Anorning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari
Download 9.71 Kb.
|
Anorning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari. Anor o`simligi Anordoshlar oilasiga mansub bo`lib, bo`yi 1,5-5 m keladigan buta yoki kichik daraxt. Barglari elipssimon yoki teskari tuxumsimon, qalin, yaltiroq bo`lib, kalta bandi yordamida poyasi va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Qizil gullari yakka-yakka ba`zan 2-5 tadan shoxlariga o`rnashgan. Mevasi yirik sharsimon, ko`p urug`li, sersuv, soxta meva. O`zbekistonda Surxondaryo viloyatining To`palangdaryo havzasida yovvoyi holda uchraydi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qirimda xalq seleksiyasi navlari madaniy holda ko`p yetishtiriladi, sovuqdan saqlash maqsadida qishda yer ostiga ko`mib qo`yiladi. Anor subtropik meva. Vatani O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg`oniston hisoblanadi. O`zbekistonda Sherobod, Quva, Namangan, Denov va Kitob tumanlarida a`lo sifatli anor yetishtiriladi. Uning ta`mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat(40-60%). Anor mevasi tarkibida 80 % suv, 12-15 % qand, 19 % askorbin kislotasi, B guruh vitaminlari: B1, B2, B6, B9 va karotin A vitamin, shuningdek, K, Mg, Co, Fe, Ca, P kabi mineral moddalar uchraydi. Anor J, Ca, K, Fe va Si kabi minerallarga boy. Anor po`stlog`I tarkibida 0,25 % alkanoidlar, smola, butilin kislotasi, 28 % gacha oshlovchi moddalar, ursol kislotasi, iste`mol qilinadigan qismida qandlar, limon, olma kislotasi S vitamin mavjud. Anor mevasi xazinadir. Unda B vitamin, magniy, yod,kaltsiy, temir moddalari mavjud. Shuni ta`kidlash kerakki, anor sharbati deyarli 20 % shakarni tashkil qiladi, ammo uning kaloriya miqdori nisbatan past-100 gramm uchun atiga 62-80 kkal. Anorning mevalari bizning eramizdan ancha oldin odamlarga ma`lum bo`lgan va Fors uning vatani hisoblanadi. Qadim zamonlarda anorga juda ko`p sehrli xususiyatlar berilgan. Anor tarkibida to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalar, A, E, C, PP vitaminlari mavjud. Ushbu meaning 100 gramidagi ozuqaviy qiymati 72 kkal. Uglevodorodlar anorning katta qismini mahsulotning 100 grammiga taxminan 14-15 grammni, oqsil va yog`larning taxminan 0,6-0,7 grammini tashkil qiladi. Anor sharbatning kaloriya tarkibi anor urug`ining o`zidan bir oz kamroq. Uning kaloriya tarkibi 100 gramm uchun 64 kkal, bu urug` bilan mevaning o`zidan 8 kkal kamroq. Yangi siqilgan anor sharbatini ichish tavsiya etiladi, chunki u foydali xususiyatlarni saqlab qoladi. Agar anor ichimligi konservalangan bo`lsa unda foydali moddalar deyarli yo`q. Anor po`stlog`i pereparatlari organizmda lentasimon gijjalarni haydash uchun, meva po`sti qaynatmasi ich ketishida va yaralarni davolashda ishlatiladi. Ibn Sino anor po`sti qaynatmasidan qon tupurish, milk qonashi va me`da kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anor po`stlog`idan tayyorlangan damlama yoki mevasining sharbati bilan tomoq chayilsa angina, og`izbo`shlig`I hastaliklari(stamatit, gingivit)da yordam beradi. Anor po`stini mayda tuyib, tovada qizdirib olinadi va bir choy qoshiq saryog` bilan aralashtiriladi. Malhamni sovutgichda saqlab, haftasiga ikki marta yuz terisiga surtiladi. Bundan tashqari anor po`sti kukuni yordamida kuyishdan qolgan jarohatni davolash mumkin. Kuygan joyga anor sharbatidan 5-6 tomchi tomizilib, ustiga po`stlig`idan tayyorlangan kukun sepiladi. Muolaja bir haftada ikki kun bajariladi. Hafaqon(gipertoniya, qon bosimini oshishi)ga chalingan o`rta yoki 40-90 yoshdagi insonlar haftasiga 3-4 mahal anor iste`mol qilganda, tez orada qon bosimi me`yorlashadi. Mevasi orasidagi pardani quritib, giyohli choyga qo`shib ichish esa asablarni tinchlantiradi, uyqusizlikdan halos bo`lishga yordam beradi. Anor sharbatida mavjud bo`lgan olma kislotasi jigar va o`t pufagiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shirin va achchiq anorning siqib olingan suvi asal bilan aralashtirib bir necha kun oftobga qo`yiladi. Bu malhamni ko`zdagi harorat va kunduzi yaxshi ko`rmaslik hastaligiga foyda qiladi. Anor urug`ining asal bilan birga tis hog`rig`I va quloq og`rig`iga foydasi bor. Quyosh nurida uzoq saqlangan shirin anor suvi ko`z qichishini qoldiradi. Qondagi gemoglabin miqdorini oshirish uchun yarim payola anor, lavlagi, qizil sabzi sharbatiga bir osh qoshiq asal solib aralashtiriladi va nahorga iste`mol qilish kerak. Homilador ayollarda anor mevasi iste`mol qilishlari tug`ilajak bolada yurak hastaliklari , bosh miya nuqsonlarini oldini oladi. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino o`zining “Tib qonunlari” asarida anorga shunday ta`rif bergan; “ Anor safroni bosadi anorning hamma turlarida hatto nordonida ham a`zolarni tozalash xususiyati bor”. Anor tarkibida 15 xil aminokislota uchraydi va bulardan 5 tasi almashinmaydigan aminokislota hisoblanadi. Suyak tarkibidagi K vitamin suyak to`qimalarini birlashtirishga yordam beradi. Anor tarkibidagi moddalar inson tanasidagi rakni keltirib chiqaruvchi istragon va illagotaninlarni rivojlanishini oldini oladi. Anor tarkibidagi antiksinatlar immunitetni mustahkamlash bilan cheklanib qolmasdan, immuniteti past kishilarni hastaliklari bilan ham kurashadi. Anor guli issiqligi bois jarohatga davo bo`lib ularni bitishiga yordam beradi. Anor mevasi, urug`I, po`sti va sharbati tarkibida juda ko`p vitaminlar mavjud. Anordagi eng muhim vitamin C vitamin hisoblanadi. U milkda shishish paydo bo`lishini oldini oladi, arteriya kasalliklarini oldini oladi, tish email emalini mustahkamlaydi va milk kasalligiga qarshi kurashadi. Anor tarkibidagi B vitamin xotirani yaxshilash, restubulyar apparatini mustahkamlash va samaradorlikni oshishiga yordam beradi. B6 va B12 uglevod almashinuvi, asab tizimini normallashtiriladi, nikotin va alkagolning tanaga zaharli ta`sirini kamaytiradi. B guruhi vitaminlari yetishmasligi bilan odamning ishtahasi pasayadi, ovqat hazm qilish tizimini buzadi. Anordagi yana bir vitamin P vitamin. U organizmda qon tomirlarini mustahkamlshga qodir, bu yurak huruji va qon tomirlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Fenolkarbin va amminokislotalar tanani mustahkamlash, saraton hujayralari, katarakta, diabet, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini rivijlanishini oldini oladi. Fenolik birikmalar(taninlar) diareya, og`iz bo`shlig`I yallig`lanishi, shamollash va tomoq og`rig`ini bartaraf etishga yordam beradi. Ushbu go`zal meva va sharbatining katta foydasiga qaramay, anor bir qator kontrendikatsiyaga ega. Birinchidan, anor tarkibida ko`p miqdorda kislotalar mavjud bo`lganligi sababli, limon, olm ava oksalat kislotalar mavjud, shunung uchun ovqat hazm qilish tizimida muammolari bo`lgan odamlarga konsentrlangan anor sharbatini iste`mol qilish tavsiya etilmaydi. Anorning zarari kamdan-kam uchraydi va birinchi navbatda kontrendikatsiyaga ega mevalardan foydalanish bilan bog`liq mahsulot hisoblanadi: anor tarkibidagi kislotalar tish emaliga halokatli ta`sir ko`rsatadi, shuning uchun mevani iste`mol qilgaandan so`ng tishlaringizni yuvish va og`zingizni iliq suv bilan chayish tavsiya etiladi. Anordagi limon kislotasi oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, anor inson organizmi uchun bir qator ijobiy xususiyatga ega. Uni meyorida iste`mol qilish ayrim hastaliklarni oldini olish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: O`. Ahmedov, A. Abzalov, M. Yulchiyeva, D.Mustafaqulov, “Dorivor o`simliklar yetishtirish texnalogiyalari va ekalogiyasi”, Toshkent-2018. M.A.Jo`rayev, “Dorivor o`simliklar atlasi”, Toshkent-2019. F.T.Berdiyev, M.X.Xakimova, “O`rmon dorivor o`simliklari”, Toshkeny-2016. A.A.Ribakov, “Mevachilik”, Toshkent-1959. X.X.Xolmatova, Z.X.Xabibov, “O`zbekistonning shifobaxsh o`simliklari”, Toshkent-1976. Download 9.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling