O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xalqaro turizmda turistik talabning elastikligi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Xalqaro turizmda turistik talabning elastikligi. Ta’kidlanganidek, turistik 
talab iste’molchining daromadi, qulay bo‘sh vaqtining davomiyligi, tovarlar va 
xizmatlar bahosi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Muntazam haq to‘lanadigan ta’til 
joriy etilishi va real ish haqining oshishi turistik tovarlar va xizmatlarga talabni 
kuchaytiradi. Ammo ko‘pincha tahlil bir o‘zgarishni boshqasiga ta’sir etishini 
belgilash bilangina chegaralanib qolmaydi. Balki talabning o‘sishi (pasayishi), qay 
darajadaligini ham bilishni talab qiladi. Baho o‘zgarishiga turistik talab nechog‘lik 
sezgir, agar daromad 10,20 yoki 40 % ga oshsa unga talabning reaksiyasi qanday 
bo‘ladi kabi savollar shular jumlasidandir. Bu haqda tasavvur hosil qilishga 
ko‘ratkichlar elastikligi imkon beradi. 
Elastiklik bir o‘zgarishning boshqa o‘zgarishga nisbatan reaksiyasi holatini 
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda bu tushunchalar bir tomondan talab kattaligi, ikkinchi 
tomondan baho yoki daromad o‘rtasidagi bosh bog‘likni aniqlash uchun 
foydalaniladi. Talabning baho bo‘yicha elastikligi (TBE) boshqa sharoitlarda 
narxning bir foizlik o‘sishi (kamayishi) tufayli talab hajmi qancha foizga o‘zgarishini 
aniqlaydi 
TBE kattaligi odatda salbiy sonda ifodalanadi. Negaki o‘zgarishlar teskari 
bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Talab hajmi narx tushishi, uning oshishi, kamayishi 
tendensiyasiga ega. 
Talab narx o‘zgarishga sezgir (elastik), befarq (noelastik) yoki yagona 
elastiklikka ega bo‘lishi mumkin. 
TBE bir qator omillarga bog‘liq, eng avvalo substitut (o‘rnini bosuvchi) 
tovarlarga qurbi yetish omili. Bozorda raqobat qanchalik o‘tkir bo‘lsa, TBE taklif 
etilayotgan o‘rnini bosuvchi tovarlar ko‘lamida shunchalik keng bo‘ladi. 
Turist uchun alternativga hojat bo‘lmagan ishga doir va etnik talab dam olish 
va ko‘ngilxushlik uchun sayohat qiluvchiga nisbatan narx o‘zgarishiga unchalik 
sezgir emas. Turistik mahsulotlarga narxning o‘zgarishi ayniqsa dam olish uchun 
safar geografiyasini aniqlagan holda «dengiz – quyosh - plyaj»ga boruvchilarda 
sergaklik uyg‘otadi. Qaysidir kurortlarga xizmatlar qimmatlashishi bilan odamlar 
osongina boshqa o‘rnini bosuvchilarga o‘tishadi, ular bilan raqobatdagi boshqa 
kurortlarga talab oshib, arzonroq dam olish joylari tanlanadi. 
TBEni keltirib chiqaruvchi ikkinchi omili vaqtinchalik ramka, uning doirasida 
harid haqida qaror qabul qilinadi. Odatda elastiklik uzoq muddatli rejada qisqa 
oraliqlarga nisbatan yuqoriroq. 
Vaqt o‘tishi bilan iste’molchilar narxi oshgan tovarlar uchun katta miqdorda 
o‘rnini bosuvchilarni topishlari mumkin. Asta-sekin ularning didi, odatlari va 
ko‘nikishlari o‘zgardi. Ishlab chiqaruvchilar esa o‘rnini bosuvchi tovarlar chiqarishni 
kengaytiradilar. 


95 
TBE ni o‘zgaruvchanlik xususiyati har bir konkret holatda uni aniqlashda 
ehtiyoj bilan yondoshish, yetti o‘lchab, bir kesish zaruratini tug‘diradi. Bu birinchi 
navbatda narx valyuta kurslariga bog‘liq bo‘lgan xorij sayohatlariga taaluqli. Narx 
uning o‘zgarib turishi xalqaro turistik safarlar geografiyasiga ta’sir qiladi. Sir emaski, 
qabul qiluvchi tomonlarning valyuta alshashish kursini oshirishi, ularni teng 
sharoitlarda xorijiy turistlar uchun qimmatlashtirib yuboradi. Bu iqtisodiy jihatdan 
ham unchalik diqqatni tortadigan emas. 
Ayrim mamlakatlar xalqaro turizmni rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlab 
valyuta siyosati yurgizishadi. Milliy pul birligini almashtirish kursining sun’iy 
o‘zgartirish tufayli, ular yuqori inflyatsiya darajasiga qaramay turistik xizmatlar 
narxining raqobatbardoshligini ushlab turishga muvaffaq bo‘ladilar.
Turistlar yetkazib beruvchi mamlakatlarga keladigan bo‘lsak, ularning milliy 
valyutasi revolvatsiyasi chiqish turizmiga talablarni ko‘paytiradi. To‘g‘ri, 
almashtirilgan valyuta kursining tushib ketishida teskari holat ham bo‘ladi. 
1990 yillar ikkinchi yarimlarida dollarning zaiflashuvi oqibatida Amerikalik 
turistlarning Yevropaga kelishlari soni anchagina kamaydi va aksincha Yevropadan 
esa AQShga turistik oqimlarni kengaytirdi.
BTT mutaxassislarining bu sohadagi ko‘p yillik tadqiqotlari quyidagi 
xulosalarni chiqarishga imkon berdi. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, TBE qabul 
qiluvchi mamlakatlar uchun 1 dan 2 gacha atrofda turibdi. Agar turistik yo‘nalishlar 
nisbatan 10 % ga arzonlashsa, misol uchun, inflyatsiyaning oldingi darajasi saqlangan 
holda valyuta almashish kursining o‘zgarishi, natijada uch yil davomida uning bozor 
ulushi 10-20 % ga ortadi. Sayohatlarga narx o‘zgarishiga iste’molchilarning 
reaksiyasi paydo bo‘lishi uchun xuddi shuncha vaqt talab qilinadi. Iste’molchilar 
yangi narxlarga uzil-kesil besh yildan keyin moslashib oladilar. 
TBE ahamiyat jahonning mintaqalari va safarlar turi bo‘yicha farqlanadi. 
Yevropa bo‘yicha ichki hududiy sayohatlar uchun u nisbatan past – 0,8. Qabul 
qiluvchi Yaqin Sharq mamlakatlari uchun narx bo‘yicha uzoq bo‘lmagan safarlarga 
nisbatan talab ko‘proq elastik. Bu hudud uchun TBE -2,5 ga teng. Odatda uzoq 
safarga nisbatan yaqinroq masofaga talab narx o‘zgarishiga unchalik sezgir emas. 
TBE turistlar yetkazib beruvchi mamlakatlar uchun -1,5 ga teng Xorijiy 
sayohatlarga (yo‘nalishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda) narxning 10 % o‘sishi uch yil 
davomida chiqish oqimini 15 % qisqarishga olib keladi. Xuddi birinchi holatdagi 
singari talab elastikligi mintaqalararo safarlarga qaraganda ichki hududga nisbatan 
past. Misol uchun, u Yevropada mutanosib ravishda – 0,6 va – 1,9 ga teng. 
Jahon mintaqalari o‘rtasida TBE Yevropa va Yaqin Sharqda yuqori. Bu 
ularning chiqish turistik oqimlarida dam olishga sayohatlar ulushlarining kattaligi 
bilan izohlanadi. Bunday sayohtlarga narx bo‘yicha talab xizmat safari 
(kamandirovka), qarindoshlar va tanishlarnikiga borish, boshqa turistik safarlarga 
nisbatan elastikdir. 
Ilgari gap nima haqda borgan bo‘lsa, hammasi normal yoki to‘g‘ri deyilganga 
taaluqlidir. TBE, narx oshganda (pasayganda) talabning kamayishi (o‘sishi) ga olib 
keladi. Ammo amalda boshqa vaziyatlar ham ma’lum. Ularda o‘zgarishlar bir 
tomonga qarab yo‘naladi va yuqori baho talabning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bu 
bog‘liqlikni elitar turizm bozorida kuztish mumkin. Misol uchun, sayohat teploxodida 


96 
eng qimmat kayutani yoki shaharda kechki ovqat uchun eng qimmat restoranni 
tanlash. Mazkur holatda odamlar oddiy narsalar yoki xizmatlarni emas, boyligini 
ko‘z-ko‘z qilish uchun nufuzni sotib oladilar. Iqtisodiy adabiyotlarda bu hodisa 
«Snobizm effekti» degan nom olgan. 
Iste’molchining daromadlari o‘zgarishi turistik talablarga sezilarli ta’sir 
o‘tkazadi. Bir o‘zgarish kattaligi ikkinchisiga ta’sir qilib, daromadlar bo‘yicha turistik 
talab elastikligi tushunchasini to‘ldirishi mumkin. U talab hajmi foiz o‘zgarishining 
iste’molchi daromadi protsent o‘zgarishiga nisbatan o‘xshash munosabatlariga 
(boshqa teng sharoitlarda) mo‘ljallanadi. 
Ko‘p sonli empirik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, turistik talab iste’molchi daromadi 
ko‘payishi (kamayishi) ga juda sezgir va bog‘liq. Aholining moddiy ahvoli 
yaxshilanishi bilan, ularni sayohatlarga moyilligi va turistik harajatlar o‘sadi.
Daromad o‘zgarishi hamma vaqt ham individual turistik talab hajmini
o‘lchangan safar, yoki tunash sanalarini aks ettirmaydi. Shu bilan birga u turistik 
tarkiblarda chuqurroq siljishlarga olib keladi. Yaxshi haq to‘lanadigan ishga joylashib 
olgach, kishi ko‘p hollarda o‘z halovatini unga qurbon qiladi. Yetarli bo‘sh vaqtga 
ega bo‘lmaydi. U xuddi avvalgidek uzoq bo‘lmagan safarni tanlayadi va shinamlik 
darajasiga yuqori talablar qo‘yadi. 
Moddiy qiyinchiliklar ham xuddi shunday hamma vaqt ham individual turistik 
talablarning miqdoriy harakteriga ta’sir etavermaydi. Ta’tilni muntazam sayohat bilan 
o‘tkazuvchi oila kamdan-kam bu ko‘ngilxushlikdan o‘zini tiyadi moliyaviy ahvoli 
yomonlashganda ham bundan voz kechmaydi. Aksincha ta’til (kanikul) vaqtini 
qisqartirish yoki safarni qoldirishdan ko‘ra arzonroq safarni sotib olishni ma’qul 
ko‘radi. 
Elastiklik darajasi shuningdek safar tipiga ham bog‘liq. Harid qobiliyatining 
o‘zgarishida ko‘proq ko‘ngilxushlik safarlariga talab sezgir. Etnik safarlarga bu 
kamroq darajada. Chunki bunda erkin tanlash natijasiga qaraganda, imkon darajasida 
qarz olish ko‘zda tutiladi. Ishga aloqador safarlar, shuningdek elitar sayohatlarda 
daromad o‘zgarishiga kam e’tibor beriladi va noelastik hisoblanadi. 
Narx va daromad bo‘yicha elastiklik iqtisodiyotda umumiy tarzda qabul 
qilingan. Ammo talab dinamikasida yagona ko‘rsatkich emas. Elastiklik xuddi 
shunday boshqa omillar (misol uchun, vaqt) o‘zgarishiga turistik talab reaksiyasini 
ifodalash uchun foydalaniladi. Ishga aloqador turizm uchun bu – rahbar tomonidan 
belgilangan safar muddati, dam olish va ko‘ngilxushlik sayohati uchun – bo‘sh vaqt. 
Ular yil davomidagi bayram kunlari va ta’tillar soni bilan o‘lchanish mumkin. Bo‘sh 
vaqt davomiyligi chatishib ketadi va mamlakatlar bo‘ylab sezilarli ravishda ko‘zga 
tashlanadi. 
Niderlandiyada qonunchilikda mustahkamlangan ta’til davomiyligi 30 kundan 
oshadi. Plyus yiliga 8-10 bayram kunlari ham bor. AQShda esa ta’til kunlari 12 
kunni, yillik bayramlar soni 11 kunni tashkil etadi. 
Pul emas, vaqt asosiy limitlovchi omil bo‘lgan o‘shanday hollarda turistik 
talab ta’tilning davomiyligi o‘zgarishiga, bayram kunlari soniga yoki safarning 
uzunligiga e’tibor qaratadi. Mutaxassislar talabning vaqt bo‘yicha yuqori ijobiy 
elastiklikka ega ekanligini qayd etadilar. 


97 
Turistik talab kattaligiga vaqt omillari qaysi o‘zgarishlari ta’sir etishini 
baholash uchun ikki mulohaza muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, qo‘shimcha vaqt 
bo‘sh yoki xizmat safari (kamandirovka) turistga belgilangan manzilda bo‘lishni 
o‘zaytirishga imkon beradi. Aytaylik aholisi turistik xizmatlar paketlarini sotib 
olishga moyil mamlakatda sayohat ishqibozi navbatdagi safarga chiqishni 
mo‘ljallayapti, taklif etilayotgan xizmat «paketlari» bozorida uning qurbi yetadigani 
bir-ikki xaftalik safardir. Sayohat qilinadigan yillik qisqa muddatli ta’tilda 
iste’molchi foydasiga yetti kunlik safar tanlanadi. Harakatni susaytirishda limitlovchi 
bosh omil-vaqtinchalik omildir. Masalan, boshqa teng sharoitlarda ta’til 
davomiyligini 13 kundan 16 kungacha ko‘paytirilishida u har holda mo‘ljallangan 
joyda uzoqroq bo‘lish unga qimmatga tushsada ikki haftalik safarni ma’qul ko‘radi. 
Turgan gap, talab kattaligi bo‘sh vaqtining ko‘payishi turistik harajatlar aks etishida 
ham ortadi. 
Ikkinchi mulohaza safar uzoqligiga taaluqli. Qo‘shimcha vaqt uzoq masofaga 
sayohat qilishga imkon beradi. Bu holda asosiy masalalardan biri masofani o‘lchash 
birligini tanlash hisoblanadi. Odatda bu masofalar kilometrlar bilan belgilanadi. 
Ammo iqtisodiy tahlil doirasida bunday baho juda ko‘p jarayonlarga izoh 
berolmaydi. Jumladan, kengliklarda turistik oqimlarni qayta taqsimlashda: iqtisodiy 
tadqiqotlarda masofani ifodalashda uni bosib o‘tishga sarflangan vaqt va pul bilan 
hisoblanishi qabul qilingan. Bu iqtisodiy resurslar talabni chegaralaydi va turistik 
bozor hajmini fizik masofaga qaraganda ko‘proq darajada belgilaydi. 
Vaqt sarfi kattaligiga daxldor har qanday o‘zgarish va safarga pul xalqaro 
turizm intensivligi va hajmi, geografiyada bevosita aks etgan ikki mamlakat 
o‘rtasidagi transport qatnovining tezligi yoki arzonlashuviga qarab aniqlanadi. Misol 
uchun, so‘nggi yillarda transatlantik parvozlarga tariflarning pasaytirilishi xalqaro 
turistik almashinuvni kengaytirishga imkon berdi. Okean osha Amerika va 
Yevropaning yirik turistik markazlariga xorijliklarning kelish soni ko‘paygani qayd 
etildi: Nyu-York va Mayami, London va Parijga. 
O‘tkazilgan empirik tadqiqotlar ham odamning doimiy yashash joyi va 
boradigan manzili masofasi o‘rtasida mustahkam aloqa mavjudligini tasdiqladi. Ya’ni 
bir tomondan vaqti - sarfi – pul chiqimi, ikkinchi tomondan, bu joyda bo‘lish 
chastotasi yoki ehtimol tutilgan ifoda. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling