O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Saqlashga imkonsizlik – bu turistik xizmatlarning navbatidagi farqli 
qirralaridir. Ularni pala-partish amalga oshirish yoki ko‘plab qoldirish mumkin emas. 
Transportda yo‘lovchi tashish, joylashtirish vositalarida sanoat va qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari singari kelgusida sotish uchun jamg‘arilishi mumkin emas. Bugun 
otelda foydalanilgan nomer, samolyotdagi o‘rin ertaga uning egalariga o‘rnini qoplab 
bo‘lmaydigan yo‘qotish bo‘lib qaytadi. bunday holda turistik mahsulot buzilishga 
mahkum. Xizmatlarni saqlashga imkonsizlik – doimiy talablar sharoitida murakkab 
muammo hisoblanmaydi. Biroq ko‘pgina xizmatlar turlariga, shu jumladan, turistik 
xizmatlarga talab tebranib, o‘zgarib turadi. Uning kattaligi yilning mavsumi va hafta 
kunlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Agar talab taklifdan oshib ketsa, vaziyatni 
sanoatdagi kabi ombordan tovar olganday o‘nglash mumkin emas. Xuddi shunday 
talab kam bo‘lganidan xizmatlarni zarur kunlarga atab zahira qilib ham bo‘lmaydi. 
Agar taklif ortiqcha mavjud bo‘lsa, ishlab chiqarish quvvati bekor turadi va firma 
zarar ko‘radi. 
«Bir daqiqada» xizmat xizmatlar bozorida taklif va talab muvozanatini 
t’minlovchi strategiyani ishlab chiqishni talab qiladi. Bozoriy muvozanatga 
erishishning turli yo‘llari mavjud. Masalan, differensiyalashgan narx, chegirma 
belgilanishi, boshqa rag‘batlar talabni mavsumlar – vaqtlarga bir tekis taqsimlash 
imkonini beradi. Talabni boshqarishning boshqa keng tarqalgan usuli – xizmatlarga 
oldindan buyurtmalar olish tizimini joriy etishdir. Talablar avji davrida korxona 
xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi, qo‘shimcha xizmatlar taklif qiladi (qahva, yangi 
gazeta jurnallar va boshq). Bu asosiy xizmatlarni kutayotgan mijozlarni 
zeriktirmaydi. Korxona aralash kasbga xodimlarni o‘qitadi, vaqtincha xodimlar 
yollaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’rif (harakteristika)lardan tashqari, turistik 
mahsulot bir qator boshqa farqli qirralarga ega. Ular orasida iste’mol 
xususiyatlarining buzilib ketishi, noaniqlik va qandaydir darajada xizmat ko‘rsatish 
manbaining anonimligi, ishlab chiqaruvchining ko‘p sub’ektlikka asoslanganligi va 


114 
turistik xizmatlarda sotuvchi va iste’molchining bir-biridan ajralib qolishi, turistik 
mahsulotning sotilmay qolishi. Bu talabning yangi dinamik shaklini tug‘diradi, 
yetkazib beruvchiga qarab boradi. Turistik xizmatlarning bu xususiyatlari turizmda 
operatsiyalarni boshqarishni iqtisodiy samaradorlik jihatidan sanoatga qaraganda 
ancha qiyinlashtiradi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling