O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Razvedka bosqichi
Yetuklik bosqichi – sotish hajmi o‘sishi susayishi, uning barqarorligi va hatto
mo‘l-ko‘l bozorning imkon darajasida tushishi bilan harakterlanadi. Ko‘pchilik iste’molchilar allaqachon mahsulotni sotib olib bo‘lishgan, ularning davrasi deyarli kengaymoqda. «Sadoqat fenomeni» ayniqsa sezilarli ko‘rinish kasb etadi. Ya’ni avvaldan ma’lum mahsulotdan yana foydalanish ishtiyoqini uyg‘otadi. Chunki talab hali uncha katta emas, bozorga firmalarning kirib kelishi davom etadi. Raqobat yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Daromad yetarli darajada yuqori bo‘lsada, kamaya boshlaydi. Yetuklik bosqichida firmalar o‘zlarining asosiy kuchlarini bozordagi o‘z ulushini saqlab qolishga va sotish hajmini ko‘paytirishga qaratishadi. Ular narxlarni pasaytiradilar, faol reklama kompaniyasi o‘tkazadilar. Sifatni yaxshilagan holda mahsulotni differensiyalashtiradilar. Aks holda mahsulot bozorida o‘z o‘rnini tez yo‘qotadi va tushib ketish bosqichiga kelib qoladi. 115 Tushish – sotish va daromad hajmini keskin qisqarishida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha u haridor iste’molini o‘zgarishi yoki bozorda yangi mahsulot paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Tushish bosqichida firmaning bir necha muqobil harakat variantlari bor. Birinchidan, mavjud takliflarni kamaytirish mumkin; ikkinchidan, mahsulotni jonlantirish va shu tarzda uning bozordagi o‘rnini mustahkamlash yoki sotish kanallarini ko‘rib chiqish; uchinchidan, mahsulot chiqarishni to‘xtatish. Bu uch yo‘nalishdan qaysi birini tanlashni firma konkret vaziyatga qarab hal etadi. Mahsulotning tipik hayotiy sikli joriy etish, o‘sish, yetuklik va tushish bosqichlarida yorqin ifodasiga egadir. Razvedka bosqichi – uncha katta bo‘lmagan daromad miqdori bilan harakterlanadi. Turistlar oqimi belgilangan manzilga yetib borishda transport qiyinchiligi, unda turistik infratuzilmaning yo‘qligi oqibatida cheklangan. Destinatsiyaga odamlar gavjum dam oladigan joydan qochib, yolg‘iz xordiq chiqarishni istagan bitta – ikkita avantyur tipdagi sayyohlargina tashrif buyuradi. Ularni hali qo‘l urilmagan tabiat va diqqatga sazovar maishiy joylar jalb etadi. Bu bosqichda turizm tabiiy atrof-muhitga va madaniy muhitga sust ta’sir o‘tkazadi. Turistlar mahalliy aholining g‘ashini keltirmaydi, ular bilan yaxshi aloqaga kirishadi. Hozirgi vaqtda razvedka bosqichi Lotin Amerikasi bir qism mamlakatlari va Kanadaning arktik zonasi chegaralarida o‘tmoqda. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling