O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Insentiv – turizm geografiyasi. Ishga aloqador turizm kongresslar va 
ko‘rgazmalarga safarlar bilan bir qatorda insentiv – turizmni ham o‘z ichiga oladi. 
Ishdagi muvaffaqiyatlar uchun rag‘batlantirish sifatida safarlardan foydalanish XX 
asrning 60 – yillarida AQShda boshlangandi. Turizmning boshqa turlaridan farqli 
ravishda hali rasmiylashtirishga ulgurmasdan jahonning turli hududlaridagi juda ko‘p 
mamlakatlarda insentiv turizm e’tirof qozondi va uzoq vaqt yangi dunyoni «tark 
etmadi». Faqatgina 70-80 yillarda Amerikadan ko‘hna qit’aga mukofatlangan turistlar 
oqimining kengayishi bilan u Yevropani qamrab oldi. Keyinchalik u Osiyoga ham 
yoyildi. Shundan buyon insentiv – turizm amalda deyarli o‘zgarmadi. AQSH 
avvalgidek mukofatlangan turistlarni asosiy «etkazib» beruvchi hudud hisoblanadi. 


154 
Yevropaga insentiv yo‘nalish bo‘yicha tashrif buyurayotgan guruhlarning 60 % uning 
ulushiga to‘g‘ri keladi. AQShda intensiv turlarning mashhurligini xodimlar mehnatini 
moddiy rag‘batlantirishga, sarflanayotgan harajatlarga qaraganda Amerika 
kompaniyalari rag‘batlantiruvchi turizmga ko‘proq mablag‘ sarflayotganda ham 
ko‘rish mumkin. Insentiv – turlar davomiyligi ko‘paymoqda. AQShda 
rag‘batlantiruvchi yo‘nalishlar Meksika, Buyukbritaniya, Osiyo – Tinch okeani 
havzasi mamlakatlari hisoblanadi. 
Safar bilan taqdirlash Yevropada ham tobora ko‘proq tarqalmoqda. Tajriba 
shuni ko‘rsatmoqdaki, intensiv – tur mehnatga rag‘batlantirishda har qanday iste’mol 
tovari bilan mukofatlandan ko‘ra eng yaxshi usuldir. Buyukbritaniyada unga 
firmalarning o‘z xodimlarini mukofatlashga sarflanadigan mablag‘ining 2/5 qismi 
to‘g‘ri keladi. Fransiya va Germaniyada – salkam yarimini tashkil qiladi. Insentiv 
turlar qiymati 500 dan 1500 amerika dollarigacha, odam boshiga yuqori, davomiyligi 
esa uch kundan yetti kungacha rag‘batlantiruvchi yo‘nalishlar ustun tarzda Yevropa 
mamlakatlari bo‘ylab o‘tadi: Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Avstriya, Kipr, 
shuningdek AQSH (Nyu-York, Florida va g‘arbiy qirg‘oqlar) va Karib havzasi 
orollari. 
Insentiv – turizm bozorida ularning ulushi kamayishiga qaramay guruh bo‘lib 
safar qilish mustahkamlovchi segment bo‘lib qolayapti. Insentiv guruhlarda turistlar 
soni bir necha kishidan yuz va undan ortiq kishiga o‘zgarib turadi. Guruhlarning 
yarimida son tarkibi 10 kishidan oshmaydi. Insentiv guruhlar kompaniyaning ijrochi 
xodimlaridan to‘ldiriladi. Ular yuqori va o‘rta rahbarlik darajasidagi xodimlar, 
shuningdek iste’molchilar orasidan, masalan doimiy haridorlar bo‘lishi mumkin 
(chizma 2). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling