O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Kema sayohati. 1950 – yillarda dengiz va okean kemachiligi kema sayohati 
paydo bo‘lishi bilan nishonlandi. Ilgari ma’lum yo‘l va yo‘lovchi tashish bilan 
shug‘ullangan ko‘pchilik kemachilik kompaniyalari o‘zlariga tegishli transport 
vositalarini takomillashtirdilar, harakat tezligini ko‘paytirdilar va ularning bortiga 
sayr – tomosha, suzish havzasi, sport zallari, kazino, kino-konsert zallari va boshqa 
ob’ektlarni joylashtirdilar. Shu tarzda kemani sayr-tomosha ehtiyojlarga – kriuzga 
moslashtirdilar. Bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish konsepsiyasi 
o‘zgarayapti. Dengiz sayohatiga oddiy yo‘lovchi tashishdan, sayr-tomoshaga o‘tildi. 
Kema sayohati turistik bozorning muhim segmenti bo‘lib qoldi. 
Hozirgi zamon kema sayohati 1950-yillar dengiz sayohatidan mutlaqo farq 
qiladi. Safarning uzoqligi va davomiyligi, yo‘nalish tizimining o‘zgarishi, 
harkatlanish vositasida mutlaqo boshqacha talabni qondirishga qaratildi. Siyosiy 
iqtisod ko‘rsatmalariga zid harajatlarni keltirib chiqargan bo‘lsada u talabga javob 
berishda ma’lum rol o‘ynaydi.
Kema kompaniyalari – dengiz kemalari operatorlari harajatlari tarkibida 
kemasozlik, bosh statiya hisoblanadi. Yangi sayohat kemasini kurish narxi juda 
yuqori – 500 mln. amerika dollaridan oshadi. 
Amerikaning «Real Karibian Kruz Layn» kompaniyasi 2000 yilda fin 
kemasozlariga dunyodagi eng katta ikki sayohat kemasiga byuurtma berdi. Ulardan 
biri suv sig‘imi 13 ming tonna, bortiga 3,1 ming yo‘lovchi oladi. Kemalar qurilishi 
kompaniyaga 1 mlrd. amerika dollariga tushdi. 
Zamonaviy sayohat kemalarining asosiy qismi ko‘p sonli yo‘lovchilarga 
mo‘ljallangan yaxshi ma’lum sayohat kemalari – «Kuin Elizabet II» va «Soveren 
ofzo Sinz» kabilar juda mashhur. Ulardan keyingisi 14 palubasida (ulardan 12 tasi 
yo‘lovchilar uchun) 1141 kayutasiga bir vaqtning o‘zida 2600 yo‘lovchi va 750 
ekipaj a’zosini joylashtirish mumkin. Yaqin vaqtlargacha sayohat kemasozligida 
gigantomaniya – dengiz kemalarini suv sig‘imi va yo‘lovchi ko‘proq joylashishiga 
urinish hukmron edi. Bu XX asrlar boshlarida ko‘zga tashlanadi. Ammo biroq 
keyingi yillarda boshqa tendensiya vujudga keldi: kema gabaritlari kichraytirilib, 
ekipaj soni qisqardi, shu bilan birga umumiy yo‘lovchi sig‘imi oshirildi. Bunga 
«Fiskineyshn» tipidagi olti dengiz kemalari seriyasi misol bo‘laoladi. Ularning bir 
qismi allaqachon fin verflarida qurildi. Bu kemalar bir muncha kichik hajmga ega, 
lekin bortiga har biri 2700 yo‘lovchini ola oladi.
Tartibga ko‘ra, sayohat kemalari 10 yildan ortiq foydalanilmaydi. Flotimiyani 
yangilash nafaqat yangi laynerlar qurish vositasi bilan, balki foydalanilayotgan 
kemalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan ham amalga 
oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor shinamlikka qaratiladi. Kemalar eng zamonaviy aloqa 
vositalari (jumladan, yo‘ldosh orqali), konditsionerlar, tebranish stabilizatorlar, lift 
uskunalari bilan jihozlanadi. Qulaylik darajasi yuqoriligi dengiz kemalarini boshqa 
sayohat transportlaridan afzalligini ta’minlaydi. 


135 
Qurilish modernizatsiya va rekonstruksiya – bir oyga, bir yilga emas, uzoq 
jarayonlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun sayohat kemalarini qisqa muddatli taklifi 
g‘oyat noelastik. Ayrim egiluvchanlikka u transport vositalarini fraktovka qilish 
orqali erishishi mumkin. Kema sayohati kompaniyalari odatda kemani kema 
kompaniyalaridan ijaraga oladi, ular boshqa aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatayotgan 
bo‘ladi. Bitta kema dengiz orqali tashish talabiga qarab, turli yo‘nalishlarda ishlaydi. 
Kemachilikni bunday tashkil etish «trampovoy» (ingliz - tram - daydi) deb ataladi. 
Fraxt kema egasiga ham, fraktovat qilgan kompaniyaga ham qulay. 
Qo‘shimcha transport vositasini ijaraga olish tufayli kema sayohati fraktoval 
kompanisi talabni o‘zgarishini tez sezish va o‘z takliflarini kengaytirishi mumkin. 
Kema egalari ham kemachilikning trampik rivojlanishidan manfaatdor. Negaki bo‘sh 
turgan transport vositasi moddiy zarar keltiradi, Fraxto kompaniya kemasi to‘liq 
yuklanish bilan ishlashi va mazkur holatda frakt ko‘rinishida daromad keltirishini 
istaydi. 
Natijada kema sayohati kemalari sig‘imidan foydalanish koeffitsenti yiliga 
o‘rtacha 80 % dan oshadi. Kema sayohati kompaniyalari boshqa har qanday firma 
singari daromadni maksimallashtirish tamoiliga amal qiladilar. Uni amalga 
oshirishning eng zarur sharti ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish hisoblanadi. 
Qat’iy tejash siyosati kompaniyaning barcha ish yo‘nalishlariga va uning hamma 
harajatlari statiyasiga tarqaladi. U kemalar sig‘imini ko‘paytiradi va shu tariqa 
yo‘lovchi kilometr tannarxini pasaytiradi. Yo‘lovchi o‘rinlarini saqlashni 
arzonlashtiradi, harakatdagi sostavni yangilaydi. Kemalarning nisbatan tejamliroq 
modellarini tanlaydi, mehnat va moddiy resurslardan foydalanishda harajatlarni 
kamaytiradi. 
Chiqimlarni kamaytirishning eng muhim yo‘llaridan biri bu yoqilg‘i sarfini 
tejashdir. Yoqilg‘i omili 1950 yillardan keyin kema sayohatini tashkil qilish tizimida 
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Negaki teploxodni saqlash qiymati yurgan soatida 
turganidagidan yuqori, to‘xtab o‘tishlar davomiyligi ko‘paytirildi va bir vaqtning 
o‘zida suzish marshruti qisqartirildi. Bunday o‘zgartirishlar turistlar talabiga ham, 
kema sayohati kompaniyalari iqtisodiy mamlakatlariga ham javob beradi.
Qat’iy tejam rejimi shunday harajatlarning ekipaj a’zolari mehnatiga haq 
to‘lash kabi statiyalariga ham joriy qilingan. Bu yerda muammo shundan iboratki, 
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish har bir kema sayohati kompaniyasining asosiy 
vazifasidir. Unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning sonini (bugun 2-3 yo‘lovchiga 1 
kishi) ko‘paytirish va ularni malakasini oshirish orqali erishiladi. Kema sayohati 
kompaniyalari murakkab bo‘linish qarshisida qoldilar. Bir tomondan bozor mehnat 
harajatlarini kamaytirishni, boshqa tomondan taqdim etiladigan xizmatlar sifatini 
oshirishni talab qilardi. Vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirar ekan, kompaniya 
qimmat bo‘lmagan mamlakatlar Gresiya yoki Filippindan arzon kemalar yollay 
boshladi, bortga mehnatni tajaydigan uskunalar o‘rnatish, ovqatlanish ishlab 
chiqarish texnologik sikli oxirida kambuzlar (yarim fabrikatlar tayyorlash)ni cheklash 
yo‘li bilan mehnatni kapitalga almashtiradi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar majmuasi kema 
sayohati kompaniyalarining raqobatbardoshligini kuchaytirdi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling