O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xalqaro turizmda turistik talablarning har tomonligi (kompleksligi) va


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Xalqaro turizmda turistik talablarning har tomonligi (kompleksligi) va 
ko‘p xilligi. Sayohat chog‘ida turistlar har xil xizmatlarni iste’mol qilishadilar. Ya’ni 
umumiy, turistik xususiyatga ega va yo‘l-yo‘lakay xizmatlar turi. Eng avvalo u o‘z 
hayotini ta’minlovchi xizmatlarga ya’ni turar joyga, ovqatlanishga, shuningdek 
transportga ehtiyoj sezadi. Turistlarning bu talablari qismi mahalliy yashovchi 
talablaridan kam farq qiladi. Boshqa qismi, turist sifatidagi talablar turistik 
migratsiyaning uyg‘otuvchanlik motivlari keng ufqlari bilan shartlangan va o‘ziga 
xos (spesifik) harakterga ega. Dam olish, ko‘ngil ochish va yangi taassurotlarga va 
ega bo‘lish uchun kishilar rekreatsion safarlarni sotib oladi. Ya’ni kasbiy 
qiziqishlarini qondirishga intilib, u ishga doir safarni qabul qiladilar, ilohiy urf-
odatlar haqidagi bilimini mukammallashtirish ehtiyoji, diniy sayohat talabini 
qondiradi va h.k. 
Ko‘ngilxushlik, kasbiy qiziqishini qondirish, davolanish, o‘qish va bilim olish 
ayrim boshqa ehtiyojlar turistik safarlarning bosh motivlaridir. Ular o‘zaro ma’lum 
kombinatsiyalarda turistik xizmatlarga mos keluvchi talablarni hosil qiladi. Masalan, 
kongresslar va anjumanlar ishtirokchilari nafaqat asosiy xizmatlarni, balki bevosita 
safar bosh maqsadiga kirmagan qo‘shimcha xizmatlarni ham talab qiladilar. Ular 
safar kongresslarigacha va undan keyin ishtiyoq bilan u bu narsa harid qiladilar, 
konsertlarga boradilar, ko‘gazmalarni tomosha qiladilar va shu tariqa kasb 
faoliyatlarini, madaniy dam olish bilan qo‘shib olib boradilar. Bir qator hollarda 
qo‘shimcha xizmatlar kongress turizmidan keladigan barcha tushumlarning 


94 
yarimidan ko‘prog‘ini ta’minlaydi. Ko‘pchilik va komplekslik turistik ehtiyojni 
qondirishda turistik xizmatlarning xilma-xilligini talab etadi.
Turistik ehtiyojlar kompleksning harakteri haqida tasavvurlar safarga harajatlar 
tarkibi beradi. Yaponiyada xorijiy tashrif buyuruvchilarning yirik harajatlar ro‘yxati 
mehmonxonalarda joylashish ekan barcha harajatlarning 33 - %, harid qilishga 
harajatlarning 27 - %, ovqatlanishga 15 % sarflanar ekan. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling