O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

7.2. Transport tashish sektori 
 
Turizm 
industriyasi 
doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda turli 
ko‘rinishdagi korxonalar roli bir xil emas. Tashish sayohatning o‘ziga xos harakterli 
xususiyatlaridan bo‘lib, unda transport eng muhim katta ahamiyatga ega. 
Turizm transport taraqqiyoti tarixi. XIX asrda transportda tub o‘zgarishlar 
zamonaviy turizm boshlanishiga asos soldi. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada 
sanoat inqilobi mexanizatsiyalashgan temir yo‘llar va suv transporti paydo bo‘lishi 
bilan nishonlanadi. 
1807 yilda Gudzon daryosi bo‘ylab birinchi g‘ildirakli paroxod «Klermont» 
suza boshladi, oradan 30 yil o‘tib London va Nyu-york o‘rtasida muntazam dengiz 
qatnovi ochildi. 1838 yilda «Greyt Vestern» paroxodi bortida 68 yo‘lovchi bilan 
Atlantika okeanini kesib o‘tdi. 
Transatlantik transport aloqasining muntazam kengayishi bilan sayohat 
qiluvchi shaxslar oqimi ko‘paydi. XIX asr oxirida AQSH da yiliga 80 ming 
kishigacha to‘nab ketishdi. Xuddi shu davrda birinchi qit’alararo guruh safarlari 
paydo bo‘ldi. 1866 yilda ikki guruh Angliyalik sayyohlarningAQShga safari tashkil 
etildi. Kelgusi yilda esa «Kveyker Siti» paroxodi bortiga 60 kishini olib besh oylik 
sayohatiga yo‘l oldi. Ular orasida sayohat taasurotlarini «Xorijdagi ovsarlar» kitobida 
yozib qoldirgan Mark Tven ham bor edi.
Ammo ishlab chiqarishdagi barcha o‘zgarishlarning cho‘qqisi bug‘ bilan 
ishlaydigan parovozli temir yo‘l transporti bo‘ldi. 1814 yilda Buyukbritaniyada 
J.Stefenson parovozni ixtiro qildi, 1825 yilda esa birinchi temir yo‘l qurildi. Gurkirab 
rivojlangan sanoat yuksalishi aloqa yo‘llari tarmoqlari qurilishini tezlashtirdi. Agar 
1835 yilda dunyo bo‘yicha umumiy temir yo‘l uzunligi 2,5 ming kilometrni tashkil 
etgan bo‘lsa, 1900 yilga kelib u 250 martaga ko‘paydi va 617 ming km.ga yetdi. 
Lekin transport bo‘yicha texnik yangiliklar joriy etilishi jamoatchilik tomonidan bir 
xilda qabul qilinmadi. Temir yo‘lga qarshi kompaniya ularni quruvchilarni jismoniy 
yo‘q qilish tahdidlari bilan kechdi. Bunda Angliya matbuoti ayniqsa faollik ko‘rsatdi. 
O‘sha paytdagi Rossiya moliya vaziri Ye.F. Kankrin aqlli odam bo‘lishiga qaramay 
«Temir yo‘l zaruratsiz sayyohlarga chiqishga yo‘l ochadi, bu bilan davrimizning 
beqaror ruhini ko‘paytiradi» degan bayonat bilan chiqdi. 
Transport tizimining mustahkamlanishi turizmni kelajakda yanada kengaytirish 
va chuqurlashtirishga imkon berdi. Harakatlanish tezligining o‘sishi bilan turistik 
faoliyat kuchaydi. Transport mexanizatsiyasi insonning zamon va makon ustidan 
qozongan buyuk g‘alabasi bo‘ldi. Harakatlanish tezligining oshishi, dam olish joylari 


174 
olislik omili ta’sirini kamaytirdi va ularga transportda borish imkoniyatlarini yaratdi. 
Yo‘lda toliqish kamaydi, safar esa qulay va yoqimli tomoshaga aylandi. 
Turizmni o‘sishi uchun mexanizatsiyalashgan transportning ixcham va 
shinamligi muhim ahamiyat kasb etdi. Temir yo‘lning tuproq yo‘llarga nisbatan 
afzalligi ayniqsa yo‘lsizligi bilan tanilgan Rossiya bo‘ylab sayohatda yaqqol 
namoyon bo‘ldi. Hatto xorijiy elchilar Moskvadan Peterburggacha borish uchun 
tuproq loy yo‘llarda, buzuq ko‘priklarda ikki oylab ushlanib qolishar, otlarni 
almashtirish bekatlarida haftalab kutishardi. 
Tuproq yo‘llardan farqli ravishda temir yo‘llar birinchi yo‘lovchilar guvohlik 
berishicha, ravon harakatlanishni ta’minlar, ortiqcha silkinishlar bo‘lmas, bemalol
o‘qish va yozib ketish imkonini berar edi. Yo‘lda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish 
sifati ham sezilarli yaxshilandi. Avval boshda tomsiz usti ochiq bo‘lgan vagonlarda 
uzoq safarga otlangan amerikalik didi baland yo‘lovchilar talabi bilan AQShda usti 
yopilgan, ichi shinam va qulay o‘tirgichlarga ega vagonlarga aylantirilgan xalqaro 
temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida mijoz uchun raqobatning kuchayishi XIX asrning 
70-yillariga kelib, uxlab ketadigan shinam kupelar, yo‘lda ovqatlanishni tashkil 
qilingan hashamatli birinchi klass vagonlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Endilikda 
uzoq safarga otlangan sayyoh uchun yo‘lni charchamasdan, hech narsaga muhtoj 
bo‘lmasdan bosib o‘tishda qiyinchiliklar ortda qolmoqda. Turizmni rivojlantirishda 
ko‘ndalang bo‘lib turgan masalalaridan biri –bu harakatlanish xavfsizligidir. Relsli 
yo‘ldan xavfsiz harakatlanish uchun kurash birinchi paravoz sinovidan oldin 
boshlangandan harakatlanish o‘ydim-chuqur ot-arava yo‘llarida harakatlanishdan 
ancha xavfsizroq edi. Statistik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, temir yo‘l 
aloqalarining rivojlanishi bilan sayohat xavsizligi 15 martaga ko‘paydi. Boshqacha 
aytganda, bir marta temir yo‘l falokatga yo‘liqish uchun yo‘lovchi kurer poyezdida 
vagondan chiqmasdan 100 yul yurishi kerak. Ammo texnik tizim xavfsizligiga eng 
ishonchli dalil yo‘lovchi tashish hajmining tez sur’atlarda o‘sayotganidir. Agar 1825 
yilda Angliyada Stokton-Darlington yo‘li ochilishi bilan jahonda birinchi temiryo‘l 
qatnovi yo‘lga qo‘yilib yukdan tashqari paravoz 450 yo‘lovchini ham manzilga 
eltgan bo‘lsa, asr oxirida 1881 yilning o‘zida temiryo‘l transporti xizmatidan 623 
mln. kishi foydalangan. 
Transprort inqilobi o‘zidan keyin sayyohlar soni o‘sishida istiqbollar ochishi 
bilan bir qatorda muammolarni ham tug‘diradi. Ularni bartaraf etish turizmni 
rivojlantirish yo‘lida muhim vazifa bo‘lib turibdi. Temir yo‘l transportiga daromad 
keltiruvchi soha sifatida sarmoya qo‘yish ko‘p o‘tmay ko‘pchilik kompaniyalar 
o‘rtasida taqsimlab olindi. Bu esa yo‘lovchilarning harakatlanishiga, ayniqsa olis 
aloqalarning murakkablashishiga olib keldi. Ular bir necha kompaniyalarning yo‘llari 
bo‘ylab sayohatga chiqishlari uchun har bir uchastkaga alohida bilet olishga majbur 
edilar. Yagona transport tizimiga ehtiyoj, shuningdek dam olish va ko‘ngil xushliklar 
uchun qulay sharoitlarga talab oshishi o‘ziga bir qator xizmatlarni qamrab olgan 
safarlarni uyushtirishga ixtisoslashgan korxonalar ochishni taqozo etdi. 1851 yilda 
Angiliyada birinchi sayohat byurosi «Tomas Kuk va o‘g‘illari» ochildi, XIX asrning 
ikkinchi yarimidan boshlab jahonning juda ko‘p mamlakatlarida (Rossiyada-1885 
yilda) turistik firmalar paydo bo‘ldi. 


175 
XX asr dam olish va hordiq chiqarish sohasida tub burilish yasadi. Ommaviy 
kommunikatsiyalar va texnika vositalarning rivojlanishi yangi jadal taraqqiyotga yo‘l 
ochdi. Birinchi jahon urushidan keyin turizmga katolizator roli temiryo‘ldan 
avtomobil transportiga o‘tdi. Bu vaqtga kelib temiryo‘l rag‘batlantiruvchi omil 
ahamiyatini yo‘qotdi va xalqaro turizmni boshda tutib turuvchi sohaga aylandi. 
Turistik kengliklar temiryo‘l magistrallariga qat’iy bog‘langan uncha katta bo‘lmagan 
alohida uchastkalar bilan chegaralanib qoldi. Kelgusida uni kengaytirish hudud 
ichkarisiga chuqurroq kirib boradigan harakatlanishning mobel vositalarini topishni 
talab qiladi. Avtomobil ana shunday vositaga aylandi. 
Birinchi avtomobillar yuqori tezligi bilan ajralib turmasdi. Lekin o‘zining 
mobelligi bilan aholi yashaydigan har qanday manzilga yetib borish imkonini beradi. 
Bu esa turistik oqimlarni ma’lum manzilga yo‘naltirishga yo‘l ochdi. 
Avtomobillar temir yo‘lga qaraganda boshqa ustunliklarga ham ega edi. Ular 
erkin joylashtirishnigina ta’minlab qolmasdan, balki turistik safarlarni talabga qarab 
tashkil etishga ham yordam berardi. Sayohatga otlangan shaxs marshrutni, to‘xtash 
joyini va yo‘lda bo‘lish vaqtini o‘zi belgilardi. Asta-sekin avtomobil bosh 
harakatlanish vositasi sifatida uzoq va yaqin masofalarda temiryo‘l transportini siqib 
chiqara boshladi. Avtomobillar sonining ko‘payishi, ravon yo‘llar qurilishi bilan 
AQSH va Buyukbritaniyada temir yo‘llarda yo‘lovchilar tashish hajmi yarmiga 
kamaydi. Tobora ko‘proq odamlar shaxsiy avtomashinalarida shahar tashqarisida uik-
endlarga otlana boshlashdi. 
Avtomobil bilan bir qatorda boshqa yangi transport turi aviatsiya rivojlana 
boshladi. Uning sharofati bilan uzoq -500 km. dan ziyod masofaga turistik tashish 
mustahkam o‘rin egallaydi. 1930-yillar oxiriga kelib jahon avia kompaniyalari 
umumiy uzunligi 56,0 ming km.dan ko‘proq masofada xizmat ko‘rsata boshladilar. 
Yo‘lovchilar soni esa 23 mln. kishidan ortdi. 
Ikkinchi jahon urushi xalqaro turistik aloqalarni uzib qo‘ydi. Turizm moddiy-
texnik bazasiga sezilarli ziyon yetkazdi. Urushdan keyin turistik almashinishlarni 
undan oldingi darajasiga ko‘tarish va undan o‘zish, uzilib qolgan, izdan chiqqan 
tarmoqni tiklash uchun ko‘p yillar talab qilindi. Bu jarayonlarni tezlashtirish uchun 
bir qator omillar imkon berdi, ular orasida transprtdagi ilmiy-texnik o‘sish yutuqlarini 
amalga joriy etish katta ahamiyat kasb etdi.
1950 – yillar o‘rtalarida fuqaro aviatsiyasi reaktiv texnika davriga qadam 
qo‘ydi. Sovet Ittifoqi yangi konstruksiyadagi uchish apparatlarini ekspluatatsiya 
qilishda yetakchi bo‘ldi. 1956 yilda 70 dan 100 o‘ringacha bo‘lgan, tezligi soatiga 
900 km. birinchi reaktiv yo‘lovchi samolyot Tu-104 havo yo‘llarida muntazam 
parvoz qila boshladi. Ko‘p o‘tmay reaktiv aviatsiya havo kengliklarini egallaydi. 
1964 yilda jahondagi aviaparkning 3/4 reaktiv dvigatelli laynerlar tashkil etdi. 
Ko‘p o‘rinli, yuqori tezlikka ega bo‘lgan mashinalardan foydalanish 
ekspluatatsion 
solishtirma 
harajatlarni (bir yo‘lovchi-kilometrga) sezilarli 
qisqartirishga olib keldi. Ta’riflar keskin kamaydi. Agar 50-yillar o‘rtalarida, 
Amerikadan Yevropaga uchish va orqaga qaytish qiymati 1 ming Amerika dollaridan 
ziyod bo‘lgan bo‘lsa, 60-yillar boshida bu 3,4 barobarga arzonlashdi. 
Havo transportidagi tub o‘zgarishlar, odamlarni tashishda pul va vaqtning 
tejalishini ta’minlanishi xalqaro turizmni gurkirab o‘sishiga sabab bo‘ldi. Olis 


176 
manzillar sayohat qiluvchi keng doiradagi shaxslar uchun yaqin bo‘lib qoldi. 
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, avia sayohat tez sura’tlar 
bilan o‘sib borayapti . Uning yiliga o‘rtacha o‘sish darajasi 6% ni tashkil etayapti. 
Harakatdagi tarkibni, statsionar texnik-transport inshootlarini tinimsiz 
takomillashtirilib borilishi va oqilona ta’rif siyosati yuritilishi tufayli aviatsiya 
transport xizmati bozorida yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
U temir yo‘lni ikkinchi o‘ringa siqib chiqardi, ayni paytda avtomobil transporti 
taraqqiyotini susaytirdi va dengiz yo‘lovchi tashishiga katta zarar yetkazdi. Dengiz 
bo‘ylab sayohat qiluvchi shaxslar soni 21 dan 2% ga qisqardi. 
Havo transporti bilan o‘tkir raqobatda bo‘lgan temir yo‘l transporti 1000 
km.dan oshmagan masofaga safarlarni saqlab qoladi. Bo‘shab qolgan vagonlarning 
bekor turmasligi uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini qidirib 
topish faolashdi. Turistik poyezdlar g‘oyasi shunday paydo bo‘ldi. Bu bir vaqtning 
o‘zida ham harakatlanish, ham joylashtirish, ovqatlanish, ko‘ngil ochish va h.k. lar 
vositasiga aylandi. Temir yo‘ldagi o‘xshash usullar suv transportida ham dengiz va 
daryo kemalarda sayohat qilish orqali keng tarqaldi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling