Jalb qilish bosqichi mahalliy aholi tashabbuslari bilan boshlanadi. Ular
turistlarga xizmat ko‘rsatishga faol qo‘shiladilar va ularni qabul qilishni tashkil
etadilar. Kelishlar soni o‘sa boshlaydi. Mahalliy hukumatni turistik infratuzilmalar
yaratishga undaydi. Ana shu bosqichda Karib havzasi kichik orol davlatlari va Tinch
okeani hududi turibdi.
Taraqqiyot bosqichi turistik kelishlar katta hajmi bilan harakterlanadi.
Mavsum avjida keluvchilar soni mahalliy aholi soni bilan tenglashadi yoki hatto
oshib ham ketadi. Turizm kapital qo‘yish uchun qulay sohaga aylanib xorijiy
kompaniyalarni jalb etadi. Ular zamonaviy infratuzilmaga sarmoya mablag‘
ajaratadilar, bu bilan tug‘ilayotgan destinatsiya qiyofasi tanib bo‘lmas darajada
o‘zgaradi. Nufuzi oshishi va turistik oqimlar kelishi kengayishi bilan destinatsiya
hududda haddan tashqari zo‘riqishga duch keladi, infratuzilma ob’ektlari tez ishdan
chiqadi. Milliy va hududiy darajada rejalashtirish va nazorat zarurati tug‘iladi.
Shunday vaziyat Meksika va bir qator rekratsion rayonlarida hamda Afrikaning
g‘arbi va shimolidagi qirg‘oqbo‘yi zonalarida vujudga kelgandi.
Mustahkamlanish bosqichida mutloq ifodada kelishlar hajmi ko‘payishda
davom etsada kelishlar o‘sish sur’atlari susayadi. Turistlar soni mahalliy aholi
sonidan oshadi. Turizm bozori yetakchi transmilliy korporatsiyalar (TMK) ishtiroki
bilan jozibali tus oladi. Mustahkamlanish bosqichini Ispaniya, Italiya, Fransiya,
shuningdek Karib havzasi ko‘pchilik mashhur kurortlar boshdan kechirmoqda.
Stagnatsiya bosqichida avj kelishlar cho‘qqisidan o‘tiladi, destinatsiya oldingi
jozibadorligini yo‘qotadi. U mazkur turistik markazga ixlos qo‘ygan tashrif
buyuruvchilarning qayta kelishi evaziga yashab turadi. Destinatsiya oldida ekologik,
ijtimoiy – iqtisodiy muammolar paydo bo‘ladi. Bunda Kosta-Brava (Ispaniya) kurorti
tipik misol bo‘la oladi.
116
Do'stlaringiz bilan baham: |