169
rivojlangan. A’anaviy
tibbiyot, fitoterapiya, igna
bilan davolash Sharqda keng
tarqalgan bo‘lib, bular xorijiy turistlar uchun unchalik qiziqarli emas.
Avstraliya davolash – sog‘lomlashtirish turizmi uchun zarur barcha tabiiy
resurslarga ega. Yirik balneologik kurortlar Deylsford, Mork, Springvud materikning
janubi-sharqida joylashgan. Avstraliya dungiz bo‘yi iqlimi
kurortlari ham dunyoda
mashhur. Oltin Qirg‘oq, Deydrim - Aylend, Kerns davolanish
va dam olish uchun
eng yaxshi joylar hisoblanadi. Ammo Astraliyaning Yevropa va Amerikadan uzoqligi
turistik oqimlarni kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun Avstraliya
kurortlari amerikaniki singari asosan ichki turistlarni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Afrikada davolash-sog‘lomlashtirish turizmi kuchayib borayapti.
Tunis
kurortlarining dong‘i taralayapti. 1996 y. bu yerda yangi suv-balchiq bilan davolash
Markazi ochildi. U dunyoda eng yirik hisoblanadi
va eng zamonaviy davolash
vositalari, uskunalar va malakali kadrlar bilan ta’minlangan. Markazda dengiz suvi va
balchig‘idan foydalanilgan holda uqalab davolashning barcha turlari qo‘llaniladi.
Afrikaning shimoliy qirg‘oq bo‘ylarida dengiz bo‘yi
iqlim kurortlari
joylashgan.
Misrda tan olingan turistik markaz Qizil dengizdagi
Xurgada, xalqaro
klassdagi kurortlar Sharm-El-Shayx, shuningdek Daxab va Nuveyba hisoblanadi.
Marokkoda–Agadir, Mohammediya, Tanjer, El – Xosseyma
va boshqa kurortlar
ham mashxur.
Keniya dengiz bo‘yi kurortlari Hind okeani qirg‘oqlari bo‘ylab
joylashgan. Mombasa, Kipini, Malindi, Lamu, Kilifi, shular jumlasidandir. Janubiy
Afrika respublikasida ham bir necha kurortlar bor.
Afrika mamlakatlari kurort
ishlarini rivojlantirish uchun umuman olganda mablag‘ga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: