Turizm sohasida marketing strategiyalarining ahamiyati Xalqaro turizm fakulteti tm-81 guruh talabasi Aminjonov Saidumar Annotatsiya


Download 16.18 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi16.18 Kb.
#1780086
Bog'liq
1-mustaqil ish. Maqola





Turizm sohasida marketing strategiyalarining
ahamiyati



Xalqaro turizm fakulteti
TM-81 guruh talabasi
Aminjonov Saidumar
Annotatsiya: Ushbu maqolada marketing va marketing strategiyalari haqida, turizm sohasida marketing strategiyalarining órni haqida malumotlar va takliflar keltirib ótilgan.
Kalit so'zlar: Marketing, strategiya, maqsad, marketing strategiyalari, video marketing.
Kirish: Marketing (inglizcha: market — „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat“) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarishdan boshlab, uni sotishgacha bólgan jarayon hisoblanadi.
Strategiya bu biron maqsadga erishishda tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan reja va qoidalar tóplami hisoblanadi.
Marketing strategiyasi bu mahsulot yoki xizmatni reklama qilish va sotish uchun mo'ljallangan harakatlar rejasi. Marketing strategiyasi bu odamlarni qamrab olish va ularni biznes taqdim etadigan mahsulot yoki xizmat mijozlariga aylantirish uchun biznesning umumiy o'yin rejasidir. Marketing strategiyasi har bir sohada kerakli qurol hisoblanadi. Har bir sohani rivojlantirishda marketing strategiyasi muhim ról óynaydi. Shu bilan birga turizm sohasida ham marketing strategiyasi kerakli hisoblanadi.
Turizm sohasida marketing strategiyasining maqsad va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• turizm bozorida turistik mahsulotga bólgan talabni órganish;
• turistik mahsulot narxini va hajmini órganish;
• turizm bozoridagi raqobat qay darajadaligini aniqlash.
Bu vazifalarni turfirmalar faoliyatida chuqurroq kórib chiqsak, turfirmalar taklif etayotgan turpaketlarni narxi, ular tarkibidagi xizmat turlari, chegirmalar, bonuslar va turizm bozorida raqobat qanday darajadaligi, ya'ni turfirmalar órtasidagi raqobat, bularning barchasi firma strategiyasi uchun muhim hisoblanadi. Shuning uchun marketing strategiyasi muhim ról kasb etadi. Turizm sohasida strategik marketingning óziga xos xususiyatlari quyidagicha aniqlanadi:
• turistik mahsulotning va uning tarkibiga kiruvchi xizmatlarning jihatlari bilan;
• turistik mahsulotni ishlab chiqarish va istemol qilish qurilmalari bilan;
• obyektning yarimtuzilmaviyligi bilan;
• ekzogen (tashqi) muhitlarga bog'liqligi bilan;
• hal etilayotgan masalalarning mushkulligi bilan.
Tahlil va natijalar: Video marketing strategiyasi. Turizm sohasida eng rivojlangan marketing strategiyalarining turlaridan biri bu video marketing strategiyasi hisoblanadi. Chunki, hozirda mijozlar mahsulot haqida malumotni ijtimoiy tarmoqlardagi videoreklamalar orqali olmoqdalar. Bularga faktlar va statistik malumotlar isbot bóla oladi. Video marketing statistikasi
• Tomoshabinlar xabarning 95 foizini videoda saqlaydilar, 10 foizini matnda o'qiyotganda
• Ijtimoiy video matn va rasmlarni birlashtirgandan 1200% ko'proq aktsiyalar ishlab chiqaradi
• Facebook sahifalaridagi videolar oxirgi foydalanuvchi ishtirokini 33 foizga oshirdi
• Videodan foydalanadigan sotuvchilar daromadni videodan tashqari foydalanuvchilarga nisbatan 49% tezroq o'sadilar
Xulosa va takliflar. Umumiy qilib aytganda, har bir sohada marketing strategiyalari juda muhim ról óynaydi. Shu bilan birga turizm sohasida ham óylashimcha 50% qismini marketing strategiyalari qamrab oladi. Taklifim shuki, hozirda qisqa muddatli marketing strategiyalari juda katta foyda keltirmoqda shuning uchun qisqa muddatli strategiyalardan foydalanib, mahsulotimizni reklama qilishda yuqorida aytilganidek video marketing strategiyasidan foylanish kóproq samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Marketing
2.https://uz.martech.zone/video-marketing-strategy/?amp=1
3.''Turizm sohasida strategik marketingning óziga xos xususiyatlari'' referati
Download 16.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling