xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat. 
Statistik kuzatuvlarning sinchiklab ishlab chiqilgan rejasi turizm haqida ishonchli 
ma’lumotlar olishning garovidir. Lekin u qanchalik ikir-chikirigacha puxta 
o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik intilishmasin har 
qanday statistik kuzatuvda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Xato va kamchiliklar 
turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Jamlangan kelishuv natijasida
umumlashtirishda, formulyarni notug‘ri to‘lg‘azilganda, so‘raluvchilar eslatgan 
dalillar yoddan chiqqanda va h.k. 
Statistikada hamma xatolar oldindan ko‘zda tutilgan va ko‘zda 
tutilmaganlarga bo‘linadi. Keyingisi o‘z navbatida tasodifiy xol yoki sistematik 
harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan ham, qayd etuvchining 
yozuvda adashishi, kelishuvi, bilimsizligi va boshqalar oqibatida ham ro‘y beradi. 
Bular kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bunday xatolar 
ko‘pincha bir xilda kamaytirib ko‘rsatishda ham, ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda 
ham uchraydi va keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi. 
Ko‘zda tutilmagan sistematik nuqsonlar, xatolar asosan so‘rovlarda 
umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar hisobiga paydo bo‘ladi (tashrif buyuruvchining 
yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd 
etishda oxiri 0 yoki 5 bilan tugaydigan umumlashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Misol 
uchun, yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu hodisa 
statistikada yoshlarning akkumulyatsiyasi deb nom olgan. Bu xatolar to‘plangan 
statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda. 
Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining ongli 
ravishda haqiqatni yashirishidan paydo bo‘ladi. Bu xatolar bir yo‘nalishda 
ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, pasaytirib ko‘rsatadi (masalan, 
turistik firmalar oboroti). Ko‘zda tutilgan xatolar statistik tadqiqotlar uchun juda 
xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi.
Statistik formulyarlardagi axborotlarning to‘g‘riligi mantiqiy va arifmetik 
yo‘llar bilan tekshirib ko‘riladi. Mantiqiy nazorat chog‘ida qo‘yilgan savollarga 
javoblarning mosligi yoki dasturning turli savollariga javoblar o‘rtasidagi moslik 
aniqlanadi. Masalan, «Safardan maqsad» grafasida «Amerikalik» deyilgan bo‘lsa, 
o‘z-o‘zidan tushunarliki javob savolga to‘g‘ri kelmaydi, xato esa, boshqa grafaga 
yozuv tufayli kelib chiqqan. 
Umumiy yig‘indi sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa 
ko‘rsatkichlar qismi (turistik harajatlar va ularni statiyalar bo‘yicha bo‘linishi, 
shuningdek sayohat kunlari bo‘yicha) mantiqiy nazorati hisoblashning to‘g‘riligini 
tekshirish orqali tahlil etiladi. 
Hammasini emas (tanlangan) tadqiqotlar paytida ularning xususiyatiga ko‘ra, 
yuqorida ko‘rib chiqilgan qayd qilingan xatolardan tashqari, reprezentativ (taqdim 
etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash chog‘ida paydo 
bo‘ladi.


77 
Aniqlangan barcha xatolar iloji boricha tuzatilishi kerak. Buning uchun 
ko‘pincha nazorat so‘rovlari o‘tkazishga telefon, pochta orqali so‘rovlar olishga 
to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat turadigan tekshirishlar chog‘ida 
xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur. 
To‘plangan axborotlar solishtirib ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga 
tayyorlanadi. 
Ular 
jadvallarga 
ko‘chiriladi. 
So‘ngra 
boshqa 
statistik 
ko‘rsatkichlarning asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling