O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Bolgariya, 
Ruminiya, 
sobiq 
Yugoslaviya 
respublikalarida 
ham 
rivojlanmoqda. Bu mamlakatlar issiq dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishib, 
davolanish-sog‘lomlashtirish dasturida asosan dengiz bo‘yi iqlimi tipidagi kurortlarga 
taklif qiladi. Bundan tashqari Xorvatiyada Yevropada yagona naftalan – turli xildagi 
neft konlari ochilgan va ular tibbiyotda foydalaniladi. Uning bazasida barpo etilgan 
Ivanich – Grad kurorti tayanch harakat apparatlari, teri kasalliklariga duchor bo‘lgan 
mijozlarni qabul qiladi. Slovakiyada kurort ishlari qayta shakllanapti va asta –sekin 
mamlakat tog‘ chang‘isi turizmi shuhratini tiklayapti. Termal sog‘lomlashtirish 
maskanlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta’minlash, 
davolashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga joriy etish yaqin 
kelajakda turistik oqimlarni shu kurortlarga eng avvalo qo‘shni Chexiyaga 
yo‘nalishini ko‘paytiradi va davolanish – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida 
munosabat o‘rin oladi. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari kurortlari uzoq an’analari bilan ajralib turadi. 
Bu yerda dunyo ahamiyatiga molik kurortlar joylashgan: Baden – Baden va 
Visbaden-Germaniyada, Fransiyada Vishi, Belgiyada Spa va boshqalar. Ular ayniqsa 
XIX asr ikkinchi yarmida – nafaqat dam olish, balki shifobaxsh joy sifatida rivojlana 
boshlagandan keyin mashhur bo‘lib ketdi. Ranglar va me’yoriy qiyofa uyg‘unligi, 
ohangrabo musiqa taralib turgan pavilonlar, konsertlar, spektakllar va ballar, yangi 
modadagi kiyimlar va birinchi avtomobil namoyishi, o‘yin biznesi, quvnoq sayr va 
boshqa ko‘plab betakror tadbirlar turistlarga maroqli dam olish va salomatliklarini 
tiklashga yordam beradi. G‘arbda kurort ishlarini tashkil etish muhim tamoillarga 
XIX asrda asos solingandi va hozirgacha deyarli o‘zgarmay kelapti. Bugun 
kurortlarga tashrif buyurayotganlarga qat’iy kun tartibi belgilanmaydi. Ular 
o‘zlarining xohishiga qarab, vrach qabuli va dori-darmon, muollaja vaqtini 
belgilashadi. 


167 
G‘arbiy Yevropa kurortlarining ko‘pchilik qismi Germaniya, Avstriya va 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling