O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik mahsulotlarni taklif qilish va ishlab chiqarish chiqimlari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Turistik mahsulotlarni taklif qilish va ishlab chiqarish chiqimlari 
(harajatlari). Ishlab chiqarish chiqimlari daromadini maksimallashtirishda asosiy 
cheklanishlardan biri hisoblanadi. Har qanday firma uni kamaytirishga va kam pul 
harajatli ishlab chiqarish usullaridan foydalanishiga intiladi. Bunda qimmat ishlab 
chiqarish omillari nisbatan arzonroqlari bilan almashtiriladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda – ishchi kuchi qiymati yuqori bo‘lganda firmalar 
mehnatni tejaydi. Nafaqat sanoatda, xizmat sohasi (turizm, mehmonxona xo‘jaligi) da 
ham, sifatli xizmat ko‘rsatish mijoz bilan bevosita aloqada bo‘lishni talab etganiga 
qaramay, qo‘l mehnati kapital bilan siqib chiqariladi. Muzeylarda ekskursovodlar 
audiokaseta gidlar bilan almashtiriladi. Aviakompaniyalar yangi texnologiyalarni 
joriy etish va ular asosida marshrutlarni rejalashtirish tizimlari, bronlashtirish va 
biletlar sotishni o‘zgartirish tufayli sezilarli mehnatni tejashga erishadilar. 
Joylashtirish sektorida to‘liq avtomatlashtirilgan otellar ochildi. Ularda barcha 
ishlar maxsus videonazorat qurilmasi yordamida bajariladi. Restoran xo‘jaliklarida 


129 
kompter tizimi qo‘llaniladi, u buxgalteriya yuritishga, taomlarni kalkulyatsiyaga, 
restoran omborida qoldiqlarni hisoblashga yordam beradi. Haridni rejalashtiradi
tayyor taomlar sotilishini hisobga oladi, xodimlar harakatini nazorat qiladi, qo‘riqlash 
va videokuzatuvni bajaradi, chiroqlar va boshqa elektr priborlarni boshqarishga 
ko‘maklashadi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda turistik xizmatlarni ishlab 
chiqishda barcha resurslar optimal kombinatsiyasi farqlarida bir tipli iqtisodiy 
chiqimlar shakllanadi. Ular asosiy ikki turga ajratiladi: doimiy va o‘zgaruvchan. 
Ularning munosabatiga bog‘liq holda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi. 
Doimiy chiqim – bu ishlab chiqarish doimiy omillarini tashkil etuvchi 
resurslarga pul harajatlaridir. Floridadagi «Sheraton Uorld» singari yirik kurort – 
otellari nafaqat xususiy mehmonxona binolari va uskunalarni, balki golf o‘ynash 
uchun qimmat turadigan maydonlarni, suzish havzalarni, tennis kortlarni
sog‘lomlashtirish markazlarini ham balansga oladilar. Ularni saqlash va 
ekspluatatsiya qilish, shuningdek ma’muriy – boshqaruv harajatlari doimiy chiqimga 
qo‘shiladi. Bu kategoriya chiqimlarga, shuningdek ijara haqi, mulk-joy solig‘ini 
to‘lash, qarz mablag‘larga foiz va boshqalar ham kiradi. Ularning kattaligi ishlab 
chiqarish hajmiga bog‘liq emas. Ular korxona yopilganda ham hech narsa ishlab 
chiqarilmaganda ham mavjuddir. Shuning uchun doimiy chiqim firma zararini paydo 
bo‘lishida asosiy sabab bo‘ladi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling