O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Ishlab chiqarish texnologiyasi. Mo‘ljallangan maqsadga erishish uchun firma 
o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qiladi. U resurslar (yer, mehnat va kapital) sotib 
oladi. Ularni tayyor tovarga yoki xizmatlarga aylantiradi. Ishlab chiqarishni yo‘lga 


126 
qo‘yar ekan, har qanday firma ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash zaruratiga 
duch keladi. Hatto u unchalik murakkab bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanmoqchi 
bo‘lsada, masalan yo‘l yoqasida sayohatchitlarga tovar sotiladigan magazincha ochsa 
ham, u binoning qaysi qismida nazorat kassa prilavkasiga joy ajratish haqida qaror 
qabul qilishi kerak. Yana vitrinaga joy tanlashi jovonlarni qanday jihozlash 
kerakligini o‘ylab ko‘rishi lozim. Yangi meva va sabzovatlarni sotib olganda ularni 
sovutgichsiz sifatini buzmasdan saqlash chorasini topishi katta mehnat sarflab ularga 
narx yozib chiqishi kerak, yoki narxnoma tuzishi lozimmi, pulni to‘lash uchun 
apparat kerakmi yoki kassaga qo‘l bilan tulaydimi hal qilishi zarur bo‘ladi. 
Yirik aviakompaniyalar va mehmonxona korporatsiyalari mijozlarga xizmat 
ko‘rsatishning nisbatan murakkabroq texnologiyalarini hal qiladilar. Ishlab 
chiqarishning klassik nazariyasi shundan kelib chiqadiki, firma ishlab chiqarishning 
turli usullari qo‘shilishi omillaridan foydalanib, bitta va shu hajmda mahsulot 
chiqarishni ta’minlashi mumkin. Misol uchun, sharbatni ko‘p qo‘l mehnati talab 
qiladigan usulda yoki mashina uskunalarni qo‘llab kapital talab usulda olish mumkin. 
Bunda muhimi, qo‘llanilgan texnologiya tejamli bo‘lsin, resurslar isrofgarchiligiga
yo‘l qo‘yilmasin, qo‘shilgan ishlab chiqarish omillar har biridan samaraliroq 
foydalanishga erishilsin. 
Ekskursiya o‘tkazish uchun avtobus, haydovchi va ekskursovod talab qilinadi. 
Ikki avtobus, bitta haydovchi va ekskursovod yoki ikki ekskursovod va haydovchisi 
bilan avtobus mavjud bo‘lsa, resurslar (birinchi holda – kapital, ikkinchi holda - 
mehnat) kamomadligi paydo bo‘ladi. Keltirilgan misolda xizmat ko‘rsatishning 
yagona maqbul usuli mavjud. Biroq ko‘pincha bir yo‘la bir necha ishlab chiqarish 
omillarining qo‘shilishi variantlari injener – texnik nuqtai nazaridan bir xil 
samaralidir. 
Ishlab chiqarish usullarining firma kira oladigan texnologik samaradorligi 
haqida axborotlarni umumlashtirish uchun iqtisodchilar ishlab chiqarish funksiyasiga 
e’tibor qaratadilar. U chiqarish maksimal hajmini ko‘rsatadi, firma har qanday 
resurslar to‘plamida uni olish mumkin. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling