O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Chizma 3  Dunyoning iqlim kurortlari tarkibi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Chizma 3 
Dunyoning iqlim kurortlari tarkibi
 
Dengiz bo‘yi 60.3% O‘rmon 11.3% 
 
Tog‘ 24.2% 
 
 
 
Iqlim-qimiz bilan davolash 4.2% 
 
Manba: 
A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004. 
 
Iqlim kurortlarining ko‘proq tarqalgan tipi – dengiz bo‘ylaridir. Tobora 
ko‘proq turistlar dam olishni davolanish bilan dengizda o‘tkazishni ma’qul 
ko‘rishayapti. Dengiz iqlimi juda ko‘p xastaliklardan xolos bo‘lishga imkon beradi. U 
qon, limfa bezlari, suyak xo‘jayralari kabi xastaliklarga chalingan kishilarga shifo 
baxsh etadi. Davolash kursi yakunlangach, ular o‘zlarini birday his qiladilar, uzoq 
vaqt dori-darmonlarga ehtiyoj sezmaydilar. Iqlim kurortlarining yana bir xil 
ko‘rinishi – kurort – qimiz – davolash. Bunday kurortlarda davolash biya suti, quruq 
cho‘l iqlimi bilan qo‘shib olib boriladi. Ular cho‘l zonalarida joylashgan, quruq cho‘l 
havosi, o‘t – giyohlar muattar bo‘ylari, shifobaxsh qimiz – bularning barchasi 
qo‘shilib tanga shifo beradi. 
Dunyoda iqlim-qimiz-davolash kurortlar soni uncha ko‘p emas. Ularning 
umumiy soni hammasi bo‘lib, 40 taga yaqin. Iqlim – qimiz davolash kurortlar 
sonining yarmidan ko‘p qismi Rossiyada, shuningdek Qozog‘iston, Turkmaniston va 
Qirg‘izistonda mavjud. Kurortlarning bu asosiy uch tipi – balneologik, balchiqli, 
iqlim-qimiz davolash bilan bir qatorda ular o‘rtasida biridan biriga o‘tuvchi oraliq 
kurortlar ham bor. Ular bir yo‘la bir nechta tabiiy davolash omillari – masalan, 
ma’danli suvlar, balchiq, qimiz singari uch tipga mansub usullarini birga qo‘shib 
davolaydilar. Bunday o‘tuvchi kurortlar nisbati Yevropada keng tarqalgan va o‘sib 
borayotgan turistlar sonini tobora ko‘proq jalb etayapti. 
Yevropada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. Ko‘hna dunyoda asosiy 
davolash – sog‘lomlashtirish turizmi Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek 
G‘arbiy Yevropada joylashgan sobiq sotsialistik mamlakatlar kurort ishlarida boy 
an’analarga va tajribaga egadirlar. Mijozlarni davolash, dam olishi, sog‘ligini tiklashi 
uchun tabiiy iqlim sharoitlari, xastaliklar oldini olishning zamonaviy usullari va 
boshqa keng xizmat sohalari mavjud.Ular kurort xizmatlarini arzon baholab, lekin 
yaxshi samarali davolashni yo‘lga qo‘yib yevropa davolash sog‘lomlashtirish turizmi 
bozorida ustunlikni egallab turishibdi. Ular bu bozorda katta ulushni nazorat qiladilar. 
Sanatoriya – kurort davolanishiga turistik kelishlar bo‘yicha Yevropa 
mamlakatlari o‘rtasida yetakchilikni Chexiya egallab kelayapti. Eng katta va 


165 
mashhur chex salomatlik maskani Karlova Vari. Chexiya milliy turistik ma’muriyati 
ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jahonning 70 mamlakatidan 50 mln. dan ko‘proq kishi 
davolansh uchun, 2 mln. ekskursantlar tashrif buyurishdi. Chexiya hududida Karlova 
Varidan tashqari yevropada eng qadimiy kurortlardan biri Teplitse, dunyoda birinchi 
radonli sanatoriy – kurort Yaximov, Marian-Lazni va Frantishkavi – Lazni, 
Lugachovitse, shuningdek Yevropada birinchi ochilgan Yanske – Lazni bolalar 
falajini davolashga ixtisoslashgan kurortlari bor. 
Mamlakatda keyingi yillarda Yevropa davolash – sog‘lomlashtirish turizmi 
bozorida chex sog‘lomlashtirish maskanlarining mavqiyeni oshirish uchun faol 
chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Kurortlarda kamer teatri sahnalari, galereya va 
ko‘rgazma zallari, raqs kafelari, o‘yin muassasalari, tungi klublar ochilmoqda. Ular 
faol dam olish uchun golf va tennis o‘ynash, surish, yaxtada sayr, otda yurish, karate, 
piyoda va velosipeda sayr singari sharoitlarga keng imkoniyat yaratmoqda. Davolash 
– sog‘lomlashtirish dasturi madaniy ko‘ngilochar va bilimni boyitish tadbirlari bilan 
qo‘shib olib borilayapti. Chexiya kurortlarida musiqiy festivallar, qo‘shiq tanlovlari, 
kurort ballari, aerobik marafonlar, savdo ko‘rgazmalari, folklor festivallari 
o‘tkaziladi. Karlova Varida an’anaga aylangan xalqaro to‘liq metrajli filmlar festivali 
bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirlar turistlarni jalb etish va ular sonini ko‘paytirishga, chex 
salomatlik maskanlari shuhratini tiklash va yoyishga qaratilgan. 
Yevropa davolash – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida Chexiyaning bosh 
raqobatchisi Vengriya hisoblanadi. Uni haqli ravishda termal hammomlar (yer osti 
issiq suvi) yurti deb atashadi. Bir sutkada quduqlar va tabiiy issiq suv manbalaridan 
yarim million kubgacha termal suvlar otilib oqadi. Ularning bir qismi tibbiyotda 
foydalaniladi. XXI asrda Vengriya Yevropada cho‘milish va suv bilan 
davolanishning markaziga aylanadi. Bugungi kunda 22 ta Vengriya shahri va 62 
posyolkasi davolanish maskanlari sifatida rasman tan olingan. 
Balneologik kurortlarga tashrif buyurish Vengriyaga sayohatlarning bosh 
motivatsiyalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatga kelgan turistlarning har uchinchisi 
suvlarga borgan. Vengriya kurortlarida dam olish va davolanish ayniqsa Germaniya, 
AQSH, Avstriya, shuningdek Vengriyaning o‘zini aholisi o‘rtasida juda mashhur. 
Turistik oqimlar ikki yo‘nalish bo‘yicha Budapesht va Balaton ko‘liga qarab intiladi. 
XIX asrdayoq Vengriya poytaxti Budapesht shifobaxsh suvlar shahri maqomini olgan 
edi. Uning diqqatga sazovar joylaridan bir sharq hammomlari hisoblanadi. U XVI-
XVII asrlar – turk hukmronligi davridan buyon saqlanib kelmoqda va ishlab 
kelayapti. Davolanishni suvda dam olish bilan qo‘shib olib borishni istovchi turistlar 
Yevropadagi issiq eng katta ko‘llardan biri Balaton ko‘liga qarab yo‘l oladilar. Bu joy 
baliq ovlash, suzish, yelkanli sport, eshkakli qayiqda suzish, suv chang‘isi bilan 
shug‘allanish uchun eng qulay hisoblanadi. Har yili ko‘lga turli mamlakatlardan 100 
minggacha turistlar kelishadi. 
Polsha – davolanish – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida balneologik va 
balchiq bilan davolash kurortlari – Svinouysse, Kamen-Pomorski, Kolobjeg Boltiq 
dengizi qirg‘oqlarida joylashgan. Ular chex va venger kurortlariga nisbatan kam 
tanilgan va hozircha ular bilan raqobatalasha olmaydi, albatta. Zarur reklama yo‘qligi 
tibbiy xizmat darajasining uncha yuqori emasligi, shuningdek sovuq dengiz polyak 
kurortlari 
imkoniyatlarini 
cheklab 
qo‘yayapti. 
Polshada 
davolanish 
– 


166 
sog‘lomlashtirishning dengiz bo‘yi turizmini rivojlantirishga huddi uch Boltiqbo‘yi 
davlatlari Estoniya, Latviya, Litva singari hududdagi noqulay ekologik vaziyat ham 
salbiy ta’sir qilayapti. Dengiz qirg‘oq bo‘yi rayonlari sanoat chiqindilari va oqovalar 
bilan ifloslanmoqda. Ko‘pchilik korxonalar texnik jihatdan eskirgan va tevarak – 
atrof muhofazasi talablariga ko‘ra yangi texnologiyalar bilan jihozlanishga muhtoj. 
Asosiy zararli moddalar dengiz akvatoriyasi va sharqiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlar 
bo‘ylab joylashgan shaharlar va sanoat ob’ektlaridan tushayapti. Bakterial ifloslanish 
darajasining oshishi munosabati bilan ayrim Boltiq bo‘yi plyajlari yopilayapti, 
cho‘milish taqiqlanmoqda. Shuning uchun Polshaning dengiz bo‘yi rayonlariga 
turistlar kelishi keskin qisqarib ketayapti. 
Nisbatan umidbaxsh uyg‘otuvchi vaziyat tog‘li joylarda joylashgan iqlimiy 
kurortlarda hukm surmoqda. Ko‘p sonli tog‘ iqlimi turizmi Polshani davolanish – 
sog‘lomlashtirish turizmiga ixtisolashishida keng istiqbollar ochadi. Mamlakat tog‘ 
iqlim kurortlari Sudet va Karpat tog‘larida to‘plangan. Sondeskix Beskid sharqiy 
tog‘ yon bag‘irlarida polyak kurortlari marvaridi Krinitsa shahri joylashgan. Yuz 
yillar davomida u o‘zining shifobaxsh mineral suvlari va balchiqlari bilan mashhur 
bo‘lib kelayapti. So‘nggi davrlarda esa tog‘ iqlim kurorti va sport markazi sifatida 
dong taratgan. 
Chexiya, Vengriya va Polshadan tashqari, davolanish – sog‘lomlashtirish 
turizmi 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling