O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari 
Turistik ehtiyoj va talab harakterli belgilarga ega: dinamizm, getrogenlik va 
komplekslik, elastiklik, mavsumiylik va boshq. 
Turistik ehtiyoj va talab – dinamik kategoriyalar. Turistik ehtiyoj va talab 
jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liq. Jumladan talab jamiyat rivojlanishi bilan birga 
o‘zgaradi, eskilari yaramay qoladi va yangilari paydo bo‘ladi. Ehtiyoj esa doimiy 
ravishda kengayib, boyib boradi. Turistik xizmatlar iste’molida chuqur sifat va son 
o‘zgarishlari ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti, 
siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar tufayli ro‘y berdi. Rivojlangan 
mamlakatlarda aholining harid qilish qobiliyati oshdi, moddiy turmush farovonligi 
yuksaldi. Bu odamlarni ommaviy ravishda turizm orqali u yoq, bu yoqlarga borib 
kelishi imkoniyatini berdi va turizmga zamonaviy tus baxsh etdi. 
Turistik harakat intensiv ravishda rivojlana bordi, ammo u bir tekisda emasdi. 
Uzluksiz o‘sish va pasayishlar turizmga bir butun doimiy harakat ko‘rinishini beradi. 
Bir qarasangiz xalqaro turizm o‘sishi eng yuqori nuqtasiga chiqadi, bir qarasangiz u 
uzoq muddatli va o‘rta muddatli pasayishlar tendensisiga duchor bo‘ladi.
XX asrning 1950 va 1960 – yillarida kelishlar o‘sish sur’atlari iqtisodiy faollik 
tebranishiga qaramay barqaror ravishda yuqoriligicha qoldi. Bu hodisa qator 
mutaxassislarga turizm inqirozga mahkum emas, deb ta’kidlashga asos bo‘ldi. Biroq 
50-60-yillarning ikkinchi yarimi bu nuqtai nazarlarni chippakka chiqardi. 1966 -1967 
yillardagi iqtisodiy inqiroz (krizis) chog‘ida turistik kelishlar sur’ati 7 foizga pasaydi. 
Navbatdagi ikki pasayish esa turizm rivojlanishi ham boshqa xo‘jaliklar singari 
o‘sha qonuniyatlarga buysunadi degan barcha shubhalarni tarqatib yuboradi. Ulardan 
biri 1973-1974 yillardagi energetika inqirozi bilan bog‘liq edi. Ikkinchisi esa 1980-
yillar boshidagi jahon iqtisodiy inqiroziga to‘g‘ri keladi. Bu davriy (siklik) inqiroz 
sinxron ravishda sanoati rivojlangan mamlakatlarni butunlay qamrab oldi va ikkinchi 
jahon urushidan keyin eng uzoq davom etgan inqiroz bo‘ldi. 1981-82 yillarda turizm 
pasayishi juda chuqur bo‘ldi. Agar oldingi inqirozlar yillarida turistik kelishlar 
sur’atlari keskin susaygan bo‘lsa, endi ularning soni mutlaqo qisqardi. 


91 
Turistik faollik faqat iqtisodiy ahvolga emas balki, dunyodagi siyosiy 
vaziyatga ham bog‘liqdir. Uning keskinlashuvi turistik safarlarga real talabning 
kamayishiga olib keladi. Ayrim qurolli ixtiloflar, masalan, 1967 va 1973 yillardagi 
Yaqin sharq majoralari iqtisodiy inqirozga to‘g‘ri keldi. Bir – biriga aybni to‘nkash 
orqali ular turizm xalqaro rivojlanishiga o‘z salbiy ta’sirini kuchaytirdilar. 
1990 yillar boshlarida turistik kelishlar o‘sish sur’atlarining pasayishi Fors 
ko‘rfazi rayonidagi jangovar harakatlar va g‘arb mamlakatlaridagi iqtisodiy inqirozlar 
soyasida ruy berdi. Turizmning o‘sish sur’atlari pasayishi jahonning barcha turistik 
mintaqalarida – Yevropa va Amerika, Osiyo va Afikada qayd etildi. Birgina 
Fransiyada 1989 yilda xalqaro ziddiyatlarning kuchayishi, Iroq qo‘shinlarining 
Quvaytga bostirib kirishi arafasida 18 ming individual va 50 ga yaqin turli 
guruhlarning turli turistik tomonlarga yo‘naltirilgan safarlari bekor qilindi. 1991 yilda 
AQSH boshchiligida ko‘p millatli qurolli kuchlar Eronda «Sahrodagi bo‘ron» 
operatsiyasini o‘tkazishdi, Yevropada turistlar kelishi o‘sishi nol darajaga tushib 
ketdi. Italiya, Buyukbritaniya, Germaniya va Shveysariya singari mamlakatlarda 
turistlar soni 1990 yilga taqqoslanganda mutloq qisqargani qayd etildi.
Amerika mintaqasida chiqish turizmi hajmi 3% ga, Yevropada esa 23 % ga 
qisqardi. Yevropa mamlakatlari okean ortidan 5 mln. turistlar kelishga mussar bo‘la 
olmadilar. 
Terroristik xurujlardan xavotirlanib, AQSH tashqi ishlar vazirligi mamlakat 
fuqarolariga xorijga safar qilishdan tiyilib turishni tavsiya etdi. Yirik turistik firmalar 
o‘z xodimlarini safarga jo‘natdilar va turistlar sayohatini bekor qilishdi. Ayrim 
xalqaro aviatsiya reyslariga chiptalar sotish salkam yarimga tushib qoldi. 
Fors ko‘rfazidagi urush oqibatida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida turizm 
taraqqiyotiga jiddiy salbiy putur yetdi. Ixtiloflar chog‘ida Malayziyaga kelishlar soni 
kamaydi. Ularning o‘sish sur’atlari Syangan (Gonkong) va Singapurda susaydi. 
Ayniqsa bundan turizm intensivligi jabr ko‘rdi. Ayrim mutaxassislar uning oldingi 
darajasini tiklash uchun kamida 1,5 yil vaqt kerakligini aytdilar. 
Fors ko‘rfazi hududidagi jangovar harakatlar davrida Afrika qit’asida ham 
xalqaro turizm tushkunlikka uchragani qayd etildi. Haddan tashqari xavf-xatarlar 
ko‘pgina odamlarni Misr (kelishlar soni 1991 yilda 1990 yilga nisbatan 12,4 % kam) 
va 1991 yilda 1990 yilga nisbatan chiqish turizmni 80 % ga yo‘qotgan Tunisga 
safardan voz kechishga majbur qildi. Turizmda yanada chuqurroq inqirozni yaqin 
Sharq mamlakatlari – Iordaniya (kelishlar 23 % ga kamaydi), Isroil (kelishlar soni 
11,3 % ga kamaydi) va boshqa davlatlar o‘z boshidan kechirdilar. Mintaqaga 1991 
yilda kelishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 7 % ga kamaydi. Bu jahondagi xalqaro 
turizmning umumiy manzarasini belgilab berdi. 
Kosovo (Yugoslaviya) dagi ixtiloflar xalqaro turizm ko‘lami uchun Fors 
ko‘rfazidagi urushdan nisbatan kamroq zarar yetkazdi. Shunga qaramay Yevropa 
mintaqasi jahonda 1999 yilda kelishlar soni bo‘yicha umumjahon miqyosidan ancha 
past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi (+ 1 %).
Yevropa mintaqasida asosiy zarbani Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlar o‘ziga oldi. Jumladan, turizmda Xorvatiya (1999 yilda kelishlar 1998 
yilga nisbatan 17,3% kam), Vengriya ( - 13,8 %), Polsha ( - 4,5 %), Chexiya (- 1,8 
%). Barcha murakkabliklarga qaramay, 1999 yil Ispaniya uchun omadli yil bo‘ldi. U 


92 
ilgari Balqon yarim oroli va Turkiyaga yo‘naltirilgan turistik oqimni qisman o‘ziga 
og‘dirib olishga erishdi. 
Sayohat xavfsizligi muammolaridan tashvishga tushgan Butun jahon Turistik 
tashkiloti (BTT) turistlarning hayotiga potensial tahdidga bog‘liq ravishda chiqishga 
qaratilgan yo‘nalishlar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi. Birinchi, ko‘proq xavfli 
guruhga cho‘zilib ketgan harbiy ixtilof, terrorchilik xurujlari va iqtisodiy barqarorlik 
avj olgan mamlakatlar (hududlar) kiritildi.Ular turizmni rivojlantirishda nafaqat 
muntazam salbiy ta’sir qilishadi, balki amalda turizm nufuzini tushurib yubordilar. 
Bular – Livan, Shimoliy Irlandiya, Afg‘oniston, Yugoslaviya respublikalaridir.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling