O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Inson resurslari. Turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida
mehnatdan – insonning ongli vududga kelgan ruhiy va jismoniy energiyasidan foydalaniladi. U o‘z ehtiyojini qondirish uchun daromad olishga qaratiladi. Bu keng tushuncha insonlarni kasbiy ko‘nikmalari, ma’lumoti, jismoniy kuchi va salomatligi holatini qamrab oladi. Mehnatning kattaligi ko‘pincha iqtisodiy omil sifatida mehnatga qobiliyatli yoshdagi odamlar soni va ish vaqtining davomiyligi bilan o‘lchanadi. Mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlari - bu odamlar doimiy takomillashtirib boradigan kasbiy bilim va ko‘nikmalaridir. Shuningdek ularning ishga qiziqish (motivatsiya) darajasi va qobiliyati saviyasini ham aniqlash mumkin. Ma’lum qaltisliklar bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyati iqtisodiyot fanlarida tadbirkorlik degan maxsus nom olgan va ko‘pincha ishlab chiqarishning mustaqil omili sifatida ko‘rib chiqiladi. Turizm jahon xo‘jaligining eng ko‘p mehnat talab qiladigan sektorlaridan biri hisoblanadi. 1994 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kotibiyati (OESR) a’zo mamlakatlar o‘rtasida «Turizm va bandlik» anketasi tarqatdi. Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib, tadqiqot natijalari e’lon qilindi. 1993 yilda Germanida turizmda 1,8 million kishi (mamlakatda iqtisodiyotda band kishilarning 6,5 %) ishlagan. Ispaniyada 1,4 mln. (9,1 %), Fransiyada 1,2 mln. (4,8 %), Yaponiyada 1 mln.ga yaqin (1,6 %) kishi turizmda band bo‘lgan. Bu mamlakatlarda turizmda bandlik ulushi to‘xtovsiz o‘sib borayapti. Tashrif byuuruvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turistik faoliyat bilan birga, iqtisodiyotning turizm sohasi bilan tutash korxonalari katta hajmdagi mehnatni talab qiladi: savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshq. 120 Turizm sohasida mehnatning bosh xususiyatlari, uning nokvalifikatsion harakteridan iborat. Mexanizatsiya va avtomatizatsiya xizmati bu sektoriga sust joriy qilingan. Ishlab chiqarish jarayonlari xuddi avvalgidek qo‘l mehnatiga asoslangan va xizmat ko‘rsatuvchi xodimni bevosita mijoz bilan aloqasida amalga oshadi. Turizmda band 80 % ni malakasiz ishchi kuchlari tashkil qiladi. Ularning katta qismi xotin- qizlardir. Ko‘pincha ular, ma’suliyatli lavozimni band qila turib, murakkab bo‘lmagan binoni yig‘ishtirish, uy yuritish, ovqat va ichimlik tayyorlash kabi mehmonxona va restoran xo‘jaligi ishlarini boshqarishadi. Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Shveysariyada turizmdagi barcha yumushlarning yarimidan ko‘prog‘i ayollar ulushiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ishning uchdan birigina xotin-qizlar zimmasida. Turizm industriyasida xorijiy ishchilar va ishchilar mehnatidan keng foydalaniladi. YEI mamlakatlarida har uchinchi yosh kishi 16 yoshigacha turistik xizmat ko‘rsatish va ekskursantlikka jalb etilgan. Turistik sektordagi mehnat bozori boshqa xususiyatlari orasida yuqori bo‘lmagan mehnat haqi ko‘zga tashlanadi. Ish rejimi va maxsus grafikli ish haftasi nisbatan uzun, mehnat jamoalari hayotida kasaba uyushmalari ishtiroki sust. Misol uchun, Isroilda mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida jamoatchilik mehnat faoliyati eng past haq to‘lanadigan soha hisoblanadi. Xizmatkorlar, ofitsiantlar, tikuvchilar, shveysarlar ish haqi mamlakat o‘rtacha darajasidan ikki martadan past. Turizm tizimida amaldagi mukofatlash, qo‘shimchalar, vaqtdan tashqari ishga haq to‘lash, dam olish kunlari va boshqalar iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridagidek ancha farq qiladi va mehnat bozoridagi ahvolni tubdan o‘zgartira olmaydi. Ish haftasining davomiyligi kattaligi turistik kasb nufuzini oshirish va mustahkamlashga imkon bermaydi. Keyingi o‘n yilliklarda u asta-sekin qisqara boshlagan bo‘lsa-da, G‘arbda mehnatni tashkil qilish tamoillari avvalgidek qolayapti. Ishning nisbatan yengilligi va oddiyligi, faqat tashrif buyurilgandagina xizmat ko‘rsatilishi ish soatlarining katta miqdori bilan qoplanishi lozim deb sanaladi. Turizmda ayrim hollarda ish haftasi 40 soatdan oshadi, vaxolanki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida bir qator mamlakatlarda ishchilar uni 35 soatgacha qisqartirilishiga erishganlar. Bularning hammasi kadrlarni yuqori qo‘nimsizligiga olib keladi. Buyukbritaniyada mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida 40 % band kishilar bir yil ishlagandan keyin bo‘shatiladi, Fransiyada esa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida vaqtincha shartnoma bilan ishlayotgan ishlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) turizmda bandlikning uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatadi: mavsumiy ish, faol ishchanlikning o‘zgarib turish sikli bilan bog‘langan. Odatda ishchi kuchiga qo‘shimcha talab yoz oyida, dam oluvchilar ko‘paygan davrda namoyon bo‘ladi. Avj mavsumda otellar xodimlari Gresiyada 3 marta, Irlandiyada 1,5 marta, Ispaniyada 30 % ga ko‘payadi. Turistik oqimlar kamayishi bilan ularni ommaviy bo‘shatish ruy beradi va ishsizlik muammosi yanada yangi o‘tkir tus oladi; to‘liq bo‘lmagan ish kuni – rivojlangan mamlakatlar mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida bandlikni keng tarqalgan shakli. Ular bir tomondan 121 qator afzallikka ega: mehnat sohasiga aholining faol iqtisodiy kategoriyasini (xususan, xotin-qizlar va talabalarni) jalb etishga imkon beradi, ular boshqa sohadagi ishi bilan birga turistik sektorda ham mehnat qiladilar. Bu turistik xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarish jarayonlariga egiluvchanlik va tezkorlik baxsh etadi (misol uchun, sutkalik ishlarni smenali tashkil etishga yordam beradi). Turli mamlakatlarda to‘liq bo‘lmagan ish kuni ulushi mehmonxona biznesida xodimlar umumiy soni bandligini 12 dan 52 % gacha o‘zgarib turadi: Qisqa muddatli ishchanlik faolligi davrida vaqtinchalik ish (dam olish kunlari, ko‘rgazmalar, assambleyalar o‘tkazishda va boshq.). Turistik korxonalarni zarur kadrlar, mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan ta’minlashda vaqtinchalik ishchi xodimlarni yollash bo‘yicha firmalar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbda bandlik xizmati fuqarolarni ishga joylashtirishda vositachilik vazifasini bajaradi. Avval ularni o‘zining shtatiga qabul qiladi, keyin esa korxonalar va tashkilotlar ixtiyoriga o‘tazadi. Ko‘p xollarda ular vaqtinchalik yo‘q xodimning vazifasini bajarishga jalb etiladi; tanlash davrida, korxona faoliyatini kengaytirish davrida vaqti cheklangan, muddati belgilanmagan bo‘sh o‘rinlarda ishlab turiashadi. Bu xizmat ishchi o‘rni qidirish va ishga joylashtirish bilan birga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. Mehnat shartnomasi tuzish, bajarilgan ishlarga to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalarga ko‘maklashadi. U fuqarolarga kasbiy malakalarni egallashga va mehnat bozoriga kirishga imkon beradi. Bu qaysidir darajada taklif etilayotgan ishlar beqaror harakterini kompensatsiya qiladi. Turizmda mehnatga haq to‘lashning uchta asosiy tizimi amal qiladi. Ulardan biri «choy puli» berishga va boshqa ixtiyoriy taqdirlanishga asoslangan. Bu mijozlar tomonidan xizmat ko‘rsatgan xodimga bevosita to‘lanadi. Ular odatda hisobda ko‘rsatilgan summaning 10 % ni tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida an’anaviy tarzda amal qilib kelgan bu tizim asta-sekin o‘tmishda qolayapti. Bir qator mamlakatlar hukumatlari bu tajribani saqlanishiga qarshi chiqishmoqda. Chunki bu xizmat ko‘rsatish krxonalarida mehnat haqi darajasini pasayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tizim, xizmat ko‘rsatish va sotishda ulush bilan ishtirok etishga asoslangan, oldingi mehnatga haq to‘lashning alternativi sifatida tashkil qilingan. U firmalar ish natijalaridan kelib chiqadigan mukofatlash hajmiga bevosita bog‘liq. Ya’ni ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi ko‘payishidan xodimlarning moddiy manfaatdorlikka qiziqishlarini oshiradi. Ularning ishtiroki ulushi va mijozlardan olinadigan to‘lovlarni 5 dan 15 %, ayrim hollarda 20 % ga yetadi. Nihoyat korxonada qayd qilingan mehnat haqi belgilanishi mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda taqdirlashning bu shakli turistik firmalar, otellar, restoranlarda mijoz bilan bevosita aloqada bo‘lmaydigan xodimlar o‘rtasida yoyilmoqda. Bu Kuba, Niderlandiya va Yangi Zellandiyada keng qo‘llaniladi. Jahonning Germaniya, Shvesiya, Shvesariya, Ispaniya, Turkiya, Polsha Indoneziya, Tanzaniya singari juda ko‘p mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida mehnatga haq to‘lashning ikki tizimdan foydalaniladi. Xodimga eng kam mehnat haqi bilan birga ishtiroki ulushiga bog‘liq holda daromaddan foiz to‘lanadi. Bir qator jamoat tashkilotlari minimal mehnat haqi belgilanishiga qarshi chiqayotgan 122 bo‘lsalarda, bu bandlik o‘sishini cheklab qo‘yayotgan bo‘lsada, hozircha ko‘zlangan maqsadga erishilayotgan yo‘q. Ishlab chiqarish va mehnatning tegishli bozor qiymati (ish haqi) ma’lum darajada inson kapitalida sarmoyalar bilan belgilanadi. Turgan gap va ehtimol bunday yo‘nalishda eng muhim quyilish ma’lumot hisoblanadi. Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi, uning asosiga turistik kasb va malaka talablari (professional standartlar) turistik industriya mansabdor xodimlari uchun asosiy mezon qilib qo‘yilgan. 1999 yilda Rossiya Mehnat Vazirligi qarori bilan turizm va yangi professional standartlari tasdiqlandi. Bu hozirgi zamon xalqaro talablariga javob beradi. Ularni ustida ish «Turizm industriyasi uchun o‘quv bazasini mustahkamlash» YES / TASIS loyihasi doirasida olib borildi. Unda mutaxassislar katta guruhi ishtirok etadi: mazkur sohada g‘arb yetakchi ekspertlari, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi ixtisoslashgan o‘quv muassasalari va turistik biznes vakillari shular jumlasidandir. Professional standartlar ustida ishlashda turistik firmalar, mehmonxona va turizm boshqaruv organlari rahbarlarini ekspert so‘rovlarga jalb etilishi muhim bosqich bo‘ldi. Bu amaliyotlar fikrlarini bilish va xo‘jjatlar tuzishda ularning istaklarini hisobga olish, shu bilan ta’limni turizm industriyasi bilan aloqasini ta’minlash imkonini beradi. Yangi standartlar turistik xodimlar va mehmonxonalar biznesiga qo‘yiladigan barcha kompleks talablarni belgilaydi. Yevropa formatida ishlab chiqilgan bu standartlar o‘z ichiga nafaqat mansab majburiyatlarini, balki ularni bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni ham qamrab olgan. Tuzilgan va qabul qilingan «Turistik industriya asosiy mansabdor xodimlariga kvalifikatsion (professional standartlar) talablar» hujjati turistik kadrlar tayyorlash normativ bazasini yaratish yo‘lida olg‘a tashlangan muhim qadam bo‘ldi. U RFda mehnat bozorining real ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling