O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Pasayish bosqichi turistik markaz hayot siklini yakunlaydi. Destinatsiyaga 
tashrif buyurgan asosiy turistlar ommasi nisbatan yoshroq kurortlarni mo‘ljallaydilar, 
kelish oqimi torayadi va endi dam olish kunlari tashrif buyuruvchilar va ekskursantlar 
bilan cheklanadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘chmas mulk bozorida jonlanish seziladi. 
Turistik ob’ektlar joylashish vositasi sifatida sotuvga qo‘yiladi. Sotib olinadi va endi 
hozirgi egalari tomonidan noturistik masqadlarda foydalanila boshlaydi. Kurortlar 
boshida paydo bo‘lgan tahdidni anglagan hukumat ularni ikkinchi hayotga 
ixtisoslashtirish yo‘li bilan yengil nafas oladilar. Masalan, Atlantik – Siti (AQSH) 
dengiz bo‘yi klinik kurorti o‘yin biznesi markaziga aylantirildi. Boshqa 
destinatsiyalar tabiiy resurslarni to‘liq turistik oborotga jalb etish orqali qayta 
tug‘ilishiga erishdilar. Masalan, qishki sport turlarini rivojlantirib, turistik mavsumni 
uzaytirdilar va sayohat bozorining yangi segmentlariga chiqdilar. Shunday qilib 
tushish bosqichiga qayta sikl impulsini berdilar. 
Turistik markazlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan va ancha dinamik ko‘rinish 
hosil qiladigan ob’ektlar hisoblanadi. Ularning hayotiy sikllari davomiyligi va har bir 
bosqichi shunday imkon darajasida dostinatsiyaning o‘zi singari alohida farqlanadi. 
Turizm sohasida davlat siyosati, transport qulayligi, destinatsiya – raqobatchilar bor-
yo‘qligi- shu va boshqa omillar turli bosqich sikllari o‘tishini tezlashtirishi yoki 
to‘xtatishi mumkin. Evolyutsiya bosqichlaridan birida kurort rivojlanishi to‘xtab 
qolgan hol mavjud. Loyihalari tez va katta moliyaviy samara berishi va’da qilingan 
o‘sha turistik markazlar odatda yetuklikka to‘sqinliksiz erishadilar. Agar Kankun 
kurorti (Meksika) yoki G‘arbdagi taymsher kurortlari o‘z hayotiy sikllarini 
boshlang‘ich bosqichda ko‘z ochib yumguncha oshib o‘tgan va o‘sa boshlagan 
bo‘lsalar, Buyukbritaniyadagi Skarboro singari mashhur kurortlarga razvedkadan to 
tushishgacha va keyin yana qayta paydo bo‘lishigacha 350 yil kerak bo‘ldi. 
Turistik markazlar dinamikasini o‘rganishga amerkalik olim S.Plog salmoqli 
hissa qo‘shdi. U destinatsiya har bir bosqichi evolyutsiyasi tashrif buyuruvchilarning 
ma’lum tiplariga mos kelishini asosli fikrlar bilan izohlab berdi. Turistik markazlar 
ertangi bosqichlarida ruhiga sayohatchilikka xos bo‘lgan allotsentriklarni jalb etadi. 
Keyinchalik, rivojlanish va mustahkamlanish davrida allotsentriklarni o‘rtacha 
sentriklar almashtiradi, hayotiy sikl oxirida (stagnatsiya va tushish) esa xotirjam 
hayot kechiruvchi psixotsentriklar almashtiriladi.
S. Plog 20 yil davomida amerikaliklar asosan nyu-yorkliklar tashrif 
byuuradigan turistik markazlar evolyutsiyasini o‘rgandi. U 1970 yillar boshida ikki 
yangi destinatsiya – Afrika va Tinch okeani hududi paydo bo‘lganini qayd etdi. 1991
yilga kelib ular jalb qilish va rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydilar. 
Ularning o‘rnini birinchi amerikalik turistlarni qabul qilgan Antarktika, Nepal 
va Tibet egalladilar. Bu paytga kelib O‘rta yer dengizi G‘arbiy Yevropa sektori 
kurortlari o‘z shuhratlari cho‘qqisiga chiqqan, AQShning ayrim mashhur kurortlari 
hayotiy sikllari (masalan, Florida shtatidagi Mayami - Bich) oxiriga yaqinlashgan edi. 
Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tahlili ko‘pchilik destinatsiyalarning og‘ishmay 
harakatlanayotgani haqida zarur xulosalar chiqarishga imkon beradi. Tashrif 
buyuruvchilar avji davrida destinatsiyalar endi ekzotik hisoblanmaydi, lekin odatiyga 
ham aylanmagan. 


117 
Turistik mahsulotlar hayotiy sikli konsepsiyasi amaliy ahamiyatga ega. U 
marketingda strategik qarorlar qabul qilishda qo‘llanadi va turistik mahsulotlarni 
rejalashtirish uchun ishonchli baza bo‘lib xizmat qiladi. Taraqqiyotning bosqichli 
ekanligi bilimi marketologga iste’molchi didining o‘zgarishini oldindan ko‘ra 
bilishiga imkon beradi. Raqobatni sezadi va bularni marketing rejalarida hisobga 
oladi, yangi o‘sayotgan va yetuk mahsulotlarning uyg‘unligi barqarorligiga erishadi, 
hayotiy sikllarni boshqaradi va ularni uzaytiradi. 
Shu bilan birga mazkur konsepsiya qarshi chiquvchilariga ham ega. Ko‘pchilik 
mutaxassislar mahsulot hayotiy sikli juda soddalashtirilgan, amalda foydalanish 
uchun yaroqsiz deb hisoblaydilar. O‘z fikrlarini dalillash uchun ular mavjud 
davomiylikdagi farqlarga va turli mahsulotlar sikllari shakllariga, har bir bosqich 
boshlanishini aniq belgilash imkoni yo‘qligiga tayanadilar. Tashqi omillar – iqtisodiy 
butunlik, inflyatsiya darajasi, iste’molchi turmush tarzi, mahsulot evolyutsiyasi va 
holatini ro‘kach qiladilar. Yuqorida barcha aytilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
turistik mahsulot hayotiy sikli konsepsiyasi strategik qarorlar qabul qilishda juda 
foydali, ammo u joriy marketing ishlarida rahbarlik qo‘llanmasi bo‘lib xizmat 
qilolmaydi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling