Kurortlarning asosiy tiplari. Kurortlar bosh tipining uchligi farqlanadi:
balneolog, iqlimiy va balchiqli.
Balneologik kurortda bosh davolash omili sifatida tabiiy ma’danli suvlardan
foydalaniladi. Ular vanna qabul qilish, ichki iste’mol (ichish, ingalyatsiya va bosh.)
qilishga tavsiya etiladi. Ma’danli suvlar juda ko‘p xastaliklardan davolanishga
yordam beradi. Balnsologik kurortlarga kelayotganlar orasida oshqozon – ichak,
yurak-qon tomirlari, asab tizimi va tayanch – harakat apparatlari kasalliklariga
chalingan kishilar ko‘p uchraydi. O‘tkazilgan tibbiy tadqiqotlarda balneologik
kurortlar bir necha xil kasalliklarni davolashda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Ular
oddiy dori-darmonlar ta’siriga teng natijalar beradi. Lekin bunda dori ichgandagiga
qaraganda zararli ta’sir kuzatilmaydi va asoratlar qoldirmaydi.
Kurortlarning boshqa tipi – balchiq bilan davolash shifobaxsh balchiq
(peliodlar) joylari bilan bog‘liq. Balchiq bilan davolash bo‘g‘imlar patologiyasi, asab
tizimi jarohati, shuningdek genikologik va boshqa ayrim kasalliklarni davolashda
qo‘llaniladi. Balchiq bilan davolashning zamonaviy usullari va ilg‘or texnologiyalari
tufayli yuqori tibbiy natijalarga erishilayapti. Bu esa turistlarda balchiq kurortlariga
qiziqishni kuchaytirmoqda, davolanishga muhtojlarni jalb etishmoqda.
Iqlimiy kurortlar ham iqlimning o‘zi singari xilma-xildir. O‘rmon, yalanglik,
tog‘, dengiz bo‘yi, iqlim-qimiz-davo – kabi noyob iqlim – ob-havo omillari (harorat,
atmosfera bosimi, quyosh nurlanishi va h.k.) bebaho shifodir. Ulardan davolash –
profilaktika maqsadlarida keng foydalaniladi. Bu omillar uyg‘unligiga qarab kurort
ixtisosi belgilanadi. Agar o‘rmon kurortlari ular uchun harakterli kontinental iqlim
bilan bog‘liq asosan yuqori nafas yo‘llari kasalliklaridan azob chekayotganlarni qabul
qilsa (astma, asab tizimi buzilishi), tog‘ kurortlari kamqonlik va tuberkulyoz kasalligi
boshlanishida tavsiya etiladi (chizma 3).
164
Do'stlaringiz bilan baham: |