O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Davolash – sog‘lomlashtirish turizmi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
6.4. Davolash – sog‘lomlashtirish turizmi
 
Davolash maqsadidagi turizm xorijga chiqishning boshqa turlaridan farqli 
ravishda o‘ziga xos individual harakterga ega. Odatda sayyohlarning davolanish 
safari 24-28 kundan iborat bo‘lib, davomiyligi jihatidan boshqa turizm turlarinikidan 
ancha ko‘pdir. Bu turizm turi bilan faqat shu maqsadda ixtisoslashtirilgan firmalar 
shug‘ullanadi. Ular turli tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan bog‘langan. 
Davolanish safarini vrach tavsiya qiladi, keyin esa uni turistik firma rasmiylashtiradi. 
Davolanish maqsadida sayohatga bo‘lgan talabni qondirish, tashkil etish uchun 
tibbiyot 
muassasalari 
vakillari, 
kurortlar 
va 
boshqa 
mamlakatlardagi 
sog‘lomlashtirish maskanlari to‘g‘risida to‘liq axborotlar bilan ta’minlanadi. 
Sog‘lomlashtirish safarlari dasturi shunday tuziladiki, uning yarimiga yaqinrog‘i 
davolash – sog‘lomlashtirish yoki mashg‘ulotlarga ajratiladi. Boshqa hamma tadbirlar 
yo‘l-yo‘lakay, yoki to‘ldiruvchi tadbirlarga kiradi. 
Bugungi kunda xorijga shifobaxsh kurortlar va sanatoriylarga borayotgan 
kishilar soni boshqa turizm turlari bo‘yicha borayotganlarga nisbatan anchagina kam. 
Ammo davolash - sog‘lomlashtirish turistik safarlari mashhurlashib, sur’atlari o‘sib 
borayotganini hisobga olinadigan bo‘lsa, dunyo bozorida turizmning bu turi 
istiqbollari katta ekanligi ko‘zga tashlanadi. Davolash safari bo‘yicha birinchi taklif 
Rossiya turizm bozorida XX asrning oxirlarida ya’ni, 1991 yilda paydo bo‘ldi. 
Taxminan birgina Moskva shahrida 40 tadan ortiq turfirmalar davolash turizmiga 
ixtisoslashgan.
Davolanish maqsadidagi sayohat uzoq tarixiy taraqqiyotga ega. Qadimgi 
greklar va rimliklar shifobaxsh manbalari va mo‘’tadil iqlimdan o‘z salomatliklarini 
tiklashda foydalanishgan. Kurortlarga na faqat xasta kishilar, balki bunga yetarli 
mablag‘i bo‘lgan sog‘lom kishilar ham dam olish uchun kelishgan. Qadimgi davrda 
Gresiyada Epidavr va Kos, Rimda esa dengiz bo‘yida joylashgan Bayi kurortlari 
mashhurligi bilan nom chiqarishgan. Tabiiy omillarning shifobaxsh xususiyatlari 
tufayli davolanish maqsadlarining geografiyasi kengayib bormoqda. 
Davolash-sog‘lomlashtirish turizmi individual davolanish dasturi bo‘yicha 
badavlat mijozlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Bunday aniq bir kasallikni 
davolashga ixtisoslashgan va aralash davolash kurortlaridan birini tanlashadi. 
An’anaviy sanatoriya – kurortlari yarim funksional sog‘lomlashtirish 
markazlariga aylanib, keng iste’molchilar doirasiga mo‘ljallangan. Kurort 
markazlarning hozirgi zamon transformatsiyasi ikki hol bilan izohlanadi. Eng avvalo 
davolash – sog‘lomlashtirish xizmatlariga talab harakteri o‘zgardi. Sog‘lom turmush 
tarzi tufayli jismoniy sog‘ligini saqlashga intilgan odamlar ko‘paymoqda va tiklash 


163 
antistres dasturiga ehtiyoj sezilmoqda. Bu odamlar asosan faol dam olishni ma’qul 
ko‘radigan va ko‘pincha vaqti cheklangan kishilardir. Ko‘pgina ekspertlarning 
fikricha, bunday tipdagi iste’molchilar sanatoriya – kurortlarning bosh mijozlari va 
XXI asrda davolash sog‘lomlashtirish turizmi taraqqiyotning garovi hisoblanadi. 
Kurortlarning ikkinchi istiqbolli yo‘nalishi sababi shudan iboratki, ularning 
davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishi qisqaradi. Salomatlik maskanlari endi 
o‘z mahsulotlarini tabaqalariga ajratishga to‘g‘ri keladi. Iste’mol bozorida yangi 
segmentga chiqish va qo‘shimcha mijozlar jalb etish uchun ham bu juda zarur 
bo‘ladi. 
Davolash funksiyasini saqlab qolgan holda, kurortlar mijozlar kelishiga rang-
barang dasturlar tayyorlapti, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazishayapti. Ular kuch-
quvvatni tiklash va sog‘lomlashtirish uchun keng xizmatlar majmuasini taklif 
etishmoqda. Keyingi davrlarda dengiz bo‘yi mehmonxonalarida talassoterapiya va 
«Antitsellyulit», Fito – Go‘zalik va yoshartirish» dasturlariga talab oshib borayapti. 
Davolash – sog‘lomlashtirish kurslari davomiyligi ko‘proq egiluvchan bo‘lib 
bormoqda. 
1999 yilda Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro kongressda davolash-
sog‘lomlashtirish turizmi hozirgi zamon jamiyatida muhim ahamiyatga ega ekanligi, 
dam olish va davolash bozorini keng tatbiq etish, kurort xizmatlarining standart 
usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligini ta’kidladi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling