O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik mahsulotlar xususiyatlari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Turistik mahsulotlar xususiyatlari. Turistik mahsulotlarni turlicha talqin 
qilishda barcha mualliflar turizmni noishlab chiqarish sohasiga kiritadilar. Xizmatlar 
almashinuvining asosiy predmeti bo‘lib yuzaga chiqadi va rivojlangan turistik 
bozorda sotish barcha hajmining 80 % gacha tashkil qiladi. Turistik mahsulotlarga 
tovar xizmatidan farqli ravishda to‘rtta ta’rif (harakteristika) xosdir:
 his etmaslik; 
 ishlab chiqarish va iste’mol ajralmasligi; 
 o‘zgaruvchanlik; 
 saqlashga yaroqsizlik. 
His etmaslik yoki ilg‘amaslik turistik xizmatda shuni bildiradiki, ular 
shakllarini olmaydi. Ularni olingunga qadar namoyish etish, ko‘rish yoki sinab 
ko‘rish mumkin emas. Xizmat ko‘rsatish tovar harid qilishdan farqli ravishda biror 
bir narsaga ega bo‘lishga olib kelmaydi. Turistik mahsulotlar his etishning turli 
darajalariga ega. Tez xizmat ko‘rsatish korxonasida kompleks tushlik ovqat sotishda 
ko‘rsatiladigan xizmatlar real ob’ektga (tushlikka) bog‘langan va ancha his etish 
harakteriga ega. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida kam darajadagi moddiy ko‘rinishli 
klassik restoranga tashrif buyuruvchi nafaqat ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
uchun, balki yoqimli muhit uchun ham keladi. Otellar va transport kompaniyalari 
taklif qiladigan xizmatlarni ilg‘ab olish yanada qiyin. To‘lovlarni amalga oshirar 
ekan, turist mehmonxona va samolyotni emas, balki tashish va joylashishni sotib 
oladi. 
Xizmatlarni ilg‘ab ololmaslik iste’molchida ham, yetkazib beruvchida ham 
muammolarni keltirib chiqaradi. Haridor xizmatlarni sotib olgunga qadar, ba’zan 
olganidan keyin ularni ajratish va baholashga qiynaladi. Chunki mijoz uchun 
avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha ustaxonaga murojaat qilganda xizmat his etilmagan 
hisoblanadi. Ko‘pincha u nafaqat ta’mirlash jarayonini ko‘rmaydi, balki qilingan 
ishni baholay olmaydi. Shuning uchun xizmat sotib olishda iste’molchida hamisha 
sotuvchiga ishonch va umid elementlari bo‘ladi. 
Xizmatning 
nomoddiy 
harakteri 
yetkazib 
beruvchilar 
ishini 
murakkablashtiradi. Turistik korxonalar ikki muammoga duch kelishadi: o‘z 


109 
takliflarini mijozga qanday qilib ko‘rsatish va tushuntirish kerak, ular nima uchun pul 
to‘laydilar? 
Sotuvchi turist xizmatlarni iste’mol qilgan chog‘ida faqat afzalliklarinigina 
aytishi mumkin. Mijozning o‘zi esa xizmatlar ko‘rsatilganidan keyingina ularning 
baholay oladi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, xizmatlar asosiy marketing 
tushunchasi mijoz uchun mazkur firmaga murojaat qilinadigan foyda yoki qulaylik 
hisoblanadi. 
Turistik xizmatlar taqdim etadigan korxonalar mijozlar ishonchini 
mustahkamlash uchun kopleks chora – tadbirlar ko‘radi. Ular o‘z xizmatlarini his 
etilishini oshiradi, ularni ahamiyatini ta’kidlaydi. Mijoz tomonidan olinadigan 
qulaylikka e’tiborni qaratadi, xizmatlar reklamasiga estrada, sport yulduzlari va 
boshqalarni jalb etadi. 
Xizmatlar his etilishini ta’minlashning shakllari xilma-xil. Bir kompaniya
mijozlarga o‘z xodimlari, ularning tajribasi va klassifikatsiyasi to‘g‘risida axborotlar 
yetkazadi, boshqalari esa firmalar xizmatlarini tushunish va baholash uchun bukletlar, 
broshyuralar va boshqa yetkazuvchi materiallarni taraqatadi. 
Keyingi paytlarda yetkazib beruvchilar xizmatlar moddiyligini oshirish uchun 
ko‘proq eng yangi axborot texnologiyalariga murojaat qilishayapti. Ayrim otellar o‘z 
saytlarida nomerlar manzaralarining almashinuvini joylashtirishmoqda. Tugmachani 
bosish bilan mijoz xonani ko‘zdan kechirish rakursini almashtiradi, alohida 
detallarning tasvirini kattalashtirib ko‘radi (masalan, devordagi kartinalar yoki oboy 
gullarni ko‘rishni istasa, derazadan ko‘rinish bilan tanishmoqchi bo‘lsa). Internet 
sahifalarida golf-klublar a’zolariga qaratilgan axborotlar mazmuni esa mutlaqo 
boshqacha: golf o‘ynash uchun maydon rejasi, o‘yinchilar fikri, narxlar, ish soatlari 
va boshqalar bilan tanishish mumkin. 
«TIS kaver» - kompaniyasining Tirol axborot markazi tajribasi diqqatga 
sazovar. U Avstriya tog‘ chang‘isi kurortlarini his etilishini oshirishga muvaffaq 
bo‘ldi. Tog‘ yon-bag‘irlari va chang‘i trassalarida kameralar o‘rnatildi. Ular qayd 
etgan axborotlar kompaniya saytlariga uzatiladi va foydalanuvchi monitor kurort ob-
havo sharoitini bilib olishi mumkin, qor qoplami holatini va trassada tog‘ 
chang‘ichilari bor-yo‘qligini ko‘radi. Avstriya tog‘ chang‘isi kurortlari haqidagi 
axborotlardan tashqari, «TIS kaver» mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar, uning 
federal yerlari, turistik markazlari, an’analari, urf-odatlari, bayramlari, shuningdek 
joylashtirish vositalarida o‘rinlarni bronlashtirish xizmatlari to‘g‘risida ham keng 
ma’lumotlar beradi. Milliy axborot tizimi sifatida dastlabki vujudga kelgan zahotiyoq 
u Avstriyadan tashqariga ham keng yoyildi va ayni paytda Germaniya, Shveysariya, 
Lixtenshteynni qamrab olgan. 
Bu tizimi Koreya Respublikasi hududida joriy etish uchun muzokaralar olib 
borilmoqda. Faqatgina 1999 yilning birinchi yarmida «TIS kaver» kompaniyasi 
saytiga 8 mln. kishi murojaat qildi, 28 mln. marta saytga kirdilar. 
G‘arbda xizmatlar nisbatan moddiyligini o‘lchash uchun his etilishining 
maxsus shkalasi ishlab chiqilgan. U iste’molchi sotib olgunicha xizmatlarni tasavvur 
qilaoladimi yoki ko‘z oldiga keltira oladimi va qanday darajada bilib olish imkonini 
beradi. 
Shkala to‘qqiz pozitsiyani o‘z ichiga oladi: 


110 
1. Men bu xizmat (buyum) haqida aniq tasavvurga egaman. 
2. Tasavvur (qiyofa) asta-sekin paydo bo‘ladi. 
3. Tasavvur juda ham his etiladigan. 
4. Bu tasavvur uchun juda ham abstrakt narsa. 
5. Uni tasavvur qilish uchun bu juda ham mushkul narsa. 
6. Bu narsani boshqa kishiga osongina tasvirlab berish mumkin. 
7. Bu narsa turli qiyofalarni uyg‘otadi. 
8. Bu narsani tasvirlab berish qiyin. 
9. Men sezaman, u narsa haqida aniq tasavvurga egaman. 
Mazkur shkaladan foydalanib o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatdiki, ayrim 
xizmatlar (kino, tez xizmat ko‘rsatish restoranida ovqatlanish, yig‘ishtirish) 
tovralarga nisbatan ko‘proq his etilar ekan va aksincha ayrim tovarlar (minilgan 
avtomobil) iste’molchi tasavvurida xizmatlarga qaraganda, kam his qilinar ekan. 
Xizmatlarning 
nomoddiy 
harakteri 
baholash 
jarayonini 
va 
turistik 
mahsulotlarni bozorda harakatlanishini qiyinlashtiradi. Xizmatlarni ishlab chiqarish 
va iste’mol qilish ajralmasligi ayrim mutaxassislarning fikricha, xizmatlarni haqiqiy 
xizmat qiluvchi va ularni tovrlardan farqlovchi asosiy xususiyatlardir. Xizmatlarni 
faqat buyurtma tushganda yoki mijoz paydo bo‘lgandagina ko‘rsatish mumkin. Shu 
nuqtai nazardan xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish ajralmasdir (rasm 6). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling