O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «qon tomchisi»
- Buddizm dini markazi.
- Lxasa
- Kandi
Lurd, Polshaning Yasna-Guru shaharlaridagi muqaddas qadamjo joylar xristian
diniga e’tiqod qiluvchi millionlab ziyoratchi sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqdalar. Rivoyatlarga ko‘ra, Iiusus Xristos vafotidan so‘ng uning jasadi zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolarga o‘ralib, xushbuy hid tarqatuvchi mirra smolasi va zaytun yog‘iga shimdirilib qoyadagi g‘orga joylashtirilgan. Kafan ehtiyotkorlik bilan saqlanganligi sababli xristianlar unga muqaddas tabarruk sifatida hanuzgacha sig‘inib kelmoqdalar. XIX asr o‘rtalariga kelib, Iiusus Xristosga ta’luqli 42 donadan iborat asl nusxaga ega bo‘lgan kiyim kechaklar: yelkaga tashlanadigan, yengsiz kamzullar ham saqlanib qolgan. Hozirgi kunda bu kamzullar Italiyaning Turin shahridagi bosh soborida kumush bilan zirhlangan nafis sandiqchada hamon saqlanib kelinmoqda. U har 25 yil mobaynida bir marta xalq ommasi oldida namoyish etiladi. Bunday paytlarda Turin shahriga 3 mln. ga yaqin ziyoratchilar kelishadi. Tabarruk narsaning oxirgi marotaba namoyish amallari 2003 yilda o‘tkazilgan. Uni ko‘rish uchun kishilar 15-16 soatdan ortiq navbat kutib turishadilar. 160 Boshqa bir muqaddas narsa Iiusus Xristosga tegishli «qon tomchisi» bo‘lib, u Belgiyaning Bryuge-shahridagi ibodatxonada saqlanib kelinmoqda. O‘z vaqtida bu tabarruk narsani Iyerusalim patriarxi (ruhoniysi) Belgiyalik graf Geri Elzasskiyga sovg‘a sifatida hadya qilingan. Hozirgi paytda har juma kuni muqaddas «qon tomchisi» billurdan yasalgan maxsus idishda “Qon kuni” bayramida ommaga namoyish qilinadi va ziyoratchilar tomonidan tavob etiladi. Bayram tantanalari butun Bryuge shahri ko‘chalari bo‘ylab o‘tkaziladi va unda o‘n minglab ziyoratchi- sayyohlar qatnashadilar. Buddizm dini markazi. Buddizm dini o‘zining keng ko‘lamligi jihatidan dunyoda xristian va islom dinlaridan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Buddizm ilk bor qadimgi Hindiston hududida eramizdan oldin VI-V asrlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik u Janubiy Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo qisman O‘rta Osiyo va Sibirga tarqalgan. Hozirgi kunda buddizm diniga e’tiqod qiluvchilar Xitoydagi Himolay tog‘ida joylashgan muqaddas Lxasa shahriga qadamjo qilishadilar. Shahar dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u yerda Dalay-Lama monastri va juda katta saroy joylashgan. Ushbu saroy XVII asrda qurilgan bo‘lib, mingdan ortiq xonalardan iborat. Saroyda o‘n mingga yaqin sig‘inadigan narsalar va 20 mingdan ortiq turli xil haykallar mavjud. Dalay–Lama saroyida butunjahon buddizm dini boshqarmasi joylashgan. Buddizm dinining ikkinchi bir muqaddas, sajdagoh markazi Shri Lanka davlatining Kandi shahrida joylashgan. Shaharning markaziy qismida Dalida Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling