O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

tug‘ilish) ibodatxonasidir. Bu ibodatxona butun dunyo xristianlar olami e’tiqod 
qiluvchilarining muqaddas sig‘inishadigan joyi bo‘lib hisoblanadi. Har bir qadam 
ranjida qiladigan sayyoh ushbu ibodatxonaga albatta tashrif buyurishga harakat 
qilishadi. Bu yerga kelgan sayyohlar muqaddas Golgofega sajda qilish, Pomozoniya 
toshlariga va manzarali Olloh qabriga sig‘inish, sajda qilish kabi amallarni 
bajarishadilar. Bu ibodatxonaga turli tuman millat vakillari, jumladan, yahudiylar, 
armanlar, suriyaliklar, habashlar, greklar, italiyanlar, fransuzlar, nemislar, ruslar va 
qolaversa butun yevropa millat vakillari-e’tiqodchilar kelishib sig‘inadilar. 
Iyerusalim shahriga tashrif buyurgan sayyohlarda Pasxa (yahudiy va 
xristianlarning diniy bayrami) arafasida Voskreseniya ibodatxonasida “Farovon 
olovni yoqish” marosimida qatnashish katta ta’surot qoldiradi. E’tiqodchilar uchun 
ushbu voqeada ishtirok etish juda katta ma’noni anglatib, Olloh kishilar uchun yana 
bir marta hayot hadya etishi demakdir. 
Musulmon diniga e’tiqod qiluvchilar ham Iyerusalim shahrida o‘zlarining 
sig‘inishadigan joylariga ega bo‘lib, u eng qadimgi Umar masjididir. Ushbu masjid 
islom dinidagi eng ilk bor qurilgan va sig‘inadigan qadamjolardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Hozirgi kunda ham unda 5 martadan iborat nomoz o‘qilib kelinmoqda. 
Xristian dini markazlari. Hozirgi kunda xristianlar diniga mansub bo‘lgan 
yer yuzasidagi xalqlarning muqaddas sig‘inishadigan joylari juda ko‘p bo‘lib, 
ularning aksariyat qismi Yevropada Rim (Italiya), Parij va Lura (Fransiya). Fotima 
(Portugaliya), Varshava (Polsha), Monserrat (Ispaniya) shaharlarida joylashgandir. 
Xristianlarda eng qadrli sajdagohlaridan biri - bu Parij shahridagi Notr-Dam 
ibodatxonasi bo‘lib hisoblanadi. Bu ibodatxona Iiusus Xristosning chillak qilinishi va 
o‘limi bilan bog‘liq muqaddas joy bo‘lib, butun Fransiya sayyohlarni o‘ziga jalb 
etuvchi maskan bo‘lib hisoblanadi. Notr-Dam ibodatxonasi butunlay tog‘olcha 
daraxti materialidan yasalgan katta bir koshonadir. 1985 yildan boshlab bu yerda har 
yili butunjahon xristian yoshlarining kuni o‘tkazilib kelinmoqda. 


159 
Ushbu yoshlar forumiga Rim papasi Ioanna Pavel II tomonidan 1985 yili asos 
solingan edi. Har yili bu yerga katolik diniga e’tiqod qiluvchi 500 mingdan ortiq 
talaba yoshlar tashrif buyurishadilar va sig‘inishadilar. 
Yevropadagi eng yirik diniy markazlaridan yana biri Rim shahri bo‘lib 
hisoblanadi. Bu qadim shaharda dunyoga mashhur saborlar joylashgan. Ulardan bir 
San –Javanni in - Laterano IV asrda bunyod etilgan. Uni «Rimdagi va Yerdagi barcha 
cherkovlarning onasi» deb ulug‘lashadi. Unda Muqaddas yodgorliklar jamlangan: 
avliyo Petr va Pavel boshlari, iudey Nuh payg‘ambari, Aaronning muqaddas temir 
tayog‘i, Mariyaning yoping‘ichi, Sirli oqshomlar o‘tkazilgan stol qismi, «haqiqiy 
xoch» ustuni shular jumlasidandir. Bizning davrimizgacha tabarruk zinapoya saqlanib 
qolgan. U Iyerusalimning Pilat saroyidan olib kelingan. Rivoyatlarga ko‘ra, undan Iso 
payg‘ambarni qatl etishga olib chiqishganmish. 28 marmar zinalaridan faqat 
tizzalarni bukibgina ko‘tarilish mumkin. Hozirgi vaqtda San-Javanni in-Laterano Rim 
kafedral sabori hisoblanadi. 
Rimdan tashqarida Vatikan shahar-davlati joylashgan. U katolik cherkovlari 
markazi, uning rahbari Rim papasining qarorgohi hisoblanadi. Vatikanda 
madaniyatning bebaho xazinalari to‘plangan. Jumladan Avliyo Petr sabori o‘zining 
ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Bu yerga dunyoning hamma tomonlaridan 
ziyoratchilar oqib keladi. Udumga ko‘ra ular yo‘l ko‘rsatuvchi Avliyolar mashhur 
xaykallari poyini o‘pib, tavof qiladilar. Katolik bayrami - Pasxa kunlari ayniqsa 
Vatikan gavjum bo‘ladi. Papa Avliyo Negra maydoniga to‘planganlarga xudodan 
ezgulik tilaydi. Uning ta’sirli nutqi toat-ibodat ruhiga singib dinga e’tiqod 
qiluvchilarni chuqur hayajonga soladi. Barcha katoliklarning Oliy martabali Otasi 
ilohiy so‘zlarini jon quloqlarini berib tinglashadi. 
Yuqorida tilga olingan xristian muqaddas yodgorliklari va udumlari va 
udumlari ro‘yxati shular bilan tugamaydi. Ilohiy sig‘inish joylari va buyumlari xilma-
xilligi, soni bo‘yicha dunyoning biror boshqa dini xristianlikka teng kelmaydi.
Shuni qayd qilish kerakki, hozirgi kunda ham Yevropaning boshqa 
hududlarida ham, jumladan Belgiyaning Bryuge, Italiyaning Turin, Fransiyaning 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling