O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik mahsulotlarning hayotiy sikli


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Turistik mahsulotlarning hayotiy sikli. Mashulotning hayotiy sikli uni 
birlamchi bozorda paydo bo‘lganidan tortib, sotish to‘liq tugallaganiga qadar bo‘lgan 
mahsulot evolyutsiyasi namoyon bo‘ladi. Har qanday mahsulot, u qanchalik ajoyib 
iste’mol xususiyatiga ega bo‘lmasin, ertami yoki kechmi bozordan yanada 
takomillashgan mahsulot tomonidan siqib chiqariladi. Mahsulotlar orasida uzoq 
yashovchilari va boshqa muddatli bir kunliklari bor. Lekin abadiy mahsulot yo‘q va 
bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki vaqt o‘tishi bilan unga talab kamayadi, sotishdan 
olinadigan daromad shunchalik kamayib ketadiki, kelajakda savdosini davom ettirish 
iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lmay qoladi. Har bir mahsulot, jumladan, turistik 
mahsulot ham o‘z taraqqiyotida ketma-ket to‘rt bosqichdan o‘tadi: bozorga joriy 
etish, o‘sish, yetilish va pasayish. 
Joriy etish – hayotiy sikl boshlanish bosqichi, ya’ni mahsulot uchun bozor 
yaratiladi. U sotish hajmi o‘sishi sust sur’ati ishlab chiqarishga harajatlar kattaligi 
tufayli to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani bilan harakterlanadi. Bu bosqichda faqat bitta yoki 
ikkita firmagina bozorga chiqadi, raqobat bo‘lmaydi yoki ikkita firmagina bozorga 
chiqadi, raqobat bo‘lmaydi yoki kuchsiz bo‘ladi. Joriy etish bosqichi davomiyligi 
keng miqyosda kechadi va mahsulot sifatiga, uning iste’mol zaruratiga muvofiqlik 
darajasiga, marketing strategiyasi to‘g‘ri tanlanganligi va uni ketma-ket amalga 
oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘sish bosqichi – haridorlar tomonidan mahsulotning tan olinishi va unga 
talabni ortishi bilan boshlanadi. Sotish kengayadi, uning bilan birga daromad ham 
o‘sadi (mahsulot birligiga daromad). Yuqori daromad yangi ishlab chiqaruvchilarni 
jalb etadi, raqobat kuchayadi. Mashulotni boshqalardan oldinroq taklif etgan firmalar 
sezilarli raqobatli ustunlikka ega bo‘ladilar. Shunga qaramasdan, ular o‘z 
mahsulotlarini kelgusida takomillashtirish haqida qayg‘urishlari zarur. Chunki 
«kechikkan» korxona uni yaxshilash va rivojlantirish orqali yetakchilarni siqib 
chiqarishga intiladi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling